Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Nerv  sistemasi  va  sezgi  organlari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Nerv  sistemasi  va  sezgi  organlari.  O’rgimchaksimonlarning  nerv  sistemasi 
halqali chuvalchanglarning qorin nerv zanjiri tipidagi tuzilish-ga ega bo’lsa ham 
bularda  ushbu  sistemaning  markazlashuvi  tendensiyasini  ko’rish  mumkin. 
Shuningdek  ushbu  sinf  bug’imoyoqlilarida  nerv  sistemaning  ancha  yaxshi 
rivojlanganligini qayd qilish mumkin. 
      Bosh miya ikki bo’limdan, ya’ni ko’zlarni nerv tolalari  bilan ta’min-lovchi 
oldingi bo’lim-protoserebrumdan va xeliseralarga nerv tolalari beruvchi keyingi 
bo’lim 
tritoserebrumdan 
iborat. 
O’rgimchaksimonlarda 
antennulalar 
(mo’ylovlar)  ni  yo’qolib  ketganligi  tufayli  ushbu  organga  nerv  beruvchi  bosh 
miyaning o’rta qismi-deytoserebrum rivojlanmagan. 
     Qorin  nerv  zanjirining  tuzilishi  tana  bo’g’imlarining  rivojlanishiga  mos 
keladi.  Chayonlarda  nerv  zanjirining  ko’krak  bo’limidagi  nerv  tugunlari 
qo’shilib,  yirik  bosh  ko’krak  nerv  tugunini  hosil  qiladi.  Ushbu  tugundan 
boshko’krakning  2-6  juft  oyoqlarga  (pedipalp  va  turt  juft  yurish  oyoqlarga) 
nervlar chiqadi. Qorin bo’limida esa 7 ta nerv tugunlari joylashgan. Solpuglarda 
boshko’krakda  yirik  nerv  tugunidan  tashqari  yana  kichik  nerv  tuguni  ham 


bo’ladi.  Qorin  segmentlarining  kamayishi  tufayli  bu  bo’limda  qorin  nerv 
tugunlari  soni  ham  kamayadi  va  konsentrasiyalanishi  ko’zatiladi. 
O’rgimchaklarda  esa  nerv  tugunlarining  barchasi  ko’krak  nerv  tugunlari  bilan 
qo’shilib  ketgan  va  nihoyat  kanalarda  tananing  hamma  bo’limlari  qo’shilib 
ketganligi  sababli  qorin  nerv  zanjirining  barcha  nerv  tugunlari  (ko’krak  nerv 
tugunlari  ham)  bosh  miya  bilan  qo’shilib,  umumiy  halqum  atrofi  nerv  halqasi 
ko’rinishidagi yaxlit gangliyani hosil qiladi.  
      O’rgimchaksimonlarda sezgi organlari ham turli-tumandir. Pedipalp-lardagi 
juda  ko’p  tukchalar  mexanik  ta’sirlarni  sezadi.  Shuningdek  ular  tuyg’u 
vazifasini ham bajaradi. Pedipalplar, oyoqlar va tana sirtidagi trixobotriylar deb 
ataluvchi maxsus tukchalar havo tebranishini qabul qiladi. Kutikulasidagi kichik 
tirqish ko’rinishidagi lirasimon organlar kimyoviy sezish va hid bilish vazifasini 
bajaradi. Ushbu organlarning pardasimon  asosiga  (tubiga)  nerv  hujayralarining 
sezuvchi  uchlari  kelib  tutashadi.  O’rgimchaksimonlarning  ko’rish  organlari 
oddiy  ko’zlardan  iborat.  Bunday  ko’zlar  boshko’krakning  orqa  qismida 
joylashgan  bo’lib, 12,  8,  6, hatto 2 ta bo’ladi.  Chayonlarda bir  juft ko’z  biroz 
yirikroq  bo’lib,  markazda  joylashadi,  qolgan  2-5  jufti  yon  tomonlarda 
o’rnashadi. O’rgimchaklarda ko’zlar aksariyat 8 ta bo’ladi.  
       Chayonlar  o’ziga  o’xshash  individni  2-3  sm  masofadan  ko’radi,  ayrim 
o’rgimchaklar esa 20-30 sm dan ko’ra oladi.  

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish