Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

 
2. Kuzatishni qayd qilish  
 
Kuzatish  kundaliklari.  Quruqlikda  yashovchi  umurtqali  hayvonlarni 
dala  sharoitida  o’rganishda  olib  borilgan  kuzatish  natijalarini  yozib  borish 
(kundalikni  to’ldirib  borish)  muhim  ahamiyatga  ega.  Faqat  yozma  ravishda 
qayd  qilingan  qimmatga  ega  va  hech  qachon  bu  hujjat  o’z  ahamiyatini 
yo’qotmaydi. Shuning uchun har bir zoolog dala ishlarini olib borish jarayonida 
tabiatda kuzatish natijalarini batafsil yozib borib, kundalik daftariga qayd qilishi 
shart va bu ma’lmuotlarni xotirada saqlashga odat qilmaslik kerak. 
 
Yozishda, aniq ishongan, tasdiqlangan ma’lumotlar qayd qilinishi kerak, 
tahminlar,  so’rab  olingan  ma’lumotlar  yozilmasligi  lozim.  Yozish  jarayonida 
quyidagi  umumiy  qoidalarga  rioya  qilish  talab  qilinadi:  1)  kuzatilgan  yoki 
olingan ma’lumot tezda daftarga yozilishi shart, 2) ma’lumotlarni o’ta aniq va 
tushinarli qilib yozish kerak, 3) sana, kunning vaqti, kuzatish joyi va sharoitini 
yozish  kerak,  4)  tushunarli  va  izohli  qilib  yozish  lozim.  Bu  talablarni 
bajarmaslik  ko’p  qiyinchiliklar  tug’diradi.  Kuzatish  natijalarini  dala  sharoitida 
jilti qattiq cho’ntak daftarchasiga qayd qilinadi. Bu daftarchani o’lchami - 8x12 
sm bo’lsa qulay hisoblanadi. Yozuvlar yumshoq oddiy qalamlar yordamida olib 
boriladi. 
 
Ko’pincha, dala sharoitida yozuvlar noqulay holatda (tik turib), shoshilinch 
holatda qisqartirilib yoziladi. Ayniqsa bunday holat kechasi, yomg’ir ostida, qattiq 
sovuqlarda 
kuzatiladi. 
Tunash 
joyiga 
qaytganda 
bunday 
yozuvlar 
kechiktirilmasdan  kundalik  daftariga  ko’chiriladi.  Kundalik  daftari  odatdagi 
umumiy  daftar  hisoblanib  bu  to’r  katakli,  jilti  qattiq  bo’lishi  kerak  va  bunday 
daftarlar  nomerlanadi,  har  bir  beti  ham  nomerlanishi  lozim.  Bunday  kundalikdan 
bir  necha  yillar  davomida  foydalanish  mumkin.  Kundalikning  jiltiga  muallifning 
familiyasi,  ish  joyi  va  turar  joyi  hamda  telefon  nomeri  yozilishi  shart,  chunki 
kundalik yo’qolib qolsa, bu ma’lumotlar qo’l keladi. 
 
Kundalik asosan xronologik va turlar bo’yicha olib boriladi. Xronologik 
kundalik kuzatishlar har kuni yozib boriladi. Yozuvning boshida haftaning kuni, 
sanasi  yoziladi,  keyin  ob-havoga  qisqacha  tavsif  beriladi,  undan  keyin 
ekskursiyaning kunlik marshruti ko’rsatiladi va oxirida olib borilgan kuzatishlar 
batafsil  yoziladi.  Bu  holatda  kun  bo’yi  olib  borilgan  kuzatuvlarni  ma’lum 
darajada  guruhlarga  ajratish  lozim.  Masalan:  qushlarga,  sut  emizuvchilarga, 
sudralib  yuruvchilarga  va  amfibiyalarga,  bulardan  esa    ma’lum  tartibda  ayrim 
turlarga  ajratiladi.  Kundalikga  bunday  tartibda  yozish,  materialga  ishlov 
berishda qo’l keladi.  


 
Kundalik  tutishning  bu  tipi  zoologlar  o’rtasida  keng  tarqalgan. 
Xronologik  kundalikning  muhim  kamchiligi  bu  har  xil  turlar,  biotoplardan 
ma’lumot  tanlash  juda  murakkabligidadir.  Material  qanchalik  ko’p  bo’lsa, 
bunda  oriyentir  qilish  qiyinlashib  boradi.  Bunday  qiyinchilik  holatidan  chiqish 
uchun har-bir tugagan kundalik mavzu bo’yicha ko’rsatkich (hayvon turi biotop, 
o’simlik  oziqalari,  uyalarning  taqsimlanishi,  sonining  dinamikasi,  kundalik 
faoliligi, oziqlanishi) yozilad. 
 
Turlar bo’yicha yuritiladigan kundalik har bir turdan materiallar oldinma-
keyin to’planishi bilan kundalikni har bir betiga yozilib boriladi. Buning uchun 
har bir turga ma’lum miqdorda kundalikdan betlar ajratiladi. 
 
Hozirgi  zamon  zoologlarining  dala  sharoitida  olib  borgan  ilmiy 
tadqiqotlari  faqat  ko’rganlarini  yozish  bilan  cheklanmaydi.  Uning  yozuvlarini 
ayrim betlarida rasmlar, xarita-sxema, grafik, foto-suratlar aks etdiriladi. 
 
Xarita  tuzish  dala  tadqiqotlarini  olib  borishda  eng  zarur  hisoblanadi. 
Xaritasiz  dala  sharoitida  ishlash  mumkin  emas.  Shuning  uchun  ham  avvaldan 
tadqiqot  joyini  xaritasiga  ega  bo’lish  kerak.  Xarita  avvalam  bor  joyda  oriyentir 
qilish uchun zarur. Xaritaga bosib o’tilgan yo’l (marshrut), hisoblash chizig’i hisob 
maydonchasi  va  boshqalar  tushiriladi.  Lekin,  xaritaga  asosan  biotasvirlar 
tushiriladi, ya’ni unga har xil maxsus zoologik ma’lumotlar qayd qilinadi. Muhim 
hayvon turlarining tarqalishi, ularning ommaviy to’planish joyi, qishlash joyi, uya 
va  inlarning  joylashgan  joylari,  oziqa  zahirasi  resurslarining  taqsimlanishi  va 
boshqa ma’lumotlar tushiriladi. 
 
Buning  uchun  ko’rgazmali,  oddiy  shartli  belgilar  ishlatiladi.  Rasmona 
tasdiqlangan  standart  shartli  belgilar  hali  mavjud  emas.  G.A.Novikov  (1953) 
tomonidan  taxminiy  shartli  belgilar  ishlab  chiqilgan.  Biz  ham  shu  belgilarni 
asos qilib oldik. 
 
Ovlanadigan va sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan qush va darrandalardan 
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun bularni ko’chish yo’llari va 
mavsumiy omavviy to’planish joylarini bilish muhim ahamiyatga ega. Bu holda 
ham xarita zarur qo’llanma bo’lib xizmat qildi.  
 
Xaritaga  biotoplarni  taqsimlanishini  tushirish  maqsadga  muvofiqdir. 
Joylarda  biotoplarni  ajratish  uchun  joylarni  o’simliklari  asos  qilib  olinadi  va 
joyning geobotanik xaritasidan foydalaniladi.  
 
Tog’li  joylarda  zoolog  uchun  balandlikni  o’lchagich  barometr  asbobi 
joyni  dengiz  sathidan  balandligini  o’lchashda  muhim  rol  yo’naydi.  Tekislikda 
esa  qadam o’lchagich ishlatiladi. 
 
Agar  ba’zi  joylarni  topografik  xaritasi  bo’lmasa,  zoolog  ayrim  joylarni 
(o’zi uchun eng muhim bo’lgan) - suv havzasi, uyalar va inlar koloniyasi, kabi 
joylarni  xarita-sxemasini  chizishga  kirishadi.  Buning  uchun  uning  ilmiy 
jihozlari  ichida  planshet,  kompas  uch  qirrali  chizg’ich,  millimetrli  qog’ozlar 
bo’lishi kerak. 
 
Xarita-sxemani  chizishga  kirishishdan  oldin  zoolog  o’z  oldiga  qo’ygan 
maqsad va vazifalardan kelib chiqishi kerak. Katta maydonda xarita-sxema 1 sm 


ga  50-100-1000  m  bo’lishi  mumkin,  kichik  maydonda  esa  1  sm  ga  50-100  m 
bo’lishi tavsiya etiladi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish