Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Qon  aylanish  sistemasi.  Hasharotlarning  qon  aylanish  sistemasi  tutash 
emas. Ularda qon tomirlar  yaxshi taraqqiy etmagan. Shunga binoan qon gavda 
bo’shlig’ini va organlar orasidagi bo’shliqlarni to’ldirib, aylanib turadi. 
Qonni gavdaning  yelka  tomonida  joylashgan  yelka  qon  tomiri  harakatga 
keltiradi.  Bu  qon  tomirlarning  oldingi  qismi  aorta,  keyingi  qisqarib  turuvchi 
qismi  esa  yurak  deb  ataladi.  Yurak    ko’p  kamerali  (suvaraklarda  13  tagacha) 
bo’ladi. Yurak kameralari orasida klapanlar bo’lib, bular qonni teskari tomonga 
oqishiga to’sqinlik qiladi, chunki qon teskari tomon harakat qilganda klapanlar 
kameralar oralig’ini bekitib qo’yadi. Yurakning orqa tomon uchi berk bo’ladi. 
Yurakning  qisqarishi  uning  yonida  joylashgan  uchburchak  shakldagi  yassi 
muskullarning  harakatiga  bog’liqdir.  Hasharotlar  tanasida  qon  qo’yidagicha 
harakatlanadi,  ya’ni  yurak  kameralarining  qisqarishi  keyingi  kameradan 
boshlanib,  oldingi  kameralarga  birin-ketin  o’tadi.  Natijada  qon  kameradan 
kameraga, shuningdek  perikardial sinusdagi qon navbatma-navbat  kameralarga 
o’tib  turadi.  Kameralarning  navbatma-navbat  qisqarishi  natijasida  qon  aortaga 
o’tadi.  Aortadan  qon  bosh  bo’shlig’iga,  undan  gavda  sinuslari  bo’ylab  orqaga 
qaytib,  oyoqlarga  tushadi,  gavdaning  qorin  qismida,  oldindan  orqaga  qarab 
harakatlanib, perikardial sinuslarga o’tadi va yana yurakka tushadi. Shuni qayd 


qilish  lozimki,  qon  harakati  faqatgina  yurakning  qisqarishi  tufayligina  emas, 
balki  tana,  ichaklarning  harakatlanib  turishi  va  qanotsimon  muskullarning 
qisqarishi natijasida ham qon harakatga kelib turadi. Yuqoridagilardan ma’lum 
bo’lishicha hasharotlarda qon tomirlar sistemasi ancha sodda tuzilgan ekan. Bu 
narsa  shu  hayvonlarda  traxeyalar  sistemasining  kuchli  rivojlanganligidan  kelib 
chiqqandir.  Natijada  qon  gazlar  almashinuvida  qatnashmasdan,  balki  uning 
birdan-bir  funksiyasi  to’qima  va  organlarga  oziq  moddalarini  olib  borish  va 
oksidlanish  mahsulotlarini  tashqariga  chiqarishda  qatnashishdan  iborat  bo’lib 
qolgandir. Hasharotlarning qoni gemolimfa deyilib, u rangsiz, yoki sariq, ba’zan 
ko’kimtir bo’ladi. Ayrim guruhlarida esa (chivinlar, pashshalar va boshqalarda) 
gemolimfada gemoglobin bo’lganligi sababli, rangi qizil bo’ladi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish