O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Psixogenetika fanining maqsadi: inson shakllanishida irsiyatning o’rni, irsiyatning psixikaga ta’siri, psixogenetika sohasidagi amaliy psixologiyaning hozirgi zamon muammolari bilan tanishtirish, olgan bilimlarini amalda ishlata bilishni rivojlantirishdir.
Psixogenetika fanining asosiy vazifasi: talabalarga voqyelik va jamiyatdagi voqyea-hodisalarning, jamiyat hayotida pedagogik -tarbiyaviy hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, emosional va irodaviy sifatlari, kasalga muomala qilish, va ta’sir ko’rsatishda shu shart-sharoitlarni hisobga olishni, insonni salomatligini saqlash, avvalgidek sog’lom holatiga keltirish uchun psixikaning ahamiyatini tushunish kerakligini yoritib berish .
Do'stlaringiz bilan baham: |