Inson uchun ahamiyati. Xo’jalikning turli sohalarida iqtisodiy
ahamiyati.
9 Ma’uza
Mavzu: Tadqiqot uslublarini ishlab chiqish. Kuzatishlarniqaydqilish.
Reja:
1. Uslublar ishlab chiqish
2. Tadqiqotlarning kalendar rejasi
3. Ekspeditsiya va ekskursiya jihozlari
4. Kuzatishlarni qayd qilish
Uslublar ishlab chiqish
Tadqiqot dasturini ishlab chiqish bilan birga bajarilishi kerak bo’lgan
mavzu uchun asosiy uslubiy prinsiplar ham ishlab chiqilishi lozim. Hamma
holatlarda bitta uslub bilan ishlash to’g’ri kelmaydi. Oldinga qo’yilgan
vazifalarga, o’rganilayotgan obyekt xarakteriga va ish sharoitiga qarab har xil
ishga kerakli tadqiqot uslublaridan foydalanish kerak.
Dala sharoitida ishning ikkita yo’nalishi mavjud: ekspeditsiya va
statsionar. Bu ikkala yo’nalish o’rtasida keskin chegara yo’q. Ko’pincha uzoq
davom etgan ekspeditsiyalar, bir nechta punktlarda to’xtab ish olib boriladi,
ya’ni ma’lum darajada statsionar sharoitda tadqiqot olib boriladi. Aksincha,
statsionar ishlar ba’zi keng joylarda uzoq ekskursiyalar o’tkazishni talab qiladi.
Asl ma’noda ekspeditsiyali tadqiqot marshrut bo’ylab tadqiqot qilish
demakdir. Tadqiqotning ekspeditsiya uslubi asosan u yoki bu joyning faunasini,
hayvonlarning yashash joylarini o’rganishda qo’llanadi. Ekspeditsiya vaqtida
birnecha o’n, yuz km masofani bosib o’tgach hayvonlarning tarqalishi va
taqsimlanishi, turlar tarkibi to’g’risida umumiy tushunchalar olish mumkin.
Lekin shu joyda qisqa muddatda bo’lganimiz tufayli hayvonlarning
yekologiyasi va dinamikasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash juda qiyin.
Ekspeditsiya davomida tayanch punktlarning bo’lishligi to’planayotgan
materiallarning qimmatini oshiradi. Ekspeditsiyaning kamchilik tomoni
shundaki, bu vaqtda asosan material to’planadi, chunki unga ishlov berish
to’lig’icha laboratoriyada ishlashga qoldiriladi. Statsionar sharoitda material
yig’ilganda esa , tabiatdagi kuzatishlar ularga ishlov berish har doim almashinib
turishi lozim.
Shuning uchun ham zoologik tadqiqotlarning dastlabki bosqichlarida
hayvonlarni turlar tarkibini aniqlashda, tarqalishi qonuniyatlarini o’rganishda
ekspeditsiya asosiy rol o’ynaydi. Lekin ko’pincha, hozirgi vaqtda asosiy e’tibor
uzoq muddatli, yil davomida faoliyat ko’rsatayotgan statsionar tadqiqotlarga
berilmoqda. Statsionar tadqiqotlar hayvonlarni biologiyasini o’rganishda muhim
yo’l hisoblanadi va uni oldiga hayvon hayotini batafsil o’rganish vazifasi
qo’yilmoqda.
Statsionar tadqiqotlar ekspeditsiya tadqiqotlarida mavjud bo’lgan
ko’pgina kamchiliklarga ega emas. Bular tur yoki turlar kompleksini
,biologiyasini to’liq va har tomonlama o’rganishga imkon beradi.
Dala sharoitda statsionar tadqiqotlarning rivojlanishi hayvonlarning
eksperimental yo’llar bilan o’rganish, kuzatish uslublari bilan bir qatorda olib
borish keng qo’llanilmoqda. Statsionar ekologik tadqiqotlar dala sharoitida
solishtirma ekologik-geografik ishlarni bajarishda katta natijalar beradi.
Solishtirish usuli hamma fanlarda keng qo’llaniladi.
Dala sharoitida ilmiy tadqiqotlar olib borishda solishtirma kuzatishlar va
yeksperimentlarning ahamiyati juda katta. Bu ishlarsiz biologik tadqiqotlar olib
borish mumkin emas. Faqat olingan solishtirma ma’lumotlarni tahlil qilinganda
hayvon hayotini chuqur bilish, ularning yashash muhiti bilan bir butunligini
o’rganish mumkin.
Biologiyada solishtirish usuli ekologik-geografik nom bilan aytila boshladi.
Bu hayvonlarning tabiatda tarqalishi va taqsimlanishini teng emasligi bilan
asoslanadi, chunki tabiiy va biotik sharoitlarni taqsimlanishi bilan bog’langan.
Muhit omillari turlarni morfologik, fiziologik va ekologik xususiyatlarini
aniqlaydi. Buning natijasida hatto bitta turning o’zi har xil joylarda tashqi qiyofasi,
xulq-atvori, o’sish tempi, ko’payish vaqti, ko’payish soni, oziqlanishi, har xil
muhit omillariga munosabati bilan farq qiladi. Bu farqlarning hammasini o’rganish
shartning dinamikasi bilan bog’liq va bu o’zgarishlar solishtirma ekologik-
geografik yo’l bilan o’rganiladi. Har xil geografik hududlardan olingan ekologik
ma’lumotlarni solishtirib o’rganish bilan bir qatorda bir joyning o’zida lekin turli
kunlarda, mavsumda va yillarda to’plangan ma’lumotlarni taqqoslab tahlil qilib
o’rganish talab qilinadi. Shunga o’xshash qator taqqoslashlar o’rganilayotgan
hayvonni xususiyatlarini ochib beradi.
Ma’lumki, ekologiya fani ajratib olingan yoki yakka organizmni
o’rganmasdan, uni yashayotgan muhiti bilan birgalikda (o’simlik guruhlari,
mikroklimat, tuproq, relef va boshqa ekologik omillar) o’rganadi, bunda tabiiyki
hayvonlar yekologiyasi qator biologiya va geografiya, fanlari bilan
chambarchas
bog’langan.
Masalan
fitosenologiya,
klimatologiya,
tuproqshunoslik, tabiiy geografiya va boshqalar. Biz doimo bu fanlarning
material va uslublaridan foydalanamiz.
Bundan tashqari dala sharoitida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganda
mahalliy aholi ichidan tabiatga qiziquvchi yordamchi kishilarni topib olish kerak
va ularni o’z ishimizga jalb qilishimiz lozim. Avvalo ulardan o’tgan yillar
to’g’risida qimmatli ma’lumotlar olishimiz mumkin. Keyin, hayvonlar to’g’risida
har xil ma’lumotlar va materiallar yig’ishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |