Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 0,96 Mb.
bet22/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

9-mavzu. BANDLIK SOTSIOLOGIYASI


REJA

  1. Bandlik haqida klassik va noklassik nazariyalar

  2. Bandlik tushunchasi va uning turlari

  3. Bandlik siyosati va uning turlari

  4. Aktiv bandlik siyosatining asosiy komponentlari

  5. O‘zbekistondabandlik siyosati

Bandlik iqtisodiyot va aholi farovonligining jiddiy tavsiflaridan biri hisoblanadi. Bandlik darajasi o‘zida muhim makroiqtisodiy ko‘rsatichni ifodalaydi. Bandlik va ishsizlik masalalari klassiklardan tortib, to ko‘plab ko‘zga ko‘ringan iqtisodiyot fani va turli xil fan maktablari vakillarining e’tiboridagi mavzu bo‘lgan.
Adam Smit (1723-1790) – etakchi ingliz iqtisodchisi – haqli ravishda iqtisodiy nazariya maktabining klassik yaratuvchisi, fan sifatida siyosiy iqtisodiyotning otasi, deb hisoblanadi. A.Smit iqtisodiyotni tabiat qonunlari singari ob’ektiv qonuniyatlar amalda qo‘llanadigan, jamiyatning rivojlanishini belgilaydigan va insoniyat tushuna oladigan xususiyatga ega bo‘lgan tizim sifatida taqdim etgan. Olimning fandagi roli shundan iboratki, u narxning mehnat nazariyasi asoslarini yaratgan hamda iqtisodiyot va o‘z tadqiqotlari markaziga mehnatni qo‘ygan. A.Smit tomonidan tovar ishlab chiqish va bozor to‘g‘risida, rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida, ish haqi to‘g‘risida, daromad va er rentasi to‘g‘risida, bozorning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risida, davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuvi to‘g‘risida muhim qoidalar ishlab chiqilgan104.
A.Smit insonlarning faoliyati, maqsadlari o‘z manfaatlari hamda shaxsiy foydalari bilan belgilanadi, deb tasdiqlagan. Uning fikricha, inson o‘zi talab qilgan narsalarini kishilar bajarishi uning xususiy manfaatlarida ekanligini ko‘rsata olsa, o‘z masadiga erishadi, deb hisoblagan. Aynan shu yo‘l bilan insonlar iste’molchilik noz-ne’matlarining zarur qismini oladi.
A.Smitning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bozor va erkin raqobat sharoitlarida shaxsiy manfaat, «ko‘rinmas qo‘l», jamiyatdagi muvozanatni va takomillikni, yakka va umumiy farovonlikni ta’minlaydi. A.Smit hech qanday alohida inson, jamiyat manfaatlariga yordam berishni niyat qilmaydi, deb yozgan edi. A.Smit faqat shaxsiy foydani nazarda tutgan, bunda va ko‘plab boshqa narsalarda aslo uning niyatiga kirmagan «ko‘rinmas qo‘l» uni natijaga etaklaydi.
A.Smitning ish haqiga nisbatan qarashlari va pozitsiyasi qiziqarlidir. Uning Ish bilan ta’minlash bilan bog‘liqligini u bevosita ko‘rib chiqmagan, lekin ish haqi mehnatning engilligi va og‘irligiga, uning tozaligi yoki pala partishligiga, mashg‘ulotni o‘zining faxriyligiga yoki haqoratomuzligiga karab o‘zgaradi deb tasdiqlagan105.
David Rikardo (1772-1823) - klassik maktabning ikkinchi yirik vakili, o‘z davrining tan olingan ingliz iqtisodchilarining rahbari bo‘lgan. Uning asosiy mehnati «Siyosiy iqtisodiyot va soliqqa tortish boshlanishi» 1817 yilda yaratilgan. Unda u A.Smitning ta’limotidagi qator kamchiliklarni bartaraf qilib, asosiy tuzilmalarini ishlab chiqishni davom ettirgan. Rikardo barcha imkoniyatlarni ishga solib davlatning iqtisodiyotga aralashuvni cheklashning, savdo erkinligining tarafdori bo‘lgan, bozor kapitalizmi tizimini xo‘jalik yuritish tizimining eng oqilonasi, deb hisoblagan.
SHunday qilib, klassiklar, bozor tizimi resurslardan, shu jumladan ishchi kuchi resurlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlab berishga qodir, deb hisoblagan. Ular, to‘liq ish bandlik bozor iqitisodiyotining normasi hisoblanishini, eng zo‘r iqtisodiy siyosat esa - davlatning iqtisodiy hayotga aralashmaslik siyosati hisoblanishini tasdiqlagan.
Djon Meynard Keyns (1883-1946) – mashhur nazariyotchi hamda boshqariladigan kapitalizm va bandlik iqtisodiy nazariyasining asoschisi. U haqli ravishda XX asrning buyuk iqtisodchisi hisoblanadi. Uning asosiy mehnati «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» 1936 yilda chop etilgan bo‘lib, iqtisodiyot tahlilida revolyusiya sodir qilgan, deb aytish mumkin. Asarda birinchi o‘rinda bandlik muammolari oldinga surilgan. Tahlilning yakuniy maqsadi – bandlik darajasi nima bilan aniqlanishini belgilashdan iborat edi. Keyns, o‘zining tahlili natijasida kelgan xulosa shundan iboratki, unga zamondosh jamiyat, ya’ni kapitalistik bozor xo‘jaligi, iqtisodiyotda muvozanatni avtomatik tiklash mexanizmiga ega emas. Bundan u iqtisodiyotda davlat boshqaruvi zarurati va, avvalo, davlat tomonidan samarali talabning etarli hajmi ta’minlanishi to‘g‘risida xulosa qiladi. Iqtisodiyot fanida u birinchi bo‘lib, kapitalistik bozor xo‘jaligini boshqarish haqidagi masalani qo‘yib, zaruratini asoslagan va asosiy yo‘nalishlarini belgilagan, ular o‘z ahamiyatini hozir ham yo‘qotmagan. Bandlik to‘g‘risida u, «to‘liq bandlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan nazorat muassasasi, albatta hukumatning an’anaviy vazifalarining sezilarli kengaytirilishini talab qiladi», deb yozgan106.
Oxirgi o‘ttiz yillikda ko‘pchilik olimlar bir paytning o‘zidagi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ham bozor, ham davlat boshqaruvidan foydalanishning zarurati to‘g‘risidagi xulosaga kela boshladi. SHu tarzda, neoklassik sintez maktabi paydo bo‘lgan. Uning asoschisi va buyuk namoyondasi amerikalik olim, 1970 yildagi Nobel mukofoti laureati Pol Samuelson (1915) hisoblanadi. Uning ikki tomdagi «Iqtisodiyot» darsligi (uning oxirgi nashri 1994 yilda chiqqan.) yigirmadan ortiq tilga tarjima qilingan, dunyoning ko‘pchilik davlatlarining talabalari ko‘p yillardan beri ta’lim olmoqda. Samuelson narxlarning sudralma inflyasiyasi bilan bir paytning o‘zida ishlab chiqarish va bandlik stagnatsiyasi kabi qator echilmagan muammolarni ajratgan. Aynan shu alohida muhim ahamiyatga egadir107.
Barcha mehnatga layoqatli aholini bandligini ta’minlash har qanday davlat va hukumatning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalani echish uchun davlat bandliq to‘g‘risida tegishli qonun qabul qiladi va uni amalga oshirishga ko‘maklashadigan choralarni ishlab chiqadi, boshqacha aytganda, ma’lum ish bilan ta’minlash siyosatini olib boradi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish