Samarqand davlat universiteti sh. Q. Yuldashev, D. Q. Usmanova, L. N. Xalikova



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/132
Sana20.07.2022
Hajmi4,19 Mb.
#828404
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
1.
Elektron tijoratda internetning xususiyatlari nimadan iborat? 
2.
"B2B-portal" yangi kontseptsiyasi qanday paydo bo'lgan? 
3.
Internetning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish uchun nima 
kerak? 
4.
Elektron tijoratning global rivojlanishi tahlili. 
 
Bob
 11. Elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash 
11.1.Elektron tijoratdagi Internetning ahamiyati 
11.2.Elektron tijoratning iqtisodiy xavfsizligi 
11.3. Elektron biznesning axborot xavfsizligining xorijiy tajribasi 
 
11.1.Elektron tijoratdagi Internetning ahamiyati 
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilarining soni 
to‘rt milliarddan ortgan bir paytda yangi turdagi sifat «virtual 
iqtisodiyot» iborasi ostida namoyon bo‘lib, o‘z o‘rnini tobora 
mustahkamlab bormoqda. Unda, xaridlar biznes yuritishning yangi 
usullaridan foydalangan va o‘zining marketing strategiyasiga ega 
bo‘lgan hamda boshqa ko‘plab imkoniyatlarni qo‘llagan holda savdo 
saytlari orqali amalga oshiriladi.
Elektron tijorat(ET) – bu mahsulotlarni Internet orqali sotishga 
yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. Odatda ETning ikki shakli 
ajratiladi:

korxonalar orasidagi savdo (business to business, B2B); 

korxonalar va jismoniy shaxslar, ya’ni iste’molchilar orasidagi 
savdo (business to consumer, B2C). 
ET sohasidagi Internet juda katta foyda keltiradi:

yirik xususiy kompaniyalar tomonidan xom-ashyo va butlovchi 
qismlarning sotibolinishi Internet birjalar orqali amalga 
oshirilayotganligi evaziga iqtisod qilish miqdori 25-30% ga 
etadi; 

auksionda butun dunyodan raqobat qiluvchi etkazuvchilarning 
ishtirok etishi vaqtning real miqyosida ular tomonidan taqdim 


121 
qilinadigan mahsulot va xizmatlar narxlarining pasayishiga olib 
keladi; 

butun dunyodan sotib oluvchilarning raqobati natijasida 
sotiladigan mahsulot yoki xizmatlarning narxini oshishi; 

zarur xodimlar sonining qisqarishi va qog‘oz hujjatlar bilan 
ishlar hajmining kamayishi hisobiga iqtisod qilish. 
G‘arb mamlakatlarida ETda etakchi pog‘onani B2B sektori 
egalladi. Dastlab o‘z biznesini Internetga o‘tkazgan kompaniyalardan 
apparat-dasturiy 
vositalarni 
sotuvchi 
va 
kompyuter 
hamda 
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchilari afzalliklarga ega 
bo‘ldilar. 
Har bir internet-magazin ikkita asosiy qismdan iborat bo‘ladi: 
elektron vitrina va savdo tizimi. 
Elektron vitrina Web-saytda sotilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida 
ma’lumotlarni saqlaydi, magazin ma’lumotlar bazasiga kirishni 
ta’minlaydi, xaridorlarni ro‘yxatga oladi, sotib oluvchining elektron 
“savatchasi” bilan ishlaydi, buyurtmalarni rasmiylashtiradi, marketing 
ma’lumotlarini to‘playdi, ma’lumotlarni savdo tizimiga taqdim etadi. 
Savdo tizimi mahsulotni etkazib beradi va uning to‘lovi uchun 
hujjatlarni rasmiylashtiradi. Savdo tizimi – alohida kompaniyaga tegishli 
bo‘lgan Web-serverda o‘z joyini ijaraga oluvchi turli firmalarning 
magazinlari majmuasi. 
Internet-magazinning ishlash texnologiyasi quyidagi ko‘rinishga 
ega: 
Xaridor elektron vitrinadagi mahsulotlar va narxlar katalogidan 
kerakli mahsulotni tanlab oladi va shaxsiy ma’lumotlari kiritiladigan 
shakl (ismi-sharifi, otasiningismi, pochta va elektron manzil, etkazib 
berish va to‘lovning Afzal usuli)ni to‘ldiradi. Agar to‘lov Internet orqali 
amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda uning axborot xavfsizligiga alohida 
e’tiborberiladi. 
Rasmiylashtirilgan mahsulot internet-magazinning savdo tizimiga 
topshiriladi va bu erda buyurtma komplektatsiya qilinadi. Savdo tizimi 
qo‘lda bajariladigan yoki avtomatlashtirilgan usulda faoliyat yuritadi. 
Qo‘lda bajariladigan tizim avtomatlashtirilgan tizimni sotib olib, yo‘lga 
qo‘yishning imkoni mavjud bo‘lmagan holda, oddiy pochta jo‘natmalari 
prinsipi bo‘yicha ishlaydi, odatda mahsulot hajmi katta bo‘lmaganda. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish