Ilmiy chizmalar. Agar, zoolog hayvonlarni, ularning izi, uyasi, ini va
boshqa faoliyatlarini chiroyli qilib qog’ozga chiza olsa nur ustiga a’lo nur
bo’ladi. Bu borada A.F.Formazovni ilmiy-chizmalari ko’pchilikka o’rnak
bo’ladi. Lekin hammada ham bunday nodir talant bo’lavermaydi. Shunga
qaramasdan har bir zoolog oz bo’lsada chizish texnikasini bilishi kerak. Hech
bo’lmaganda uchayotgan qushlarning silueti, izi, uyasi, kemirishi, ko’rinish
holatlarini chizish mumkin. Chizilgan rasmlar sxemali bo’lsada, hayvonning
shakli, o’lchami va boshqa tomonlarini aniq ko’rsatishi kerak. Ko’pchilik
vaqtlarda masshtabni ko’rsatish yoki natural o’lchamini berish foydalidir.
Uyalarni chizganda, uni daraxt shoxlarida joylashish sxemasini ko’rsatish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |