Erta qarish - yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning ertaroq paydo bo‘lishi, bunda insonning biologik yoshi uning kalendar yoshidan o‘zib ketadi. Turli xil kasalliklar, stresslar, neyrogumoral omillar, radioaktiv moddalar bilan nurlanish, qarish jarayonini tezlashtiradi. Masalan, yurak ishemik kasalligi, me'da yarasi, qandli diabet kabi kasalliklarda bemorlarning tashqi qiyofasi o‘z yoshiga qaraganda ancha qariroq ko‘rinadi.
Erta qarish sabablari 2 xil omildan iborat:
1. Endogen omillar.
2. Ekzogen omillar.
Endogen omillarga organizmning turli kasalliklari, irsiy omillar, xromosom kasalliklari kiradi.
Ekzogen omillarga ruhiy stresslar, gipodinamiya, noto‘g‘ri ovqatlanish, semirish, zararli odatlar, ekologik muhit ta’siri kiradi.
Organizmning erta qarishiga eng ko‘p sababchi bo‘lgan kasalliklar: ateroskleroz, arterial gipertoniya, surunkali o‘pka kasalliklari, oshqozon, jigar kasalliklari, asab va endokrin kasalliklaridir. Qarish jarayonida irsiyat muhim ahamiyat kasb etadi. Erta qarish yoki uzoq umr ko‘rish nasldan naslga o‘tishi isbotlangan.
Ayo‘llarda qarish jarayonining ancha sekin borishi ham genetik apparat xususiyatlariga, ham ayo‘llarda zararli odatlarning yo’qligi bilan izoxlanadi. Erta qarishga sabab bo‘ladigan omillardan biri bo‘lgan chekish bemorlarda ateroskleroz, miokard infarkti, arterial gipertoniya kabi kasalliklarni avj oldiradi.
Qarish – ko‘p o‘choqli umumbiologik jarayon bo‘lib, hujayralarning yadrosida, sitoplazmasida, membranalarida, mitoxondriya va boshqa strukturalarida namoyon bo‘ladi. Qarish jarayoni rivojlanishida 4 xil xususiyat farq qilinadi:
1. Geteroxronlik.
2. Geterotonlik.
3. Geterokinetiklik.
4. Geterokateftenlik.
Geteroxronlik xususiyat qarish jarayonining turli organ, to‘qima, sistema hujayralarida har xil muddatda boshlanishidir. Masalan, ayrisimon bezning atrofiyasi 13-15 yoshlarda boshlansa, jinsiy bezlarning atrofiyasi klimakterik davrda boshlanadi. Markaziy nerv sistemasi va endokrin sistemasining turli bo‘limlarida ham geteroxron qarish kuzatiladi.
Geterotoplik xususiyat ma’sul bir organning turli qismlarida qarish belgilarining namoyon bo‘lishidir. Masalan, yurak miokard to‘qimasida turli kardiositlar bo‘lishi mumkin.
Geterokinetik xususiyat organizm to‘qimalarida qarish jarayonining turlicha tezlik bilan kechishidir. Masalan, ayrim to‘qimada erta boshlangan qarish belgilari sust rivojlanib borishi mumkin, aksincha boshqa to‘qimada kechroq boshlangan qarish belgilari tez rivojlanib borib, organizm funksional holatiga ta’sir etishi mumkin.
Geterokateftenlik xususiyat organizmdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning turli xil yo‘nalishlarda, organizmdagi hayotiy jarayonlarning birining so‘nishi va ikkinchisining faollashuvi bilan kechishidir.
Demak, qarish jarayoni murakkab morfologik o‘zgarishlar va funksiyalarning so‘nishi bilan kechadigan jarayon ekan. Qarish jarayonini ko‘p olimlar hujayraning genetik apparatidagi va oqsil biosintezidagi buzilishlar bilan bog‘lashadi.
O‘zgarishlar DNKning genetika ma’lumotlar uzatish bo‘g‘inida sodir bo‘ladi. Oqsil sintezida oqsil molekulasidagi o‘zgarishlar hujayra funksiyasining buzilishiga olib keladi. O‘zgarishlar hujayrada energiyaning paydo bo‘lishi, uzatilishi va sarflanishida kuzatiladi. Hujayrada kislorodga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, fermentlar faolligi pasayadi. Lipidlar almashinuvi ham izdan chiqib, hujayra membranasining fosfolipid tarkibi buziladi, qonda xolesterin, trigliseridlar, lipoproteidlar miqdori oshib ketadi, natijada ateroskleroz rivojlanadi. Bu esa qarish jarayonini tezlashtiradi.
Qarish jarayonida hujayralar funksiyasining buzilishi va o‘limi organ, to‘qimalarni hamda organizm faoliyatini izdan chiqaradi, hujayrada distrofik va kompensator o‘zgarishlar bo‘ladi. Qarish oqibatida miya neyronlari 30-40% ga, buyrak neyronlari, o‘pka alveolalari 30-50% ga kamayadi. Qarishning asosiy morfologik ko‘rinishi organ va to‘qimalarning atrofiyasi bo‘lib, bu hujayralarning kamayishi hisobiga paydo bo‘ladi. Har bir organ to‘qimalarida atrofik hujayralar bilan bir qatorda normal hujayralar ham uchraydi. Atrofiyaga uchragan hujayralar hisobiga normal hujayralarda giperfunksiya va gipertrofiya sodir bo‘ladi. Hujayraning qarish jarayoniga moslashuvi tufayli undagi yadro soni ko‘payib, DNK miqdori ortib boradi. Mitoxondriyalarning umumiy miqdori kamayishi oqibatida gigant formadagi mitoxondriyalar paydo bo‘ladi, hujayralarda organoidlarning parchalanish mahsuloti bo‘lgan ferment - lipofusin to‘planadi. hujayralarning funksional o‘zgarishlari kuzatiladi, hujayra funksiyasi susayadi, neyronlarning ma’lumot qabul qilish qobiliyati pasayadi. Sekretor hujayralarda moddalarni sintezlash va ajratish jarayoni kamayadi, yurak hujayralarining qisqarishi pasayadi, hujayra membrasining qo‘zg‘alishi va bioelektrik xususiyati buziladi. Hujayralarda kalsiy ionlarining faol transporti buziladi, bu esa hujayra funksiyasini izdan chiqaradi.
Inson organizmida tug‘ilishdan to o‘limiga qadar uzluksiz morfologik, ximiyaviy, fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Qadimdan olimlar qarish sabablari va umrboqiylik sirlarini ochishga uringan, bu haqda falsafiy bahs, munozaralar yuritgan. Uning ildizlari juda qadimdan boshlangan bo‘lib, qadimiy xitoy va hind olimlari asarlarida, Gippokrat to‘plamlarida hamda Ibn Sinoning "Tib qonunlari"da o‘z aksini topgan.
XVII asrda ingliz astronomi, Er sayyorasiga har 76 yilda juda yaqin keladigan Galle kometasi kashfiyotchisi Edmund Galle ham bu borada tadqiqotlar olib borgan. Biroq gerontologiya fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmiga kelib shakllana boshladi. Keyinchalik gerontologiyaning rivojlanishi uning gerontopsixologiya (umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va fe’lining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi), geriatriya (klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarni o‘rganadigan, shuningdek, ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan bo‘limi), gerofarmokologiya (dori-darmonlar va ular tarkibini keksaygan organizm uchun moslashtirish), gerogigiena (katta yoshli kishilar gigienasi haqidagi ta’limot) kabi bir necha tarmoqlarga bo‘linishiga olib keldi. Bular orasida geriatriya, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Mazkur terminni fanga 1990 yilda Amerikalik olim I.Nasher kiritgan. Keksalarda turli kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish, qarishga sabab bo‘ladigan jarayonlarni aniqlash, yasharish choralarini ko‘rish, keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam xizmatini tashkil etish geriatriya oldida turgan eng dolzarb muammolardandir.100
Xo‘sh, umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin 1963-yil Kievda o‘tkazilgan Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkilotlarining qarilik jarayoni haqidagi seminarida qabul qilingani bo‘yicha:
45 yoshdan 59 yoshgacha – o‘rta yoshlilar;
60 yoshdan 74 yoshgacha - keksalar;
75 yoshdan 89 yoshgacha - qariyalar;
90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko‘ruvchilar deb hisoblanadi.
Tarixga nazar tashlasak Rossiyada ijtimoiy ximoya davlat tizimining qaror topishi 1701 yilda imperator Petr I tomonidan «Avliyo Patriarx uylarida g‘ariblar, kasallar va qariyalarni aniqlash to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilinishidan boshlandi. Imperator Petr I davrida birinchi etimxonalar paydo bo‘ldi, jamiyatga davlat tomonidan faqirlarni ajratish va har bir alohida toifa bo‘yicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha choralar qabul kilish yuklandi.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarida XVI-XVII asrlarda ijtimoiy yordam davlat tizimi rasmiylashtirilishi davlat rolining oshishi va ayni bir vaqtda xristian cherkovi faolligining pasayishi bilan izoxlanadi. Jumladan, 1529 yilda Germaniyada nochorlarga yordam to‘g‘risida Gamburg ustavi, 1682 yilda esa davlat ta’minoti chora-tadbirlari to‘grisidagi farmon kabul qilinadi. Angliyada 1531 yilda nochorlarga yordam berish to‘g‘risida qonun qabul qilinadi, 1572 yida faqirlarga yordam ko‘rsatish uchun umummilliy soliq joriy etiladi. 1601 yilda Angliyada qabul qilingan Kambag‘allik to‘g‘risidagi qonunda muxtojlarga moliyaviy yordam berishga urg‘u berildi. Bu qonun mazkur sohada qonunchilikni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat kildi va xukumatning inson ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish yasadi.
Hindistonda muhtoj keksalarga yordam ko‘rsatish an’anasi mavjud. Mamlakatda XVIII asrda birinchi qariyalar uyiga asos solingan. Qariyalar, ayniqsa kambag‘al, kasal, uysiz qariyalar davlat va har xil ko‘ngilli tashkilotlardan yordam oladi. Hindiston hukumati 1984 yilda qariyalarga xizmat ko‘rsatuvchi birinchi ko‘ngillilar tashkilotiga rasmiy mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Jamg‘arma qariyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sog‘liqni saqlash, qo‘shimcha ta’lim va qariyalar uylariga mablag‘ ajratadi. 1992 yilda mamlakatda “Aholi farovonligi” vazirligi tomonidan “Keksa yoshda bardamlik” dasturi ishlab chiqilgan. Uning asosiy maqsadi qariyalar va kunduzgi muloqotda bo‘lish uylarida ishlovchilar uchun zarur subsidiyalar olishda yordam ko‘rsatuvchi ko‘ngilli tashkilotlar faoliyatini rag‘batlantirish, qariyalar uchun bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Hukumatning nodavlat tashkilotlar faoliyatini rasmiy qo‘llab-quvvatlashga ajratayotgan moliyaviy mablag‘lari mamlakatda aholining keksayishi bilan bog‘liq muammolarni echish uchun ho‘zircha etarli emas. Bir qator nodavlat tashkilotlar o‘z dasturlarini bajarishda ijobiy natijalarga erishgan va bunda xalqaro va milliy donorlarning qo‘llab-quvvatlashidan foydalangan.
"Gerontologiya" insonning qarish jarayonini o‘rganadigan fan bo‘lib, yunoncha «geros» - qari va «logos» - bilim degan ma’noni anglatadi.
"Gerontologiya"ning asosiy maqsadi insonning faol va to‘laqonli hayotini uzaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha bemorlarning 25-30 foizi keksa yoshdagi bemorlardir.
Jahondagi barcha mamlakatlarda demografik ko‘rsatkichlar qariyalar hisobiga oshib bormoda. Bu esa "Gerontologiya" va "Geriatriya" sohasidagi bilimlar doirasini kengaytirishni taqozo etadi.
"Gerontologiya" fani quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Qarish biologiyasi.
2. Geriatriya.
3. Gerogigiena.
4. Gerontopsixologiya.
5. Gerodermiya.
6. Gerodietetika.
7. Geroekologiya.
Keksalik umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi davridir. Biroq muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor haqiqatdir. SHu sababdan S. P. Botkin va I. I. Mechnikovlar fiziologik va barvaqt qarish mavjudligi haqidagi tushunchalarni yoqlab chiqqanda haq edilar.
Barvaqt qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi muhitning zararli omillari ta’sirida yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarning bir muncha erta rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Fiziologik qarish aqliy va jismoniy sog‘lomlikni, ma’lum darajadagi ish qobiliyatini, dangaslikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish bilan belgilanadi.
Tashqi muhit ta’siri va organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o‘sish va rivojlanishi to‘xtaganidan keyin boshlanadi.
"Gerontologiya" tibbiy biologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u molekula va hujayralardan tortib butun organizmining qarish sabablarini o‘rganadi.
Qarish - qarilik, ya’ni yosh ulg‘aya borishi bilan organizmda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarning qonuniy tarzda ro‘y berish jarayonidir. Umuman olganda, bugungi kunda qarilik muammolarini har tomonlama o‘rganadigan turli fan sohalari paydo bo‘ldi va ular jadal rivojlanmoqda. Xususan, dunyo aholisi sonining qariyalar hisobiga oshishi "Geriatriya" fanining rivojlanishini yanada tezlashtiradi.
"Geriatriya" keksa, yoshi ulug‘ kishilarda kasallikning kechishi xususiyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda.
"Gerogigiena" esa keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasini o‘rganmoqda.
"Gerontopsixologiya" keksalar ruhiy holati va fe'l-atvorini;
"Gerodietetika" keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini;
"Gerodermiya" - keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarkni o‘rganuvchi bo‘lim.
"Geroekologiya" qarish jarayoniga ekologik omillarning ta’sir etishini o‘rganuvchi fan.
Bugungi kunda jahonda genetik olimlarning chuqur izlanishlari natijasida, qarish jarayoniga ta’sir etuvchi genlar borligi taxmin qilinmoqda. Agar bu taxmin tasdiqlansa, "Gerontologiya" fanida keskin o‘zgarishlar yuz berishi va insonning ho‘zirdan ham uzoqroq umr ko‘rishiga erishiladi. Genetikaning rivojlanishi juda ko‘p geriatrik kasalliklarning kamayishiga sabab bo‘ladi.
I. I. Mechnikovtt fikricha, ichakda yashaydigan bakteriyalarda moddalar almashunivi mahsulotlari va organizimning o‘zida azotli moddalar almashuvining mahsulotlari ( siydik kislota ) kishi organizimi zaharlab, qarishga sabab bo‘ladi. Ho‘zirda gerontologiya qarish sabablari va mehanizmlarini malekula va hujayradan tortib to butin organizm darajasida o‘rganmoqda. Gerontologiya asosn, eksperimental, klinik va ijtimoyi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Gerontologiyaning ijtimoiy gigiena sohasidagi ijtimoui barvaht qarish sabablarini ijtimoyi sharoitga kishilarning yashash tarziga bog‘lab o‘rganish, keksaygan kishilarning moddiy taminoti, mehnat qilishi, ovqatlanishi, yurish-turishini maqsadga muvofiq tashkil etish, ijtimoiy va tibbiy yordam berishning eng maqbul usullarini qidirib topishga qaratilgan.
Qarish bialogiyasining vazifasi, qarishning ilk alomatlarini aniqlash, organizm hayot faoliyati jarayonida ularning bir-biri bilan aloqadorl igini belgilash, organizimning atrof-muhitga moslashishining yosh bilan bog‘liq jihatlarini bilishdan iborat. Qrish biyalogiyasini o‘rganish kasallanish mohiyatini to‘g‘ri tushinish uchun kata ahamyatga aga. CHunki bunda keksa va qari yoshdagi shahislar uchun xos bo‘lgan kasalliklarning sababi, ularni to‘g‘ri muolija qilish va samarali oldini olish choralarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Pisixalogik nazaryalar keksaning shahsiy tamoyillari va o‘zini anglashda deb takidlasa, ijtimoiy nazaryalar ularning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy munosabatlarini ko‘ri chiqadi.
2007 yilda Jenevada o‘tkazilgan xalqaro gerontologlar kongressida insonlarning yosh senzi quyidagicha belgilangan: 1-11 yosh bo‘lalik, 11-17 yosh o‘smirlik, 18-52 yosh navqironlik, 55-65 yosh kishilarning ong va tafakkuri etilgan, cho‘qqiga chiqqan, 65-75 yosh ulug‘vorlik va nihoyat 75-85 yosh keksalik davri hisoblanadi. SHuningdek, 90 yoshdan oshganlar uzoq umr ko‘ruvchilar sirasiga kiradi. So‘nggi paytlarda, ba’zi manbalarda 110 yoshga etgan yana bir toifa — juda uzoq hayot kechiruvchilar ajratib ko‘rsatilmoqda. Tanamizdagi har bir hujayra o‘z resursiga ega. SHuning uchun, ular har 24 yilda yangilanib boradi. Mazkur jarayon esa olti marta takrorlanadi. Bu, deyarli 150 yil umrguzaronlik qilishimiz mumkin deganidir. Keksalik haqida bir qancha nazariyalar ilgari surilgan.
Gerontologlarning fikricha, bu modda almashinuvining buzilishi, ya’ni organizmning tashqi muhitga moslashish qobiliyatining susayishidir. Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda a’zolardagi asosiy to‘qimalar atrofiyaga uchraydi, ya’ni nobud bo‘ladi. Bu jarayon, avvalo, miyadan boshlanadi. Undagi 17-22 foiz to‘qimalar qisqarib boradi. Keyin esa oshqozon, qizilo‘ngach, o‘n ikki barmoqli ichak, o‘t qobig‘i, oshqozon osti bezi hamda buyraklardagi 11-30 foiz, bir o‘zi besh xil funksiyani bajaradigan jigardagi 12-14 foiz to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan-yilga ko‘payib borayotgan turli kasallik va epidemiyalar, narkomaniya, alkogolizm, kashandalik, ekologiyaning buzilishi, shuningdek, boshqa ko‘plab ijtimoiy faktorlar ta’sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha erta paydo bo‘lmoqda. Ho‘zirgi sharoitda odamda qarilikning dastlabki belgilari etuklik davrida, ya’ni 60-65 yoshda yuz bermoqda. Ammo tamaki chekadigan va muntazam spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarda bu jarayon boshqalarga qaraganda 15-20 yil oldin boshlanadi. Bundan tashqari, a’zolardagi to‘qimalarning qanchalik kech yoki erta atrofiyaga uchrashi irsiyat va odamlarning qaysi sohada mehnat qilayotganiga ham bog‘liq. Bizga ayonki erkaklarga nisbatan ayo‘llarning umir ko‘rishi uzoq bo‘ladi.
Qizig‘i shundaki, bu hol nafaqat insonlarda, balki hayvonlarda ham kuzatiladi. Erkaklarda ateroskleroz (yurak va qon tomirlari sklero‘zi), yurak va miyada qon ta’minotining buzilishi nisbatan ertaroq boshlanadi. Ularning infarkt-miokardga chalinish ehtimoli ayo‘llarga qaraganda 40-49 yoshda, 50-59 yoshda ,55 va 60 yoshdan keyin 2 baravar ortadi. Buni jinsiy gormonlar bilan izohlash mumkin. Ayo‘llar organizmi faqat estrogenlarni, erkaklar organizmi esa ko‘proq androgenlarni sintez qiladi. Estrogenlar o‘z navbatida organizmni turli xastaliklardan himoya qilish xususiyatiga ega. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, erkaklarga bunday genlarning ma’lum miqdorini o‘tkazish ulardagi qator kasalliklarning engil o‘tishiga yordam beradi. SHuningdek, turli jarohatlar, zararli odatlar erkak salomatligini juda tez emiradi. Amerikalik olimlarning kuzatishlaricha, bu mamlakat aholisining 10 foizi spirtli ichimliklar, 10,8 foizi chekish oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar dastidan vafot etar ekan. Xususan, kashandalarda bronxial astma 6,1 foiz, qizilo‘ngach saratoni 5,4 foiz, yurak qon-tomir kasalliklari 2,6 foiz ko‘p uchraydi. YAna bir qiziq ma’lumot: BMTning demografik departamentining tadqiqotlariga ko‘ra bo‘ydoq, beva va turmushidan ajralgan insonlar oila qurganlarga qaraganda kamroq umr ko‘rar ekan.101
YOsh o‘tishi bilan insonning mehnat qobiliyati pasaya boradi. Salga toliqib qoladi. SHu sababli, qari kishining ahvoli yaxshi bo‘lsa ham og‘ir ish qilmasligi kerak. Bu davrda ovqatlanish, mehnat va dam olish rejimiga qat’iy rioya etish, uxlashdan oldin ozroq sayr qilish, chiniqish muolajalari katta ahamiyatga ega. Biroq chiniqish muolajalari turini va vaqtini, albatta, shifokor bilan maslahatlashib olgan ma’qul. Ho‘zirgi kunda dunyo gerontologlari bu sohaga zamonaviy nanotexnologiyalarni tatbiq etishga intilmoqda. Bu esa kelajakda ulkan samaralar berishi mumkin. Uning ahamiyati shundaki, yangi texnologiya, ya’ni davolashning mikrominiatyurizatsiya usuli organizmdagi zararlanishi mumkin bo‘lgan «hudud»lar va atrofiyaga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan to‘qimalarni erta
Keksa yoshdagilar ruhiy kasalliklari haqidagi talimot bo‘lib geropisixalogiyaning bir qismi hisoblanadi. Geropisixalogiya haqida gapiradigan bo‘lsak, gerontologiya va yosh pisixalogiyasining keksa hamda qari yoshdagi shaxslar ruhiyati hamda xulq-atvorining o‘ziga xosliklarini o‘rganish uchun umumpisixalogik vositalar ba usullardan foydalanuvchi tarmog‘i.
Qarishdagi umumiy fizalogik tavsiflar va xulq-atvorning o‘ziga xosliklari bir-biri bilan bog‘liqligini, shuningdek, faoliyat tavsifi va qadiryatlar yo‘nalishi o‘zgarishini yuzaga keltiradiga shaxsiy siljishlarni o‘rganadi. Insoning faol va to‘laqonli hayotini uzaytirish vositalarini izlash geropisixalogiyaning umumiy maqsadi hisoblanadi.102
Keksa yoshdagilar deb quydagilar qabul qilingan: ilk keksalik ( 45-65 yosh) va qarilik (65-75 yosh va undan yuqori).Gerontologik pisixiatriyaga kiritilgan kaslliklartegishlicha ilk keksalik ( involyusion va presenil ) va keksalik ( sinel )ga bo‘linadi. Ilk keksalik pisixo‘zi involyusion tanazzulni (qaytgan yosh depressiyasini) o‘z ichiga oladi, zararning presenil vasvasasi, involyusion paranoid (taqib va rashk vasvasasi), miyyaning aqilni to‘mtoqlashtiruvchi atrofik kasallanishi – Pkkasalligi, Alsageymer kasalligi, Gentington kasalligi, Parkinson kasalligi. Bu kasalliklarning rivojlanishiga ijtimoiy va moddiy mavqening o‘zgarishi, masalan, nafaqaga chiqish bilan bog‘liq, tibbiy morfofunksional involyusiya jarayoni sezilarli darajada sabab bo‘ladi.
Senil ruhiy kasalliklari qarigandagi aqilning kuchsizlanganligini, qarilik yoshining g‘ayrifaol holatini, tomirlar bilan bog‘liq ruhiy izdan chiqishlikni o‘z ichiga oladi. Ularning rivojlanishida tabbiy atrofiya jarayoni, shu jumladan, miyya moddalari sezilarli sabab bo‘ladi; umumiy so‘lish; umir yo‘ldoshini yo’qotiish, yo‘lg‘izlik, yordamga muhtojlik ham ko‘pincha sabab bo‘ladi. SHunga ko‘ra ruhiy bemorlar sog‘ligini qayta tiklash va kasali rivojlanishining oldini olish keksa yoshdagi bemorlarni ruhiy va ijtimoiy faollashtirish, ularni imkon darajasida mehnatga jalb etish, jismoniy faolligi va ijtimoiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash bilan jips bog‘liqdir. Yo‘lg‘iz va yordamga muhtojlarga yordam berish, ular holidan habar olib turish, ularning odamlarga aralashishini taminlash ham muhim ahamyatga ega.
Keksalar ruhiyatidan izdan chiqish ho‘zirgi kunda yahshi darajada o‘rganilib kelinmoqda. Halqaro tibbiyot statistikasiga ko‘ra 60-65 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha shaxslarning 10% dan – 25% gacha turli og‘rlikdagi ruhiyat buzilishidan jabirlanadi. Keksalardagi ruhiy buzilish yuzaga kelishi sababi va o‘tishi bo‘yicha farqlanadi. Bazi kishilar bu kasallik ancha yoshligidagi paydo bo‘ladiyu, lekin keksalik boshlanganda zo‘rayadi, boshqalarda esa ruhiy buzilish asosan doim paydo bo‘lib turadi ( keksalik ohirida ) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qarilik bilan bog‘liq bo‘ladi. Qariik oldi pisixo‘zi keyingilariga xosdir, buni qariganda aqilning pasayishi deyiladi. Tug‘masidan farqli o‘laroq, ottirilgan aql pastligi ( demensiya ) yosh qaytganda paydo bo‘ladi va miya aterosklero‘zi va gipertonik kasallar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilk keksalik yo depressiya, yo yo’qotishlik va taqib vasvasasi sabab bo‘ladi. Tushkinlik, depressiya og‘ir, davosiz kasallik vahimasi, fikri, davosizligiga ishonchga aylanadi. Bunday bemorlarning nutqi hayajonli: ularda o‘zini-o‘zi o‘ldirish fikri ham yo’q emas. Persenil vasvasasini haqiqiy shikoyatdan har doim ham ajiratib bo‘lmaydi. Hafa qiluvchilar deb odatda qo‘shnlar va qarindoshlar ko‘rsatiladi. Qarilik oldidagi psixoz fojey vaziyatlarda yoki og‘ir somatik kasalliklar tufayli yuz berishi mumkin. Davolashda vaqti kelib, kuchli hayajonli-tushkin va vasvasa paydo bo‘lishi to‘htaydi, u tushkin kayfiyat bilan almashadi, hotira bir oz susayadi va intelekt kuchsizlashda, lekin aqli pastlik yuzaga kelmaydi. Kasallikning o‘tishi bir hilda va uzoq yil davom etadi, to‘liq sog‘ayib ketish odatda yuz bermaydi.
Gerogigiena haqida so‘z borar ekan, gerontologiyaning turmush sharoitlarini inson qarish jarayoniga ta’sirini o‘rganuvchi va patalogik qarishning oldini olishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiquvchi hamda aholining uzoq vaqt sag‘lom turmush kechirishiga qobilligini taminlovchi bo‘limi hisoblanadi.
Gerogigiena mujassam ijtimoiy – bialogik fan sifatida fizalogiya, pisixalogiya, patologiya, gigiena, tibbiy statistika, demografiya va satsalogik tadqiqoti usullari va ma’lumotlardan foydalanadi. Sohasiga muvofiq ijtimoiy gigienaning komunal, mehnat va ovqatlanish gigienasi farqlanadi. Bular umurni uzaytirish muammolarini hal qiladi hamda aholini muddatdan oldin patalogik qarishning oldini olish yo‘li bilan faol keksayishga erishadi, shuningdek , keksa va qari yoshdagi aholiga oqilona turmush tarzini taminlash muammolarini tadqiq etadi.103 Keksa yoshdagi shaxislar sog‘ligining holatini va o‘lim sabablari tuzilmasini o‘rganish tibbiy-ijtimoiy yordam meyyorlarini ishlab chiqishning, mudatdan oldin qarishning oldini olish usullarining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy gigiena muammolari ichida ijtimoiy muammolar – keksalarning jamiyatdagi, oiladagi, mehnat jamoasidagi, nafaqaga chiqishdaga tayyorgarlikdagi, qariganda moddiy va huquqiy taminlanishidagi, samarali turmush tarzi, dam olish shakli va boshqalardagi o‘rni va maqomi salmoqli o‘rinni egallaydi.
Gerogigienaning ko‘pgina muammolarini hal qilish nafaqat yoshni belgilash, ishlayotgan nafaqaxo‘rlar uchun imtiyoz va tovonlar to‘lash, ular mehnati va ijtimoiy muhofazasini huquqiy tartibga solish, keksaligini moddiy taminlash va tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat siyosati bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |