Og’iz oyoqlilar turkumi – Stomatopoda. Gavdasi cho’ziq, ancha yirik,
ba’zan 35 sm gacha kattalikdagi hayvonlar kiradi. Qorin qismi ancha yirik va
yaxshi rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Protosefalonda yirik poyachali
harakatchan murakkab ko’zlar va ikki juft mo’ylovlari joylashgan. Birinchi 4 ta
ko’krak segment-lari jag’ko’krak bo’limi tarkibiga kiradi. Keyingi 5 juft
ko’krak oyoqlari o’zgarib, ushlash (qamrash) organlariga aylangan.
Og’iz oyoqlilarga 170 ga yaqin tur kiradi. Aksariyat issiq suvli dengizlarda
uchraydi. Yirik turlari ovlanadi va oziq-ovqat uchun ishlatiladi.
Vakil Sguilla oratoria - qisqichbaqa - beshiktervat. Kattaligi 20 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |