Gammarus lacustris, oqar suvlarda G.ulex va G.balcanicus lar uchraydi.
Yonso’zarlar ovlanadigan baliqlarning asosiy oziqasi bo’lib xizmat qiladi.
Shuning uchun joylarda baliqchilikni rivojlantirishda suv havzalarida avval
yonso’zarlarni ko’paytirish yaxshi natijalar beradi.
O’n oyoqlilar turkumi – Decapoda. Bularning ko’kragidagi
oyoqlarning 5 jufti (10 tasi) yurish oyoqlari sifatida bo’lganligi sababli, o’n
oyoqlilar nomini olgan. O’n oyoqlilarga 8500 ga yaqin tur kiradi. O’lchami bir
necha sm dan 30-60 sm gacha, ayrimlarining oyoqlari 2-3 m uzunlikda bo’ladi.
Ularning bosh qismi protosefalonda ikki juft mo’ylovlari va bir juft poyachali
fasetkali ko’zlari joylashgan. Rivojlanishida zoyea lichinkasi hosil qiladi. O’n
oyoqlilar juda katta xo’jalik ahamiyatiga ega, chunki xilma-xil krablar,
qisqichbaqalar, omarlar, krevetkalar, langustlar ko’plab (har yili dunyo bo’yicha
qariyib 1 mln tonna) ovlanadi va oziq-ovqatga ishlatiladi. Bizda uchraydigan
turlaridan biri daryo qisqichbaqasi - Potamobius astacus.
Xeliseralilar asosan quruqlikda yashovchi bug’imoyoqlilarning 40 mingdan
ortiq turini o’z ichiga oladi. Ularning ayrm turlarigina suvda yashashga
moslashgan. Tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat. Boshko’krak 7 ta
segmentning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’lgan, lekin ko’pchilik turlarida
yettinchi segment deyarli yo’qolib ketish arafasida va u noma’lum. Ayrim
turlarida esa qorin bo’limi ikki qismdan, ya’ni oldingi va orqa qismlardan
iborat. Boshko’krakda 6 juft bir shoxli oyoqlar bo’lsa, qorin bo’limidagi oyoqlar
yoki shakl o’zgartgan yo qisqarib ketgan.
Xeliseralilar uchun xos bo’lgan xususiyatlar yana shundan iboratki, ularning
mo’ylovlari va bosh bo’lagi (akron) ning ham qisqarib ketishidir. Shuningdek
boshko’krakdagi oyoqlarning birinchi jufti xeliseralarni hosil qilgan va ular
oziqni maydalash va ezish uchun xizmat qiladi. Boshko’krakning 2-nchi juft
oyoqlari esa pedipalplar deyilib, ular sezish va ayrim hollarda tutish vazifasini
bajaradi.
Xeliseralilar kenja tipi Qilichdumlilar (Xiphosura), qisqichbaqa-chayonlar
yoki ulkan qalqondorlar (Euripterida, Gigantostraca) va o’rgimchaksimonlar
(Arachnida) sinflariga ajraladi.
Qilichdumlilar qadimgi dengiz hayvonlari bo’lib, ular asosan paleozoy
erasida yashab, keyinchalik deyarli qirilib ketgan hayvonlar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda bu sinfning faqatgina 5 turi ma’lum.
Qisqichbaqachayonlar sinfining turlari ham qilichdumlilar singari asosan
paleozoy erasida dengizlarda va qisman chuchuk suvda keng tarqalgan
hayvonlar bo’lgan. Hozirgi vaqtda esa ushbu sinfning turlari faqat qazilma
holida ma’lumdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |