3. Bandlik siyosati va uning turlari
Bandlik nafaqat iqtisodiy, balki yaqqol namoyon bo‘lgan ijtimoiy xarakterga ega. U insonlarning nafaqat daromadlarga ehtiyojini, balki jamiyatga foydali faoliyat orqali o‘zini ko‘satishda, shuningdek jamiyatning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishining ma’lum darajasida bu ehtiyojning qondirish darajasini aks ettiradi. Bundan bandlikni boshqarish tarmog‘ida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati asoslanadigan boshqa xulosa kelib chiqadi: agar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga bel bog‘lasa, u ishlashni hohlaydigan, lekin qandaydir sabablarga ko‘ra ishga ega bo‘lmagan fuqarolarga befarq munosabatda bo‘la olmaydi.
SHunday qilib, bandlik o‘zida ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning o‘zaro aloqalarini amalga oshirish mexanizmini namoyon qiladi, ya’ni u ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya xisoblanadi va uni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – mehnat resurslarini ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘lanishi sifatida ta’riflash mumkin. Aynan shunday bir butun mohiyat aholi bandligini davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim elementi, deb aniq ta’riflash asosini beradi.
Bundan aholi bandligining asosiy vazifalari kelib chiqadi :
jamiyat, shu jumladan uning mehnatga layoqatsiz a’zolarining hayoti faoliyati va rivojlanishini ta’minlash;
shaxs hayot faoliyati va rivojlanishini ta’minlash;
ishchi kuchi sifatini ta’minlash.
«O‘zbekistonda aholi bandligi to‘g‘risidagi» qonunda bandlik fuqarolarning o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir, deb belgilangan. Bandlikning ushbu tavsifi uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini bildiradi. Bunday tushunchadan kelib chiqqan holda, bandlik mehnat resurslari, ya’ni moddiy boyliklar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatishga qodir jamiyatning mehnatga layoqatli qismi va mehnat bozori kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan ko‘rib chiqiladi.
Mehnat bozorida bandlikning iqtisodiy mazmuni quyidagi ikkita asosiy ijtimoiy-iqtisodiy shakllardaamalga oshiriladi119:
o‘z ish kuchini ishlab chiqarish vositalari egasiga sotish orqali;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish orqali.
Bandlikning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rib chiqishda, iqtisodiy faollik va aholi bandligida tadbirkorlik rolini ta’kidlash zarur, bandlikning noan’anviy shakllariga alohida e’tibor qaratish lozim. Davlat kichik tadbirkorlikni faqat soliq solish ob’ekti sifatida ko‘rib chiqadigan sharoitlarda, ayniqsa agar ishsizlik darajasi sezilarli yuqori bo‘lsa, bandlikning norasmiy jihati to‘xtovsiz o‘sib boradi.
O‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashni rivojlantirish uning asosiy funksiyalarini amalga oshirishga olib keladi120:
ixtirolar va yangiliklarni olg‘a siljishi, bu innovatsion jarayonni rivojlantirishni tezlatadi;
yangi ish o‘rinlarini yaratish;
tovar va xizmatlar bozorida raqobat darajasining oshishi, bu o‘z navbatida, bevosita iste’molchilarga foyda keltiradi;
aholining turmush darajasi uning daromadlari ko‘payishi hisobiga oshadi;
o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash bevosita ishsizlikka muqobil hisoblanishi tufayli mehnat bozorida vaziyatning yumshashi.
SHuning uchun bandlik siyosatini mustaqil ravishda o‘tkazish imkoni yo‘q, u iqtisodiy – ijtimoiy siyosat bilan uzviy aloqada va bog‘liqlikda bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, bandlik o‘zi murakkab ijtimoiy -iqtisodiy hodisani bildirib, jamiyatdagi demografik jarayonlardan boshlab, makroiqtisodiyot va mehnat bozoriga davlatning tartibga soluvchi ta’sirigacha, shuningdek ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosati kabi ko‘plab omillar va jarayonlar ta’siri ostida o‘zining aniq mazmuniga ega bo‘ladi.
Ishchining hayoti va rivojlanishi uchun, va uning oila a’zolariga etarli munosib maosh olish imkoniyatini beradigan, to‘lik, unumli va samarali bandlikni ta’minlash, bandlik siyosatining mazmunidir. Bunday bandlikga erishish va uni ushlab turish (qo‘llash) bandlik siyosatining maqsadi hisoblanadi.
Bandlik siyosati turli toifadagi aholining mehnat qilish imkoniyatini hisobga olgan holda shakllanishi kerak. Bundan tashqari xatar guruhiga, ya’ni ayollar, yoshlar, nogironlar va h., ularning daromad olishi barqarorligi, bu masalalarda tahqirlashlarning mustasno qilinishiga . jiddiy e’tiborni qaratish kerak. Lekin, bunday siyosatning maqsadi nafaqat to‘liq bandlikning umumiy darajasini saqlash, balki iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni echish, avvalo turmush darajasini oshirish, inson rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va takomillashtirishni (bolalarni va o‘smirlarni tayyorlashdan boshlab, ishchilarni qayta tayyorlash, ma’lum vaqt oralig‘ida ishchilarning malakasini oshirishgacha)121.
Ijtimoiy va iqtisodiy siyosat to‘liq, unumli va samarali bandlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bandlik esa iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bandlik siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda mamlakat ma’lum belgilangan tamoyillarga tayanadi.. Bandlik siyosatining asosiy yo‘nalishi iqtisodiy maqsadga muvofiq ishchi o‘rinlarini yaratish hisoblanadi (1-rasm).
Bandlik siyosatining ikkita shartli turi mavjud:
1) passiv bandlik siyosati – ish qidirishda asosiy rolni davlatga ajratiladi. U ishchilarga ularning ish o‘rinlari barqarorligini ta’minlaydi, ishsiz fuqarolarga tegishli nafaqalar to‘laydi va ishga joylashishda ko‘maklashadi, ish beruvchilarga esa o‘z maxsulotlarini sotish bozorini kafolatlaydi;
2) aktiv bandlik siyosati – asosiy rolni ishchi o‘ynaydi. U o‘zining moddiy daromadi va o‘z oilasi farovonligi uchun o‘zining javobgarligini anglaydi , o‘z ishchi o‘rnini saqlashga intiladi,uni yo‘qotish holatida esa, yangi ishni mustaqil va faol izlash bilan shug‘ullanadi122.
Do'stlaringiz bilan baham: |