Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning "Klaster", "Bumerang", "Matbuot konferensiyasi" singari metodlari orqali xamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi va mashg‘ulotlardagi ma’lumotlar multi media vositalari yordamida takdimot qilinadi.
ASOSIY QISM
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Psixogenetika fan sifatida
Psixogenetika fani predmeti va yuzaga kelish tarixi. Psixogenetika fanining fanlararo tizimda tutgan o‘rni. Psixologiyada individullikni o‘rganish tarixi va hozirgi holati. Individuallik etiologiyasi muammosi. “Irsiyat va muhit” formulasi va dunyoqarash. F.Galton, V. SHtern tomonidan individual-psixologik farqlarni ilmiy tadqiq etishning boshlanishi. A.Bine, K.Pirson tomonidan psixometrik va statistik o‘lchovlarning ishlab chiqilishi. Integral individuallik va murakkab ierarxik tuzilishli individuallik to‘g‘risidagi qarashlar. Psixikaning shakliy-dinamik va mazmuniy xususiyatlari. Inson psixik xususiyatlarining irsiyligi to‘g‘risidagi dastlabki tadqiqotlar. Qobiliyatlar va iste’dodning irsiy tabiati, tabiiy va tarbiyaviy omillarning o‘rganilishida egizaklar metodining ahamiyati (F.Galton, X. Simens). Zamonaviy psixogenetika fanining ahamiyati: xalqaro uyushmalar, jurnallar, konresslar va h.
Individuallikni tadqiq etish muammolari
Individuallikni tadqiq etishga bo‘lgan yondashuvlarning xilma-xilligi va ularning tadqiqot vazifalariga bog‘liqligi. Fundamental tadqiqotlarning o‘ziga xosligi. Individual xususiyatlarni ajratish, tavsiflash, tashxis etish, ularning tarkibiy tuzilishi va o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari, etiologiyasi. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud paradigmalar: “biologik va ijtimoiy”, “tug‘ma va orttirilgan”, “irsiyat va muhit bilan bog‘liq”.Hozirgi zamon psixogenetikasi va irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi tasavvurlar. Xromosoma va genlar. Sitoplazmatik irsiyat. Genotip va muhit. Me’yor va reaksiyalar diapazoni. Fenotip muayyan genotip va muayyan muhitning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasi sifatida. Miqdoriy va sifatiy, bir genli va ko‘p omilli belgilar. Mendel genetikasi va miqdoriy genetika. Populyasion o‘zgaruvchanlik. Individlararo va guruhlararo variativlik.
Psixogenetikaning asosiy metodlari
Inson genetik tadqiqotlar ob’ekti sifatida. Ixtiyoriy eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirishning imkonsizligi, reproduktiv davrning kech kelishi, avlod qoldirishning chegaralanganligi. Populyasion, genealogik, egizaklar metodlari hamda o‘gay farzandlar metodi. Populyasion metod: populyasiyalarni tadqiq etish usullari. Individlararo va populyasiyalararo variativlik. Genetik polimorfizm. Genealogik metod: metodning asosiy sxemasi, shajara tuzish. Umumiy va individual muhit.O‘gay farzandlar metodi: asosiy sxemasi, kelib chiqish tarixi, zamonaviy dasturlar. Ushbu metod orqali psixologik belgilar o‘zgaruvchanligida genotip va muhitning o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganish. Egizaklar metodi va uning turlari. Turli afsonalar va dinlarda egizaklar to‘g‘risidagi tasavvurlar. F. Galton va Simens tadqiqotlari. Mono- va dizigotali egizaklarning paydo bo‘lishi. Egizaklar metodining ko‘rinishlari: ajratilgan egizaklar, egizaklar oilalari, nazorat egizagi, egizak juftlar. Ushbu metodlar yordamida genetik va umumpsixologik tadqiqotlarni amalga oshirish.Metod imkoniyatlarining chegaralanganligi: pre- va postnatal cheklanishlar. Egizaklik biologiyasi, turli populyasiyalarda ko‘p urug‘li homiladorlik chastotasi va uning dinamikasi. Psixogenetikaning genetik-matematik metodlari.R.Fisher tadqiqotlari. Ignatev va Xolzingerning irsiylik koeffitsienti. Umumiy va individual muhit tomonidan belgilanadigan fenotipik dispersiyani baholash.
Intellekt va bilish funksiyalarini psixogenetik o‘rganish
Intellekt tushunchasining noaniqligi va shu sababli olingan natijalarni talqin qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar. Har xil genetik metodlar orqali olingan ma’lumotlarni izchil tahlil etish. Verbal va noverbal intellektni ajratgan holda baholash va kutilmaganda ziddiyatli natijalarning olinishi. Ayrim kognitiv funksiyalarning tahlili. Fazoviy-obrazli qobiliyatlarning asosan genetik shartlanganligi. Ularning jinsiy xromosomalar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi faraz. Kognitiv uslublarni psixogenetik tadqiq etish xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |