Qo’shoyoqlarni ham yoyli qopqon va qayta tutqichlar (davilka)ni ini
atrofiga qo’yib tutish mumkin. Bularni yana kechasi fonar yorig’ida sachoq
bilan tutish ham mumkin. Yoyli qopqonlar 29-30-rasmlarda ko’rsatilgan holatda
ishlatiladi.
Yirik darrandalarni tutish uchun yirik sochma yoki o’qli patrondan
miltiqda otiladi. Bu ov odatda maxsus ruxsatnoma bilan bajariladi.
Kolleksiya to’plashning yana bir samarali usuli bu ovchilar, ishqiboz
ovchilar bilan shartnoma tuzishdir. Ular bilan yaqin aloqa o’rnatib,
darrandaning butun boshi, oshqozoni, butun tanasini olish mumkin.
Kolleksiya uchun har xil yoshdagi erkagi va urg’ochisi yil davomida
tutiladi.
Yaralangan yoki tutqich va qopqonlarga tushgan darrandalarni
jonsizlantirsh uchun ularni yo uzunchoq miyasi va miyachasiga yo’g’on igna
tiqiladi yoki ko’krak qismidagi qovurg’alari qisiladi. Jonsizlantirilgan darranda
ektoparazitlardan tozalanadi. Har bir tur hayvonning ektoparazitlari alohida
probirkalarga solinib yozib qo’yiladi.
Tutilgan hayvonni jonsizlantirish uchun kichiklarini bo’yin tomonidan
ushlab (tishlamasligi uchun), ko’kragi qisiladi. Yumronqoziq va undan
kattalarini qopqondan ajratib olgach, qorni bilan yerga qo’yib bo’yni ustidan
oyoq bilan bosiladi va umurtqasi sindiriladi. Burniga, qulog’iga paxta tiqiladi
yaralariga kraxmal sepiladi. Tutilgan hayvonning har biri materialdan tikilgan
xaltalarga solinadi va xaltaning og’zi mahkam bog’lanadi.
Kichik
sut
emizuvchilar
faunasini
o’rganishda
ukkilar,
lochinsimonlarning pogadkalari (qayt qilib tashlagan ovqat qoldiqlari) va
tezaklarini tahlil qilish natijasida boy materiallar to’plash mumkin.
Pogadkalarni yirtqich qushlarning uyasi ostidan va uning atrofidan oxtarish
kerak. Pogadkalar har bir uyadan olinib, material yoki qog’ozga o’rab
bog’lanadi va unga etiketka yoziladi. Pogadkalar oftobda yoki pechka
(o’choq)da quritiladi. Pogadkalarni tarkibini (suyak siniqlarini) aniqlash uchun
tadqiqotchidan anchagina bilim talab qilinadi.
Kemiruvchilar bilan ishlaganda kerakli ehtiyotkorlik shartlariga rioya
qilish lozim, chunki kemiruvchilar inson uchun o’ta xavfli bo’lgan yuqumli
kasalliklarni o’zida olib yuradi. Kemiruvchilarni parazitlari, ini, oziqa zaxiralari,
tezaklari va yirtqich qushlarning pogadkalari ham kasallanish manbai bo’lib
xizmat qilishi mumkin. Kemiruvchilar bilan ishlayotgan tadqiqotchi brizentli
libos, rezinali yetik, rezinali qo’lqop kiyishi shart. Ochiq qo’l bilan ko’z, burun
artmaslik kerak hamda dezinfeksiya qoidalariga rioya qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: