2. Populyatsiyalar tarkibi
Tur polimorfizmi. Ma’lum bir yirik hududni egallovchi populyatsiya
(kenja tur, geografik populyatsiya) ning tarkibi odatda bir xil bo’lmaydi
(polimorf), ya’ni u har xil yoshdagi guruhlar (generasiyalar)dan, mavsumiy
bosqichlardan, erkak va urg’ochi jinslardan va har xil funksiyalarni bajaruvchi
shakllardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, populyatsiya oziqlanishi,
ko’payishi va boshqa bir qator biologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi
biologik irqlardan ham tashkil topishi mumkin. Populyatsiya tarkibidagi ayrim
guruhlar o’zaro almashinishi mumkin, lekin ularning hammasi ham biologik
jihatdan turlicha hisoblanadi, ya’ni ularning mustaqilligini, ba’zan alohida
yashashga layoqatliligini ta’minlovchi morfo-fiziologik va ekologik
xususiyatlarga ma’lum darajada ega bo’ladi. Shunday bo’lsa ham
populyatsiyadagi turli guruhlar bir-biri bilan juda yaqin bo’ladiki, bu ularning
nafaqat kelib chiqishining umumiyligini, balki yana bir qator o’zaro moslashish
xususiyatlari bilan ham yaqin bo’lishini bildiradi. Bu xususiyatlarga ular
organizmining o’zaro bir-biriga mos kelishi o’zaro uchrashish, ko’payish va
bolalarini o’stirishga intilishi (jinsiy organlari, sezgi organlari, ikkinchi darajali
jinsiy belgilari, sut bezlari, xaltali sut emizuvchilarda xaltaning bo’lishi va
boshqalar); kolonial turlarda polimorf individlarning o’zaro moslanganligi;
poda yoki galadagi individlarning tarqalishini yoki o’zaro bog’lanishini
ta’minlovchi moslamalar (ko’pgina hayvonlarning ranggi, migrasiya instinkti;
hid tarqatuvchi bezlari va moddalar kabilari); ko’pgina hayvonlarda tovush
signallari, turli uzunlikdagi ultratovush to’lqinlari, elektromagnit maydonchalari
kabilar hayvonlarning o’zaro bog’lanish va xabar berish vositalari hisoblanadi.
Biologik irqlar deb turning oziqlanish xarakteri bilan farq qiluvchi
ma’lum bir guruh individlari yig’indisi tushuniladi, ya’ni ushbu guruh o’ziga
xos oziqasining manbaiga ega bo’ladi. Biologik irq turning boshqa guruhlari
bilan bir arealda (hududda) yashashi mumkin, lekin asosiy guruhdan farqli
ravishda alohida ko’payish vaqtiga ham ega bo’ladi, ya’ni biologik sikli bilan
ajralib turadi. Ekologik-fiziologik jihatdan asosiy turdan ancha uzoqlashgan
biologik irq guruhi morfologik jihatdan asosiy turdan deyarli farq qilmaydi,
shunga binoan, biologik irqni asosiy tur nomi bilan atashadi. Aslida esa biologik
irq asosiy turni tashkil etuvchi guruh bilan chatishmaydi. Shunga binoan,
bunday irqni “biologik tur” deb hisoblash mumkin. Masalan, Shermes va
Agelges shiralarida yoki Anopheles maculipennis chivinida shunday irqlar
mavjud.
Populyatsiyaning ma’lum ekologik burchakni (joyni) egallagan individlar
guruhini hosil qilgan biologik irqi divergensiyaning bir yo’li hisoblanib,
kelgusida yangi turning shakllanishiga olib keladi. Tur paydo bo’lishining
ushbu yo’li geografik yo’l bilan paydo bo’lishidan shu bilan farq qiladiki,
shakllangan turli biologik irqlarning individlari o’zaro yonma-yon yashashi
mumkin, lekin ular oziqa turi va biologik xususiyatlari (ko’payish davri) bilan
bir-biridan farq qiladi. Biologik irqlarning turli vaqtlarda ko’payishga
moslashuvi ularning o’zaro chatisha olmasligini ta’minlaydi. Bu esa biologik
irqlarning sekin-asta turli ekologik burchaklarga (nisha) taqsimlanishi bilan
tugaydi.
Masalan, Atlantika okeanining shimoliy-sharqida yashovchi seld
balig’ining ikkita biologik irqlari birga yashaydi, ba’zan aralash galalar hosil
qiladi. Lekin, Shimoliy dengizning janubida yashovchi irqi avgust-sentyabr
oylarida tuxumlarini qo’ysa, shimoliy-sharqiy Atlantika qismidagi irqi mart-
may oylari tuxum qo’yadi. Xuddi shunday biologik irqlar osyotr va losos
baliqlarida ham mavjud.
Tur ichida tabaqalanish va biologik irqlarning mavjudligi bir qator
entomofag hasharotlarda ham o’rganilgan.
Trixogramma (Trichogramma evanescens) ning turli populyasiyalari
ma’lum bir xo’jayinlarda rivojlanishga moslashgan. Shunga binoan, ushbu
irqlar bir-biridan morfologik jihatdan emas, balki fiziologik jihatdan farq qiladi.
Ularning har biri ma’lum xo’jayinni egallaydi turlicha harorat va namlikni talab
qiladi, populyatsiyada erkak va urg’ochi jinslarning nisbati har xil bo’ladi
hamda serpushtligi bilan farqlanadi.
Oddiy parazit-odam askaridasi ikkita irq hosil qilgan, ya’ni uning biri
odamda, ikkinchisi cho’chqada parazitlik qiladi. Ular morfologik jihatdan bir-
biridan deyarli farq qilmaydi, lekin fiziologik jihatdan xo’jayinlarini almashtira
olmaydi.
Biologik irqlar in parazitlari hisoblanuvchi kakku qushlarida ancha ko’p
uchraydi. Masalan, MDH ning Yevropa qismida uchrovchi irqi oq jiblajibon
qushining uyasiga tuxumlarini qo’yadi. Ayrim irqlari o’sha hududda o’zlarining
ko’k rangli tuxumlarini qizildum chumchuq va oddiy sirchumchuqning
uyalariga tashlab ketadi. Ђarbiy Yevropada tarqalgan kakkuning irqi o’z
tuxumlarini moyqut qushi va qarqunoq qushlarining uyalariga qo’yadi.
Umuman, olganda kakku qushining turli biologik irqlari mavjudki, ular 40
turdan ortiq boshqa qushlarning uyalariga o’z tuxumlarini tashlab ketadi.
Oddiy kakku qushning biologik irqlarini ko’pligi, ularning ayrimlarini
kelib chiqish markazi boshqa-boshqa ekanligidan dalolat beradi, bordiy-u,
ularning bir necha irqi bir arealga tushib qolsa, har bir irq iloji boricha boshqa-
boshqa biotoplarni egallashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |