Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


 Uyushmalarning sutkalik va mavsumiy o’zgarishlari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/30
Sana20.07.2021
Hajmi0,62 Mb.
#123829
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
hayvonlar ekologiyasi

2. Uyushmalarning sutkalik va mavsumiy o’zgarishlari 

 

Ko’pgina uyushmalarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning tarkibi 



va  ayrim  turlarning  munosabatlari  turli  mavsumlar  davomida,  hatto  sutkaning 

ma’lum soatlarida qonuniy ravishda o’zgarib turadi. 

 

U  yoki  bu  turning  joy  almashtirishi  yoki  faolligining  o’zgarishi  tufayli 



ma’lum  vaqt  davomida  uyushma  hayotidan  chetga  chiqadi.  Masalan,  biologik 

jarayonlarning  sutkalik  davriyligi  (o’zgarib  turishi)  va  “kunduzgi”  va  “tungi” 

turlarning  mavjudligi  ma’lum  darajada  uyushmada  mustaqil,  bir-birini 

almashtiruvchi  (aspektni)  holatni  shakllanishiga  olib  keladi.  Ushbu    holatlar 




nafaqat 

uyushmaning 

murakkablashuviga, 

balki 


 

unda 


yashovchi 

organizmlarning muhitdan to’la foydalanish imkoniyatini ham yaratadi.  

 

Uyushmalardagi  mavsumiy  o’zgarishlar  undagi  organizmlarning  (ayrim 



turlarning)  bir  qismini  yozgi  yoki  qishki  uyquga  ketishi  va  qish  yoki 

qurg’oqchilik tufayli ayrim turlarning migrasiyasi bilan ifodalanadi. 

 

Uyushmadagi  (biosenozdagi)  turg’un  turlar  uning  asosini  tashkil  etadi. 



Mavsumiy  turlar  esa  biosenozning  ayrim  davrlardagi  (mavsumlardagi) 

qiyofasini  aniqlaydi  (shakllantiradi).  Bunday  turlarning  paydo  bo’lishi  uning 

nafaqat ko’rinishini, balki yana uyushma a’zolarining o’zaro munosabatlari ham 

o’zgaradi.  

 

Yer  sayyorasining  turli  kengliklarida  biologik  mavsumlarning  davri  va 



uning  cho’zilishi  (davom  etishi)  turli  oylarga  to’g’ri  keladi.  Masalan,  tropik 

kengliklarda  vegetasiya  davri  yilning  12  oyini  ham  qamrab  oladi,  vaholanki,  

bunday  davr  Arktikada  2-3  oy,  ba’zan  bir  oy  davom  etadi.  Tropik  dengizlarda 

plankton  organizmlarning  bahor  mavsumi  qishga  to’g’ri  kelsa,  shimoliy  muz 

okeanida esa bu mavsum avgustda kuzatiladi. Tropik kengliklarda biologik qish 

deyarli  bo’lmaydi,  yuqori  shimoliy  kengliklarda  esa  qish  qariyb  10  oy  davom 

etadi. 

Shunga 


binoan, 

tropik 


dengizlarda 

va 


Arktikada 

plankton 

organizmlarning  mavsumiy  dinamikasida  faqat  1  ta  maksimum  qayd  qilinsa, 

mu’tadil  iqlimli  kengliklardagi  dengizlarda  esa    2  ta  kuzatiladi.  Issiq,  iliq  va 

sovuq  iqlimli  dengizlarda  organizmlar  yil  davomida  sodir  bo’ladigan 

generasiyalar  (avlod  qoldirishi)  bilan  ham  farq  qiladi.  Masalan,  Arktika 

sharoitida  plankton  holda  hayot  kechiruvchi  ko’pgina  eshkak  oyoqli 

qisqichbaqasimonlar  (Copepoga-Calanus)  bitta,  ayrim  hollarda  2  ta  generasiya 

beradi,  mu’tadil  iqlim  sharoitida  ular  4-6  ta,  tropikda  esa    yil  davomida 

ko’payadi. 

 

Chuchuk  suv  havzalarida  ham  plankton  va  bentos  hayvonlari  dengiz 



plankton va bentos hayvonlari kabi o’zgarish xususiyatlariga ega. 

 

Bir tipdagi uyushmaning boshqasi bilan almashinuvi suksessiya deyiladi. 



Suksessiyalar  muhitning  o’zgarishlari  oqibatida  sodir  bo’lsa,  uning  amalga 

oshishi  esa  tashqi  va  ichki  sabablarga  bog’liq  bo’ladi.  Agar    uyushmada  tub 

o’zgarishlarga  sabab  bo’lgan  ta’sir  etuvchi  omillar  vaqtincha  bo’lsa, 

uyushmaning  dastlabki  holati  qayta  tiklanadi.  Bordi-yu,  ta’sirni  yuzaga 

keltiruvchi omillar uzoq vaqt davomida ta’sir etib tursa, uyushma ham dastlabki 

ko’rinishiga qaytmasdan, o’zgargan holatda faoliyatini davom ettiradi. Shunga 

binoan,  uyushmalardagi  yirik  (katta)  o’zgarishlar,  odatda,    kichik,  miqdoriy 

o’zgarishlar tomonidan tayyorlanadi. 

 

Ancha  yaxshi  o’rganilgan  suksessiyaga  misol  tariqasida  ignabargli 



o’rmonning  qayta  tiklanishini  ko’rsatish  mumkin.  Yong’in  tufayli  yoki  kesib 

olingandan  keyin  hosil  bo’lgan  uchastkada  dastlabki  1-3  yil  davomida 

butalarning  yosh  novdalari  va  o’tchil  o’simliklardan  qushqo’nmas,  (ivanchay) 

qizil  qon  o’simligi  va  boshqalar  o’sib  chiqadi.  Ushbu  joyda  gumus  juda  ko’p 

bo’lgani sababli o’simliklar o’zi uchun juda qulay joy topadi, lekin keyinchalik 



tog’  terak  va  qayin  nihollari  ko’plab  o’sib  chiqib,  ularning    tagidan  esa  qora 

qarag’ay va qarag’ay rivojlanib keladi. Ushbu daraxtlarning tez o’suvchi yosh 

nihollari kuygan maydonni  qoplab oladi va o’tchil begona o’simliklarni bosib, 

uning o’rniga yo’sin va boshqa turli o’tlarni paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. 

Qayin  va  tog’  terak  yosh  daraxtlari  asosiy  ignabargli  daraxtlarning  o’sishiga 

to’siq  bo’lib  turadi.  Bu  esa  ignabargli  daraxtlar  o’rmoni  o’rniga  tog’  terak  va 

qayinli o’rmon paydo bo’ladi. Ayrim hollarda ularga ignabargli daraxtlar ham 

aralashgan  bo’ladi.  Qayin  va  tog’  terak  daraxtlarining  yoshi  10-20  yillik 

bo’lgandan so’ng, daraxtlar oralig’ida siyraklashish va nisbatan yorishish paydo 

bo’lgandan  keyin  ignabargli  daraxtlarning  rivojlanishi  uchun  sharoit  paydo 

bo’ladi.  

 

Ignabargli  daraxtlarning  o’sib  borishi  esa  yorug’lik  sevuvchi  daraxtlar 



turlari  (qayin,  tog’  terak  va  tilog’ochli  daraxtlar)  siqib  chiqariladi  va  uzoq 

davom  etgan  jarayondan  so’ng  ignabargli  daraxtlardan  tashkil  topgan  o’rmon 

tiklanadi. 

 

Bu  jarayonga  parallel  ravishda  hayvonlar  ham  o’zgarib  boradi,  ya’ni 



tarkib  oldin  “begona-yaylov”  o’simliklarga  mos  hayvon  turlari,  buta 

o’simliklariga  mos  hayvonlar,  qayin va  tog’  terakka  moslashgan  hayvonlar va 

nihoyat  ignabargli  o’rmonga  moslashgan  hayvonlar  faunasi  paydo  bo’ladi. 

Hayvonlar  faunasi  “qayin  va  tog’  terak”  fazasida  ancha  kambag’al  (kam) 

bo’ladi.  Masalan,  qarag’ayli  o’rmonning  dastlabki  paydo  bo’lish  davrida 

qushlar  13  turni  tashkil  qilsa,  ushbu  o’rmon  to’la  voyaga  yetgandan  keyin 

qushlar  30  turni  tashkil  qiladi.  Bunday  holatni  qoraqarag’ayli  o’rmonda  ham 

bo’lishini ko’rish mumkin. 

 

Shuni  aytish  lozimki,  ma’lum  bir  maydonda  yoki  hududda  o’rmonning 



yoki  biosenozning  (suksessiyaning)  tiklanishi  shu  joydagi  atrof-muhit  omillari 

(sharoiti)ga bog’liqdir. Masalan, bo’z yerda mayda kemiruvchilarning ko’payib 

ketishi  burganning  o’sishini  to’xtatib  qo’yadi,  yoki  ma’lum  uchastkada 

suksessiyaning  almashinuvida  hayvonlarni  to’xtovsiz  boqish  tufayli  bug’doyiq 

o’simligining  ko’payib  ketishi  bilan  ifodalanadi.  Xuddi  shuningdek,  tuyoqli 

hayvonlarni  bir  uchastkada  uzluksiz  haydab  boqish  shu  joyda  o’simliklarni 

oyoq  osti  bo’lib  ezilishi,  tuproqda  chirindi  qatlamining  barbod  bo’lishi, 

tuproqning ustki qatlamlarini zichlanishi va uning strukturasini buzilishiga olib 

keladi.  

 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish