Samarqand davlat universiteti sh. Q. Yuldashev, D. Q. Usmanova, L. N. Xalikova


xavflar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/132
Sana20.07.2022
Hajmi4,19 Mb.
#828404
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR

xavflar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan:

elektron magazin serverining web-sahifasini almashtirib qo‘yish 
(so‘rovlarni boshqa serverga yo‘naltirish), bu holat mijoz 
haqidagi ma’lumotlarni, ayniqsauning kredit kartalari haqidagi 
ma’lumotlarni begona kishilar uchun ochiq bo‘lishini 
ta’minlaydi; 

soxta buyurtmalarni yaratish va elektron magazin xodimlari 
tomonidan firibgarliklarning turli shakllarini amalga oshirish, 
masalan, ma’lumotlar bazalari bilan manipulyasiyalar (statistika, 
kompyuter noxush hodisalarining yarimidan ko‘pi o‘z 
xodimlarning faoliyatlari bilan bog‘liq ekanligiga guvohlik 
beradi); 

elektron tijorat tarmoqlari orqali uzatiladigan ma’lumotlarni 
o‘g‘irlash; 

huquq buzarlarning kompaniyaning ichki tarmog‘iga kirib 
kelishi va elektron magazin komponentlarini shubha ostiga 
qo‘yishi; 

xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish kabi xurujlarni amalga 
oshirish va faoliyatni to‘xtatish yoki elektron tijorat tarmog‘ini 
ishdan chiqarish. 
Bunday xavflarning amalga oshirilishi natijasida kompaniya o‘z 
obro‘yini va mijozlar ishonchini yo‘qotadi, potensial va/yoki amalga 
oshirilmagan kelishuv va bitimlardagi pulni yo‘qotadi, elektron magazin 
faoliyati buziladi, faoliyatni tiklash uchun vaqt, pul va odam resurslarini 
sarflaydi. 
Albatta, Internet orqali uzatiladigan ma’lumotlarnig o‘g‘irlanishi 
bilan bog‘liq tahdidlar faqat elektron tijorat sohasiga taaluqli emas. 
Biroq ushbu sohaning tizimlarida muhim iqtisodiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan kredit kartalarining raqamlari, bank hisobraqamlari, 
shartnomalar mazmuni va boshqa ma’lumotlarning aylanishi alohida 
o‘rin tutadi. 
Birinchi qarashda, har bir bunday noxush hodisa – elektron biznes 
konkret sub’ektining ichki ishidek tuyulishi mumkin. Biroq, faoliyati 
haqiqatdan ham umummilliy xarakterga ega bo‘lgan Yahoo!, eBay, 
Amazon, Buy, CNN, ZDNet, Datek i E*Trade kabi elektron biznes 
etakchi serverlarining ommaviy ishdan chiqishi holatini yodga olaylik. 
Tergov federal byurosi (FBR) tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv, ushbu 
serverlar 
DoS-hujumlari 
amalga 
oshirilishi 
natijasida, 
xizmat 


126 
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan manzil so‘rovlarning miqdori ko‘payib 
ketganligi 
sababli 
ishdan 
chiqqanligini 
ko‘rsatdi. 
Masalan, 
Buy serveriga amalga oshirilgan so‘rovlar oqimi o‘rtacha ko‘rsatkichlari 
24 martaga oshgan, cheklanganlariesa – 8 martaga. Har xil baholarga 
ko‘ra, ushbu harakatlar natijasida AQSH iqtisodiyoti tomonidan 
ko‘rilgan iqtisodiy zarar yarim milliardlik raqami atrofida tebranadi. 
Xavfsizlikni ta’minlash nafaqat elektron biznesni muvaffaqiyatli 
yuritishning zarur sharti, balki kontr-agentlar orasidagi ishonchli 
munosabatlarning fundamenti hisoblanadi. Elektron biznesning mohiyati 
faol axborot almashinuvi, tranzaksiyalarning himoyalanmagan ochiq 
tarmoq orqali o‘tkazilishidan iborat bo‘ladi, bularni biznes sub’ektlari 
orasidagi ishonchli munosabatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash kompleks xarakterga ega 
bo‘lib, o‘z ichiga Web-serverlarga va Web-ilovalarga kirish, 
foydalanuvchilarni 
autentifikatsiya 
va 
avtorizatsiya 
qilish, 
ma’lumotlarning yaxlitligi va maxfiyligini ta’minlash, elektron raqamli 
imzoning amalga oshirilishi va boshqa masalalarni qamrab oladi. 
Internetda tijoratning rivojlanib boorishi sayin tarmoq orqali 
uzatiladigan ma’lumotlarning himoyalash masalalariga e’tibor ko‘payib 
bormoqda. 
Internet orqali himoyalangan hamkorlikni tashkil qilishga mo‘ljallangan 
ixtisoslashtirilgan protokollar (masalan, SET, SOCKS5, SSL, SHTTP) 
butun dunyoda keng qo‘llanilmoqda va xorijiy ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan Internet asosida bank va savdo elektron tizimlarini yaratish 
uchun muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish