Ushbu tajriba darslarida bevosita Maktabning rahbar o’qituvchisi va kafedradan metodist o’qituvchilar yordam berishdi. Ilk tajriba darsim «Slovyan davlatlarining tashkil topishi» mavzusi bo’lib ushbu mavzuni yetarli darajada dars o’tdim va fan o’qituvchi dars vaqtida qo’shimcha ma’lumotlarni yetkazib turdi. Darsdan keyin o’qituvchi va metodist menga ayrim ma’lumotlarni yozdirish kerakligini, qolaversa sinfni doimiy faollashtirib turish lozimligni kamchilik sifatida ko’rsatib o’tdi. «Turk xoqonligining tashkil topishi» mavzusidagi tajriba darsimda bu kamchiliklarni to’g’irlashga harakat qildim. Qolaversa konspektlashtirish bo’yicha ham yo’l qo’ygan kamchiliklarimni to’g’irlashgan harakat qildim. Faol amaliyotning ilk haftasida shunday qilib, asosan tajriba darslarida ishtirok etdim. Dars berish uslubini o’rganishga, yangi ped texnologiyalardan darslarda foydalanishda nimalarga ko’proq e’tibor qaratilishiga, qo’shimcha topshiriq va test savollarini tuzish qonun-qoidalariga, konspeklashtirishga, o’quvchilar bilan ishlashga, darslarda o’zimni erkin tutishga o’rganishga harakat qildim. Fan o’qituvchisi sinfdan tashqari haftaning ikki kunida iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga qatnashdim. Tarix fanidan olimpiyadaga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etdim. Sinf rahbari bilan birgalikda o’quvchilarning ota-onalar bilan ishlash daftarini to’ldirish ustida ish olib bordik. Kunlik guruh davomatini taxlildan o’tkazdik. Dars oldirgan o’quvchilardan buning sabablarini aniqlashtirdik va bundan keyin dars qoldirmasligi to’g’risida tushuntirish xatlarini oldik. «G’arbiy turk xoqonligi» mavzusidagi sinov darsiga tayyorgarlik ko’rdim va o’tkazdim. Bu safar 45 daqiqalik vaqt to’lig’icha mustaqil o’tish uchun o’zimga berildi. O’tgan darslarda ishtirok etganligim va tayyorgarlik ko’rganligim uchun o’quvchilarning uy vazifalarini so’rab, baholadim. Uyga vazifa sifatida ishlangan testlarni, jadvallarni to’ldirganlarimni tekshirdim. Sinf jurnalini buzmaslik uchun avval boshqa qog’ozga baholab, dars oxirida fan o’qituvchining yordamida sinf jurnaliga o’quvchilarning baholarini ko’chirdim. Darsning ikkinchi yarmida mazkur mavzu bo’yicha o’quvchilarga tushunchalar berdim. Darsning yakunida tushunmagan va mavzu bo’yicha o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdim. Mazkur sinov darsimni fan o’qituvchisi va kafedra metodisti tahlil qilib borishdi. Uyga vazifa sifatida test yechishga tayyorgarlik topshirildi. Faol amaliyotning ikkinchi haftasida quyidagi sinov darslarini tashkil etdim va o’tkazdim: