Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Sezish  organlari.  Hasharotlar  nerv  sistemasining  yuqori  darajada 
rivojlanganligi  tufayli  ularning  sezish  jarayoni  ham  yuksak  darajada  takomil 
topgan  va  u  tuyg’u,  hidlash,  ta’m  bilish,  ko’rish  va  eshitish  organ-laridan 
iboratdir. 
Tuyg’u organlari vazifasini mo’ylovlarda, jag’ning paypaslagichlarida va 
oyoqlarda joylashgan tukchalar bajaradi. 
Hidlash  organlari  asosan  mo’ylovlarda  joylashgan  so’rg’ichchalar  yoki 
chuqurchalar ko’rinishidagi hidlov sensillalaridan iborat. Bu sensillalar asosida 
sezuvchi  reseptorlar  joylashgandir.  Turli  hasharotlarda  hidlash  jarayonini 
amalga  oshiruvchi  sensillali  chuqurchalar  turli  sonda  bo’ladi.  Masalan, 
o’simlikxo’r  hasharotlarda  2-5  ta,  ninachining  har  bir  mo’ylovida  10-12  ta, 
ishchi asalarining har bir mo’ylovida 6 ming, may qo’ng’izining o’rg’ochisida 8 
ming, erkagida esa 50 mingga yaqin hidlov chuqurchasi bo’ladi. 
Hidlash  organlari  hasharotlarda  ovqat qidirib topish, inini  izlash, boshqa 
jinsni  bilish  va  boshqa  vazifalarni  amalga  oshirishda  ahamiyat-lidir.  Shuni 


aytish  lozimki,  ayrim  hasharotlarning  hid  bilish  qobiliyati  sut  emizuvchi 
hayvonlarning hid bilish qobilyatidan ancha ustun turadi.  
Masalan, ba’zi kapalaklarning erkagi urg’ochi kapalakni hidini 3-4 km narida 
turib sezishi mumkin. 
Ta’m  bilish  organlari  tuzilishi  jihatdan  hidlash  organlariga  o’xshash 
bo’lib,  jag’  paypaslagichlarida,  pastki  labda,  mo’ylov  uchlarida  va  oyoq 
panjalarida joylashgan.  
Ta’m  bilish  organlari  ishtirokida  hasharot  ovqat  tarkibidagi  shirin, 
achchiq, nordon va sho’r ta’mlarni ajrata oladi.  
Ko’rish vazifasini ikki xil ko’zlar bajaradi. Bulardan biri murakkab yoki 
fasetkali  ko’z  va  ikkinchisi-oddiy  ko’zlardir.  Shuni  aytish  lozimki,  doimiy 
qorong’i  joyda  (tuproq  ositida,  g’orlarda)  yashovchi  hasharotlarda  ko’zlar 
bo’lmaydi.  Boshning  ikki  yon  tomonida  bir  juft  murakkab  ko’zlar  joylashadi, 
ular  oralig’ida  ba’zan  esa  boshning  tepasida  peshona  yoki  ensasida  oddiy 
ko’zlar joylashib, har xil hasharotlarda uning soni 2-3 tadan 12- tagacha bo’ladi. 
Har  bir  murakkab  ko’z  ko’p  sondagi  ayrim  ko’zchalar  (ommatidiylar) 
to’plamidan iborat bo’lib, uning miqdori har xil hasharotlarda turlicha bo’ladi. 
Masalan,  uy  pashshasining  1  ta  murakkab  ko’zi  4600  ta  ommatidiy-lardan 
iborat yoki erkak asalarining 1 ta murakab ko’zi 13000 ta omma-tidiydan iborat 
bo’lgani holda, ishchi asalarida esa 6 ming dona bo’ladi. Ayrim qo’ng’izlarning 
1 ta murakkab ko’zi 25 mingga yaqin ommatidiydan iborat.  
Hasharotlarning  murakkab  ko’zlari  birinchi  navbatda  atrofdagi 
buyumlarni ko’rish va uchganda mo’ljal olish uchun xizmat qiladi. 
Hasharotlar  buyumlar  va  narsalar  rangini  yomon  ajrataoladi,  lekin 
ularning  ko’pchiligi  sariq  va  yashil  rangni,  ayrim  guruh  vakillari  esa  ko’k  va 
qirmizi  ranglarni  tez  ajrataoladi.  Aksariyat  hamma  hasharotlar  ultrabinafsha 
rangni tez ajratadi.  
Hasharotlarning  oddiy  ko’zlari  ham  murakkab  ko’zlari  singari  ko’rish 
vazifasini  bajaradi.  Bu  ko’zlar  ommatidiylar  yig’indisidan  iborat  bo’lmaydi, 
balki  xitinli  tiniq  kutikula  ostida  joylashgan  yakka-yaka  ko’rish  sensillalaridan 
iboratdir.  Oddiy  ko’zlar  yordamida  hasharot  yaqin  joylashgan  narsalarni 
ko’rishga,  shuningdek  yorug’lik  kuchini  va  yorug’lik  nurlari  tushgan  tomonni 
bilish vazifasini bajaradi. 
Eshitish  organlari  ayrim  guruh  hasharotlarida  mavjud  bo’lib,  ular 
timpanal  va  xordotonal  organlar  deb  ataladi.  Timpanal  organlar  ovoz 
chiqaradigan  hasharotlarda  (chigirtkasimonlar  va  boshqa  to’g’ri  qanotlilar) 
tananing turli joylarida, xususan oldingi oyoq tizzachalarida (chigirtkalar) yoki 
birinchi  qorin  bo’g’imining  ikki  yon  tomonida  joylashgan.  Ovoz  chiqaruvchi 
teshiklar tashqi tomondan parda bilan qoplangan. Teshiklar ichidagi bo’shliqda 
nog’ora  pardasi  vazifasini  o’taydigan  terisimon  qavat  bilan  qoplangan  ikkita 
yirik traxeya bo’ladi. U tovushni qabul qilishda qatnashadi. Timpanal organlar 
sezuvchi hujayralardan tashkil topgan va ularga oldingi ko’krak nerv tugunidan 
nerv tolachalari kelib qo’shiladi.  


Xordotonal  organlar  ham  tovushni  qabul  qilishda  va  ovoz  chiqarishda 
qatnashuvchi 
organlar 
hisoblanib, 

ayrim 
turdagi 
hasharotlarning 
mo’ylovlarida,  qo’sh  qanotlilarning  vizildoqlarida  joylashgan.  Ayrim  suv 
hasharotlari  (karetra)  ning  lichinkalarida  xordotonal  organlar  gavdaning 
muvozanatini  saqlashda  qatnashadi. Shuningdek  pashshalarning  vizillagichla-ri 
ichida  joylashgan  xordotonal  organlar  tovush  chiqarishdan  tashqari,  uchish 
paytida gavda muvozanatini saqlashda ishtirok etadi.  

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish