SAMARQAND- 2018
PASSIV (Kuzatish, ish o’rganish)
amaliyoti (2 hafta).
2018 yil 5-sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti 2-huquq xonasida pedagogik amaliyotning boshlanish konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda universitet, fakultet rahbariyati bilan birga bizga biriktirilgan metodistlar, rahbarlar ishtirok etdi. Mazkur konferensiya yig’ilishida o’quv ishlari bo’yicha prorektor bizga pedagogik amaliyot haqida umumiy tushunchalar berib o’tdi. Uning ta’kidlashicha, 2012-2013 o’quv yilidan boshlab pedagogik amaliyotning universitet uchun yangi tahrirdagi dasturi ishlab chiqilganligi, pedagogik amaliyotning barcha talablari ana shu dastur mezonlaridan kelib chiqib belgilanishini ma’lum qildi.
Ushbu dastur asosida har bir kafedra o’z yo’nalishidan kelib chiqib pedagogik amaliyot dasturini ishlab chiqishi kerakligini, ushbu dastur bilan biz talabalar bevosita tanishib chiqishimiz zarurligini o’z so’zida qayd etib o’tgan prorektor, pedagogik amaliyot o’quv jarayonidan ajralgan holda (haftaning faqatgina 1- kunini inobatga olmaganda) 8 hafta davom etishini, har hafta amaliyotchi talaba 54 soatlik pedagogik amaliyot yuklamasini bajarishi kerakligini aytib o’tdi.
Shundan so’ng fakultet rahbariyati bizlarni pedagogik amaliyot o’tkazish obyektlari bilan tanishtirdi. Unga ko’ra «Jahon tarixi» kafedrasi bitiruvchi talabalarining barchasi Samarqand shahar 1-son umumta’lim maktabi va 10-son umumta’lim maktablarida amaliyotni o’tashlari ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng bizlarga kafedra tomonidan biriktirilgan rahbarlar, universitet tomonidan biriktirilgan metodistlar e’lon qilindi. Unga ko’ra, men kafedra o’qituvchisi Sh. Hamroqulova rahbarligida Samarqand shahar 1-son umumta’lim maktabida pedagogik amaliyotni bajaradigan bo’ldim. Konferensiya yakunlangach, har bir kafedra o’zining amaliyotchi talabalari bilan alohida auditoriyalarda pedagogik amaliyot to’g’risida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Ushbu yig’ilish chog’ida bizlarga pedagogik amaliyot dasturi bo’yicha to’liq ma’lumot berib o’tildi. 8 haftalik pedagogik amaliyot davomida nima ishlarni amalga oshirishimiz zarurligi, qanday hujjatlarni to’ldirish kerakligi, pedagogik amaliyot kundaliklarini to’ldirish qoidalari haqida to’xtalib o’tildi. Pedagogik amaliyot davomida quyidagi hujjatlarni to’lidrishimiz va yakunda hisobot bilan topshirishimizni bilib oldik:
Kundalik
Fan bo’yicha o’quv dasturi, taqvimiy va tarbiyaviy ishlar rejasi
Amaliyotchi talabalarning kuzatilgan darslari tahlili.
Sinov darslari va darsdan tashqari mashg’ulotlar konspektlari.
Sinov darslari va darsdan tashqari mashg’ulotlari tahlili bayonnomasi.
O’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar va ma’naviyat soatlari bayonnomalari.
Darsdan tashqari tadbirlardan 1-2 tasi.
Ikkita o’quvchiga va bitta guruhga tavsifnoma.
Dars jarayonidan fotolavhalar.
Prezentasiya. (Taqdimot)
2018 yil 6-sentyabr kunida biz Samarqand shahar 1-son umumta’lim maktabiga yetib bordik va uning qayerda joylashganligi va qaysi yo’nalishdagi avtobuslar bilan yetib borish mumkinligini o’zimizga belgilab oldik. Maktabda pedagogik amaliyotning boshlanishiga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi, tarix fani o’qituvchilari, maktabning uslubchi o’qituvchisi hamda talabalarning pedagogik amaliyot rahbarlari ishtirokida konferensiya bo’lib o’tdi. Unda Maktab direktori Alimova G. Samarqand shahar 1-son umumta’lim maktabi haqida umumiy ma’lumotlarni berib o’tdi. Maktabning rahbariyati, mashg’ulotlarning vaqti, Maktabning talab-qoidalari bilan tanishtirdi. Shundan so’ng, Maktab tomonidan bizlarga biriktirilgan fan o’qituvchilari tanishtirldi. Maktabning o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha o’rinbosari Ibragimova N.B. bizlarga biriktirilgan sinf va murabbiylar bilan tanishdirdi. Unga ko’ra menga fan o’qituvchisi sifatida Sirojeva X.A., rahbarlik qiladigan sinifim sifatida 5- “B” – sinfi biriktirildi.
Konferesiya yakunlangach, bizlarga maktabning tarkibiy tuzilmasi, hayoti va muhiti, jamoasi, tarix fanlari o’qituvchilari, biriktirilgan sinf va sinf rahbari bilan tanishish o’tkazildi. Maktab viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga bevosita bo’ysinishi, maktabning o’quv, ma’naviy, tashkiliy va boshqa ishlarga rahbarlik qilish maktab direktori tomonidan amalga oshirilishini bilib oldik. Bu ishlarda direktorga tegishli o’rinbosarlar: o’quv ishlari bo’yicha, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosar yordam berishlari, ularga shu lavozim uchun tarif smetasi bo’yicha ish haqi to’lanishini, qo’shimcha ravishda dars mashg’ulotlari o’tishga ruhsat berilganligini bilib oldik. Maktabda shuningdek, kasaba uyushmasi boshlig’i, “Yoshlar ittifoqi”ning maktabdagi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi, maktab metodisti kabi lavozimlar ham faoliyat yuritishi haqida ma’lumot oldik.
Maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bitiruvchilarga o’rta maxsus ma’lumot to’g’risida Davlat tomonidan tasdiqlangan namunada attestatberilishini berilishini ma’lumot sifatida berib o’tdi.
Umuman pedagogik amaliyotning dasturidan kelib chiqqan holda dastlabki ikki haftalik passiv amaliyot jarayoni davomida quyidagilarni amalga oshirdim. Tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Mazkur hujjatlar sirasiga Maktabning Nizomini, faolyati mexanizmini tashkil etish bo’yicha hujjatlarni, Davlat Ta’lim Standartlarining umumiy o’rta ta’limi uchun tegishli me’yorlariva boshqalarni kiritish mumkin.
Undan tashqari maktabning rahbariyat xodimlari, xususan o’quv ishlari bo’yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining yillik ish rejalari bilan tanishib chiqdik va ularni tuzishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumotlar oldik.
Menga biriktirilgan fan o’qituvchisining ish rejasi, taqvim mavzular rejasi bilan tanishdim va ulardan o’zim uchun nusxa oldim. Qolaversa biriktirilgan sinf rahbarining yillik ish rejasini, har hafta juma o’tkazilishi belgilangan «Axborot va ma’naviyat soatlari» rejasi bilan tanishdim va ulardan ham o’zim uchun nusxa oldim.
Mazkur hafta davomida maktabda dars mashg’ulotlari va darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etish jarayonini o’rgandlik. Maktabda yangi tartibga ko’ra, darslarning o’quv soati 45 daqiqaga ko’tarilgan. Maktabning o’quv rejasiga ko’ra haftaning ayrim kunlari dars mashg’ulotlari 6 soatda o’tilishi belgilangan bo’lib, yil boshida tuzilgan «Dars jadvali» asosida amalga oshiriladi. Dars mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtida maktabning o’zidagi sinflarda uy vazifalarni tayyorlash tizimi ishlab chiqilgan. Iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanishga alohida e’tibor qaratilgan. Ularga tegishli fan sohalari bo’yicha o’qituvchilarning dars o’tishlari tashkil qilingan. Fan sohalaridan kelib chiqib, o’qituvchilari tegishli kafedraga bo’ysunadilar. Bizga biriktirilgan tarix fani o’qituvchilari shu hafta davomida maktab faoliyati bilan ham tanishdik. Maktabning tarix fani o’qituvichlari tarix fanlaridan tashqari, «Ma’naviyat asoslari», “Davlat va huquq asoslari”, “Din tarixi” kabi fanlardan ham dars berishlarini bilib oldik.
Maktabda o’quvchilar yo’nalishlar asosida sinflarga bo’lingan va har bir sinflarga yo’nalishdan kelib chiqib sinf rahbarlari tayinlangan. Menga biriktirilgan 5 “B” sinf rahbari tarix fanidan dasr beradi. Undan va qolaversa, biriktirilgan fan o’qituvchilaridan sinf jurnalini yuritish qoidalari, baholash mezonlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldik. Maktabning sinf jurnali universitetning guruh jurnalidan qisman farq qilishini bilib oldik. Unga ko’ra, maktabda o’quvchilarning baholari shu jurnalning o’ziga qo’yiladi, yo’qlama ham shunga belgilanadi. Har bir fan uchun sahifalar ajratilgan bo’lib, shu sahifaga o’tilgan mavzu ishchi taqvim reja asosida yozib qo’yiladi.
Ikki haftalik passiv amaliyot davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan ham tanishdik. Maktabda qat’iy belgilangan kiyinish qoidasiga amal qilinadi. Qizlar uchun alohida bir xil forma, o’g’il bolalar uchun alohida bir xil forma kiyishlari talab qilinadi. Hatto jismoniy trabiya darslari uchun hamma o’quvchiga bir xil ko’rinishdagi sport kiyimlarini kiyish tashkil qilingan.
Men maktabning tarix fani o’qituvchisi Sirojova X.A. biriktirilgan bo’lib, mazkur o’qituvchi «Jahon tarixi», «O’zbekiston tarixi », «Din tarixi» fanlaridan dars beradi. Mazkur ikki hafta davomida men rahbar o’qituvchimning quyidagi darslarida ishtirok etdim va tahlil qildim. Bu ishtirokimni pedagogik amaliyot kundaligiga aks ettirdim:
Do'stlaringiz bilan baham: |