O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
O‘quv fanning maqsadi: organizm va psixikada irsiy belgilarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini hamda turli belgilar va psixologik xususiyatlarning nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini har tomonlama tavsiflash, talabalarni psixogenetika fanining asosiy tushunchalari, psixologik irsiyat bo‘yicha mavjud nazariy yondashuvlar va universal umumpsixologik tamoyillar bilan tanishtirish.
Fanning vazifalari:
irsiylik shart-sharoitlari, inson genetikasining asosiy muammolariga doir psixologik tushunchalar to‘g‘risida bilim berish, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalar va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
psixogenetik muammolarning xilma-xilligini, ularning yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatish;
shaxsiy dunyoqarashga, psixologik amaliyotda hal etilayotgan masalalarning mohiyatiga mos keladigan nazariy konsepsiyani tanlashning muhimligiga urg‘u berish;
individual psixologik maslahat berishga psixogenetik yondashuv tushunchalari va tasavvurlari tizimini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |