Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Sotsial konfliktlar to‘g‘risida ilk ijtimoiy qarashlar



Download 0,96 Mb.
bet17/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

1. Sotsial konfliktlar to‘g‘risida ilk ijtimoiy qarashlar
2.XVIII-XX asrlarda sotsial konfliktlarni ilmiy o‘rganilishi
3.Sotsial konfliktologiyaning zamonaviy tamoyillari
4. Konfliktlarning mazmun-mohiyati, uning ob’ekti va predmeti
Ijtimoiy konfliktlarning tabiati to‘g‘risidagi ilk fikrlar va tushunchalar orasida qadimgi yunon faylasuflarining ijtimoiy qarashlari alohida o‘rin egallaydi. Xususan, antik davr faylasufi Geraklit (tahminan er. av. 530-470 y.) urushlar va ijtimoiy konfliktlar to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarini tabiiy borliq haqidagi umumiy qarashlar tizimi bilan bog‘lashga harakat qilgan. Uningcha jamiyatda hamma narsa o‘zaro bog‘liq, shu jumladan, insoniy munosabat me’yorlari ham. Dunyoda hamma narsa o‘ch va adovat tufayli vujudga keladi, deb hisoblagan Geraklitning fikriga ko‘ra: “Koinot mavjudligining yagona umumiy qonuniyati – bu “hamma narsaning otasi va podshohi “urush”ekanligidir. U har qanday jamiyatda kimlarnidir xudo, kimlarnidir sig‘inuvchi odamlar, yana birovlarni qul, boshqasini esa ozod qilib belgilab bergan”1.
SHu tariqa Geraklit urush, ziddiyat, kurashning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy rolini to‘g‘ri belgilab berishga harakat qilgan. Geraklit qarashlarida konflikt o‘ziga xos yangi ma’noda, misoli jamiyat hayotining ramzi, aniqrog‘i, jamiyat rivojining eng kerakli va asosiy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Geraklitning “barcha narsalarning asosi konflikt va kurash” degan tushunchasini qadimgi yunon faylasuflaridan yana biri Epikur (er. av. 341-270 y.) ham qo‘llaydi. Epikur jamiyatdagi to‘qnashuvlarning salbiy oqibatlari insonlarni tinch-osoyishta va birdamlikda yashashga chorlaydi va qachonlardir shunga olib keladi, deb hisoblagan.
O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davri deb nom olgan IX-XII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan mutafakkirlarning dunyoviy ma’rifatga intilishi va bu yo‘lda o‘tmish davlatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, insonni ulug‘lash, uning ma’naviy fazilatlarini asoslash borasidagi fikr-mulohazalari jamiyatdagi konfliktlar haqidagi tarixiy-tadrijiy bahslarda o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Abu Nasr Forobiy (873-950 y.) birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi va davlatni qanday boshqarish kerakligi haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar tizimini ishlab chiqdi. Bular asosan quyidagilardir:
- ijtimoiy hayot haqidagi fan va uning vazifasi;

  • inson jamoasining vujudga kelishi, tarkibi va turlari;

  • shahar-davlat jamoasining hayoti va fazilati, davlatningfaoliyati vazifasi va uni boshqarish shakllari;

  • insonning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi, aqliy, axloqiy kamoloti masalalari;

  • davlat jamoasining maqsad va vazifalari, insonni baxt-saodatga erishtirishning usullari va yo‘l-yo‘riqlari.

Forobiyning fikricha, jamiyatdagi konfliktlarning birdan bir sababi odamlar tafakkurida ijtimoiy hayot, shahar-davlat, axloq va fiqh ilmlarining to‘la shakllanmaganligidadir. O‘z navbatida yuzaga kelmoqchi bo‘layotgan konfliktlarning oldini olishda hamda odamlarning ushbu ilmlar bo‘yicha olgan yuqori bilimlari ijobiy natijalar berishi haqida gapirib, nazariy bilimlarning egallanishi amaliyotda muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtiradi.
Forobiyning jamiyat haqidagi mulohazalarida “zo‘ravonlik va majburlash ta’limoti” qoralanadi. CHunki, har qanday davlat va jamiyatda “zo‘ravonlik va majburlov ta’limoti”ning amaliyotda aks etishi, o‘sha davlat va jamiyatdagi konfliktlar shakllanishiningasosidir. Forobiy “zo‘ravonlik va majburlov ta’limoti”ga qarama-qarshi o‘laroq “tabiiy ehtiyoj nazariyasi”ni ilgari suradi. Zero, odamlarning birgaliqda totuv yashashi, jamoalarga uyushishi, bir-biriga yordamlashib kun kechirishi kabilar tabiat va jamiyatdagi “tabiiy ehtiyoj” mavjudligining belgilaridir.
“Odamlarni birlashtirib turuvchi bosh mezon - insoniylikdir. SHu tufayli kishilar odamzod turkumiga oid bo‘lganligi uchun ham o‘zaro tinchlikda yashamoqlari lozim”83-deb yozadi Forobiy.
Demak, insoniylik – eng ulug‘ ne’mat bo‘lib, u jamiyatdagi konfliktlarning yuzaga chiqmasligi uchun odamlarni tinch-totuvlikka chorlovchi ilk ijtimoiy manbadir.
Forobiy o‘z davri turmush tarzidan kelib chiqqan holda jamiyatdagi fozil va johil shahar-davlatlar o‘rtasidagi farqlarni bir-biriga taqqoslaydi. Dehqonchilik, chorvachilik, to‘quvchilik, baliqchilik kabi sohalar bilan birgalikda kasb-hunarga katta e’tibor berish fozil shahar-davlatga xos bo‘lgan xususiyatdir. Xalqlarning bir-birlari hududlarini bosib olishi, asirlarni qul sifatida ishlatishi, faqat o‘z davlatining tinch-totuvligiңi, farovon hayotini ko‘zlagan davlatni johil shahar-davlat, deb ta’riflaydi. U johil shahar-davlatlarning mavjudligini nafaqat davlatda, balki jamiyatda ham konfliktlarning tobora kengayishidagi bosh omil sifatida qoraladi.
Umuman olganda Forobiy jamiyatda “ideal davlat”larningbo‘lishini orzu qiladi. “Ideal davlat”larning mavjudligi jamiyatda konfliktlar o‘rniga barqarorlikni ta’minlaydi. Bunday jamiyatga erishishning manbai sifatida, u odamlarning ilm-fanni chuqur egallashlari zarurligini ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyodagi ilk Uyg‘onish davri vakillaridan biri Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yy.) jamiyatdagi konfliktlar haqida o‘zining “Risolatu tadbiri manzil”, “Inshorat va Tanbixat” kabi asarlarida fikrlarini bildirgan. “Risolatu tadbiri manzil” asarida shunday yozadi: “...odamlarningmulkiy tengsizligi, vazifasining bir xil emasligi, o‘zaro farqlari, inson ijtimoiy faoliyatining asosiy sababidir”. Bizningcha, tarixan bunday ijtimoiy borliq ilk marotaba “aql idrokli odamlar” davrida shakllangan. Demak, bu fikrlarga asoslangan holda konflikt avvalo ijtimoiy hodisa ekanligini alohida ta’kidlash mumkin.
Ibn Sinoning jamiyatda “o‘zaro bog‘liqlik va almashinuv jarayonida insonlar bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etishi” xususidagi qarashlarini Forobiyning “tabiiy ehtiyoj nazariyasi"ni tadrijiy davomi sifatida qarash mumkin. Biroq yuqoridata’kidlanganidek, Forobiy “tabiiy ehtiyoj nazariyasi”ni jamiyatdagi “zo‘ravonlik va majburlash ta’limoti"ga qarama-qarshi qo‘ysa, Ibn Sino “o‘zaro bog‘liqlik va almashuv jarayonida insonlar bir-birini qandaydir muhtojlikdan xoli etishi”dan keyingina jamiyatda “adolat qoidalari va qonunlari o‘rnatiladi”1 deydi. “Adolat qoidalari va qonunlari o‘rnatilgan” jamiyatda esa konfliktlarning tobora kamayib borishi tabiiy holdir.
SHarqdagi ilk uyg‘onish davri vakillari qarashlaridan farqli ravishda G‘arb dunyosi o‘rta asrlari Evropa uyg‘onish davri namoyondalari ijtimoiy konfliktlarga murakkab va qarama-qarshi baho berdilar. Negaki, bu davrda jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlar va qurolli to‘qnashuvlarni mashhur gumanistlar T. Mor, E. Rotterdam, F. Rable, F. Bekonlar keskin qoralab chiqqan edilar.
Erazm Rotterdam (1464-1536 yy.) urush – “urushni bilmaganlar uchun shirin”2 - deydi. U boshlanajak konfliktning misoli zanjir reaksiyasi yanglig‘, o‘z domiga aholiningyangi qatlamlari va davlatlarni tortib ketishi borasida so‘z yuritib, qarama-qarshi turgan tomonlar garchi umumiy jihatdan g‘oyaviy birga bo‘lsalar ham, o‘zaro sulhga kelishishi mushkulligiga e’tibor qaratdi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) ning konfliktlar tabiati to‘g‘risidagi fikrlari ham e’tiborga loyiqdir. U ilk bor davlatning ichki ijtimoiy konfliktlari sabablarini aniq nazariy tahlil qilib chiqib, ijtimoiy tartibsizlikning moddiy, siyosiy va ruhiy shart-sharoitlarini sinchiklab o‘rgangan hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab bergan. F. Bekon qarashlarida davlat va jamiyatdagi ijtimoiy tartibsizliklarning yuzaga kelishida asosan moddiy omillar ustuvorligi xarakterlidir. “...davlatda qancha nochor bo‘lsa, - deydi u – shuncha tayyor ko‘zg‘olonchi bor deganidir. Mabodo nochorlikka oddiy xalqning kambag‘allashuvi sabab bo‘lsa, xavf ortib boradi va aniqroq namoyon bo‘ladi. Biroq unutmaslik kerakki, qorin uchun bo‘ladigan qo‘zg‘olonlar xavflarning eng xavflisidir”1.
Ijtimoiy ziddiyatlarning oldini oladigan yo‘llardan biri sifatida F.Bekon siyosiy manyovr san’atini ko‘rsatadi. “Odamlarni bir umiddan ikkinchisiga ishontirishnorozilikning oldini oladigan eng yaxshi vosita. Insonlarning ehtiyojlarini qondira olmasalarda ularni kelajakka faqat umidlar bilan ishontira oladigan, har qanday adovatni o‘z vaqtida orzu va umid uchqunlari bilan yumshata oladigan hukumat oqildir. Bu narsa aytarli mushkul emas, zero shaxslar va ba’zan butun boshli partiyalar o‘z istiqbollariga ishonmasalarda, baribir orzu va umidlari to‘g‘risida ochiq gapirib, o‘zlarini ana shular bilan ovutadilar”. F.Bekon “davlatga qarshi bo‘lgan ittifoqlar va partiyalar orasiga qutqu solib, o‘zaro qarama-qarshi qilib qo‘yish, ularda kelajakka nisbatan ishonchsizlik paydo qilish”da siyosatning roli va ahamiyati katta ekanligiga alohida urg‘u beradi.
Ziddiyat darajasidan qat’i nazar konfliktning oldini olishda F.Bekon ta’rifi bo‘yicha, “norozilar orasida ularni birlashtiradigan etakchi bo‘lmasligiga erishish eng “go‘zal me’yordir”. Ikkinchi tomondan esa, xalq qo‘zg‘olonlari va tartibsizliklarini bosadigan bitta, yaxshirog‘i bir nechta bunday shaxslarning bo‘lishi vaqti kelib olomon xalqqa aylanganda ular qanday asosiy sifatga ega bo‘lishidan dastlabki ehtimollarni beradi. SHuning uchun “... harbiy boshliqlar va xalq fidoiylari ishonarli va obro‘li kishilar bo‘lishi, ajralishlar tarafdori va shuhratparast bo‘lmasliklari, shuningdek, davlat amaldorlari bilan har qanday lahzada til topishadigan shaxs bo‘lishi zarur. Aks holda lahzalik malham og‘ir kasallikdan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin”,- deb yozadi Bekon2.
Ma’lumki, yashash uchun kurash muammosi ingliz biologi CHarlz Darvin (1809-1902 yy.) ta’limotida ham markaziy o‘rinni egallagan. Uning asosiy nazariy g‘oyalari biologik evolyusiya to‘g‘risidagi “Turlarning tabiiy tanlov natijasida kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda toza naslli turlarni saqlab qolish” (1959 y.) ilmiy asarida bayon etilgan. Asarning asosiy g‘oyasi uning nomida o‘z aksini topgan, ya’ni tirik tabiatning rivojlanishi yashash uchun olib borilayotgan doimiy kurashda, yanada aniqrog‘i eng yashovchan turlargina tabiiy tanlov natijasida omon qolishida ekanligi isbotlab berilgan. CH.Darvin o‘zining mazkur ta’limotini jamiyat tarakqiyotiga tadbiq etganmi yoki yo‘qmi aytish qiyin. Umuman olganda olimning ijodini o‘rgangan tadqiqotchilar o‘rtasida bu borada yagona fikr mavjud emas. To‘g‘ri, uning ketidan “ijtimoiy darvinizm” oqimi paydo bo‘ldi. Ammo, bu oqim tarafdorlari jamiyat taraqqiyotini tabiiy tanlov va yashash uchun kurashning biologik qonuniyatlari asosidagina tushuntirishga harakat qilganlar.
Keyinchalik yashash uchun kurash tamoyiliga asoslangan (bu jihatdan Darvin ta’limotiga yaqin), biroq yashash uchun kurashga ijtimoiy tamoyillarni asos qilib olgan pozitivizmning rahnamolaridan biri Gerbert Spenser (1820-1903 yy.) jamiyat taraqqiyotida asosiy qonun bo‘lgan jamiyat shukuhiga eng moslashgan individlarning tirik qolishi haqidagi g‘oyani ilgari surdi, xolos. G.Spenser ta’limotiga ko‘ra jamiyatdagi mavjud qarama-qarshilik holati ko‘p qirralidir. Xuddi shu jihati bilan u faqat alohida jamiyat orasidagi muvozanatni emas, balki jamiyat va uni o‘rab turgan tabiiy olam o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘ziga qamrab oladi. SHuning uchun ham olim jamiyatda konfliktlar qonuniyatini umumiy va asosiy qonun sifatida e’tirof etadi.
G.Spenser ta’limotida jamiyat bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi munosabatlardan tashqari jamiyat rivojining tarixiy chegaralari ham ana shu qonuniyat asosida bo‘lishi bayon etilgan. Uningcha, jamiyatdagi tabiiy muhitning ilk sarchashmalari jamiyat rivojining, muayyan bosqichida xalqlar va irqlar o‘rtasida to‘liq tenglik yuzaga kelmaguncha namoyon bo‘la olmaydi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSHda ijod qilgan olim Uilyam Samner (1840-1910 yy.) yashash uchun kurashda taraqqiyotning muqarrar omili sifatida insoniyatning eng kuchsiz va ongsiz qatlami halok bo‘lishi shart degan aqidani olg‘a suradi. G‘oliblar-chi!? G‘oliblar esa jamiyatdagi ishbilarmon tadbirkorlar, xodimlar, bankirlar va shu kabilar - barcha “umumbashariy qadriyatlar ijodkorlari va umuman eng yaxshi insonlar sanaladi”84.
Konfliktologiya borasidagi konservatizmga asoslangan fikrlardan farqli ravishda, U.Samner qarashlari fanning ilmiy irmoqlariga kutilmagan “toshqin” singari qo‘shildi. Uning qarashlarida pozitivistik ohang hukmron edi. Tarixiy-etnografik materiallarning qatlamiga tayangan U.Samner, ijtimoiy munosabatlar me’yorini o‘rgaңishda tizimli uslubiy yondashuvga asos solib, guruhlar ichidagi va guruhlararo munosabatlarni shu tarzda o‘rganishni boshlab berdi. Konfliktlarni tadqiq qilishda guruhlararo konfliktlarga alohida e’tibor qaratish U.Samner ta’limotining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘ldi.
Konfliktlar borasidagi yangi nazariy-tahliliy motivlar polyak olimi Lyudvig Gumplovich (1838-1909 yy.) ijodida ham uchraydi. Jahon tarixi irqlar o‘rtasidagi doimiy kurashdan iborat ekanligini e’tirof etgan olim, irqlarning yuzaga kelishi hamda ularning bir-biridan farqli jihatlari biologik emas, balki madaniy o‘ziga xoslikda yotadi, deb hisoblaydi. Har bir irq o‘ziga xos madaniyatdir. SHu bois, konfliktning sababini nafaqat inson tabiatidan, balki madaniy tafovutlarining ijtimoiy omillaridan izlash kerak. Negaki, madaniyat ijtimoiy konfliktlarning ijtimoiy hayot talablariga monand o‘zgarib borishi jarayonidagi ilk ma’lumotlarni berishi mumkin.
L.Gumplovich fikricha, konfliktlar yagona va zaruriy ijtimoiy jarayon emas. Biroq, keng ijtimoiy jamoalar hamda davlatlarni vujudga keltiradigan ijtimoiy birlashuvlar ahamiyatga molik jarayondir. CHunki jamiyatda ijtimoiy guruhlar aynan konflikt natijasida birlashadilar.
Nemis sotsiologi Georg Zimmel (1858-1918 yy.) "konflikt sotsiologiyasi" atamasini ilmiy atamashunoslikka kiritgan olim sifatida tan olingan. Olimning fikricha, konfliktlar jamiyatda ijtimoiy integratsiyani muayyan darajada muvofiqlashtiradi, ijtimoiy bilimlarning aniq xususiyatlarini aniqlab, ularni tashkil etish tamoyillari va me’yorlarini mustahkamlaydi.
XX asrning 20-yillarga kelib, CHikago maktabining ko‘zga ko‘ringan sotsiologlari Robert Park (1864-1994 yy.), Ernest Berdjess (1894-1964 yy.), Albion Smoll( 1854-1926 yy.)lar G.Zimmelning nazariy tadqiqotlarining davom ettiradilar. Ular ijtimoiy jarayonni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘rt harakat: musobaqa, konflikt, moslashuv va assimilyasiya asosida ko‘rib chiqishadi. Konfliktlar jamiyatdagi ushbu o‘zaro ijtimoiy munosabatlarda markaziy o‘rinni egallab, ijtimoiy jarayondagi musobaqadan moslashuv va assimilyasiyaga o‘tkazuvchi rolini o‘ynaydi va bu bilan ijtimoiy o‘zgarishlarning muhim manbaiga aylanadi.
XX asrning 30-yillaridan boshlab jamiyatdagi konfliktlarni ilmiy o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni pasayishi sodir bo‘ldi. Ayrim sotsiolog va huquqshunoslar jamiyatdagi ish tashlashlar, namoyishlar, qurolli to‘qnashuvlar ortidagi muammolar va urushlarning kelib chiqish sabablarini tadqiq qila boshladilar. Biroq bu tadqiqotlar ko‘proq epizodik va empirik tadqiqotlar ko‘rinishida edi. Ko‘rinib turibdiki, konfliktlarni tizimli tahlili o‘rnini ruhiy tanglik va ularni engillatish uslublari egallay boshladi. Natijada jamiyatdagi konfliktlarning sababi sifatida faqat ikki tomon o‘rtasidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlar birinchi o‘ringa chiqib qoladi. Vaholanki, konflikt qanday xarakterda bo‘lmasin ularning yuzaga kelishida o‘ziga xos ob’ektiv va sub’ektiv sabablar mavjud bo‘ladi.
XX asr 40-yillarida jamiyatning funksional modeli asosida konfliktlarni tadqiq etish rivojlandi. Xususan, Tolkott Parsons (1902-1979) konfliktlarni tadqiq qilish va bartaraf etishni integratsion jarayon sifatida baholadi va uni ijtimoiy ziddiyat, engib o‘tish lozim bo‘lgan o‘ziga xos ijtimoiy kasallik, deb biladi.
Ijtimoiy konfliktlarga nisbatan T.Parsons tutgan yondashuvni "insoniy munosabatlar" (Publicrelations) maktabi vakillari ham o‘z tadqiqotlarida tatbiq etdilar. Ularning fikricha, sanoati rivojlanib borayotgan davlatlarning xalqaro munosabatlarda o‘zini tutishi va olib borayotgan siyosati ijtimoiy konsensusga asoslanmog‘i lozim. SHundagina ular o‘zining rivojlanishdarajalarini bir me’yorda saqlab turishi mumkin. Ushbu maktabning taniqli vakili Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-1949) "hozirgi zamon bosh muammosi" sifatida "sanoatda tinchlik o‘rnatish"ga erishishningtobora qiyinlashib borayotganini ko‘rsatadi. Konflikt, uningcha, jamiyatdagi o‘ta mudhish "ijtimoiy kasallik"dir. Uni bartaraf etish uchun avvalo "ijtimoiy muvozanat" va "hamkorlik holati"ni davlat va jamiyatda qaror toptirish uchun harakat qilmoq kerak85. SHundagina "sog‘lom jamiyat"ga erishish mumkin.
1956 yilda Lyuis Kozerning “Ijtimoiy konflikt funksiyalari” nomli kitobi nashr etildi. Unda L.Kozer konfliktsiz jamiyat, demak konfliktsiz ijtimoiy guruhlar ham bo‘lmasligini ta’kidlar ekan, konfliktlar jamiyat tuzumining yangicha rivojlanishida ijobiy ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiradi. L.Kozer "konfliktning ijobiy funksional konsepsiyasi" deb nomlangan nazariy dasturini klassik funksionalizm nazariyasiga qarama-qarshi tarzda ishlab chiqdi. Unda konfliktlar ijtimoiy tahlil chegaralaridan tashqarida o‘rganiladi. Agar funksional tizim tarafdorlari ijtimoiy konfliktlarda ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyatning tartibsizlanish belgilarini ko‘rsa, L.Kozer esa aksincha, konfliktlarning jamiyatdagi har qanday tartibsizlik va barqarorlikni ta’min etishdagi ijobiy roliga e’tiborini qaratdi va uni asoslab berishga urindi. Uning fikricha, jamiyatdagi barqarorlik mavjud konfliktli munosabatlar va ular o‘rtasidagi aloqalar turiga bog‘liq.
1965 yilida Ralf Darendorf Germaniyada "Sinfiy tizim va sinfiy konflikt" nomli asarini chop etdi. Uning "konfliktli jamiyat" konsepsiyasi dunyo hokimiyati: konfliktlar va rivojlanishlar asosidagi "aksilhayoliy" turmush tarzida qurilgan edi. Agar L.Kozer konfliktning ijtimoiy birlikni ta’min etishidagi ijobiy rolini asoslashga uringan bo‘lsa, R.Darendorf konfliktni ijtimoiy organizmning permanent holati deb hisoblaydi. “Konfliktning borligi emas, uning yo‘qligi qandaydir g‘alati va g‘ayritabiiy hol. Jamiyat yoki muassasada konflikt holati sezilmasa, albatta, bu - shubhaga olib keladi” - deb ta’kidlaydi R. Darendorf. “Har qanday jamiyatning turmush tarzi konflikt asosida qurilgan. CHunki jamiyat ham, jamiyatdagi qadriyatlar ham o‘zgaruvchandir. SHu boisdan ham aynan konfliktda turli birlashmalar va erkinlikning ijodiy asosi, shuningdek, ijtimoiy muammolar ustidan nazorat va maqsadga muvofiq ravishdagi qulay muhit mujassamlashgan bo‘ladi”86.
Amerikalik sotsiolog va iqtisodchi, “konfliktning umumiy nazariyasi” muallifi Kennet Boulding, mavjud konfliktlarning to‘liq ilmiy nazariyasini tirik va jonsiz tabiat, shaxsiy va umumiy hayot doirasi ko‘rinishlarida tasvirlab berishga intildi. “Konflikt” atamasi uning tadqiqotlarida jismoniy, biologik va ijtimoiy xususiyatlardan kelib chiqib keng tahlil qilinadi. K.Boulding “dengizning quruqlik bilan yoki erdagi bir turning boshqa bir shakl bilan tuganmas urushi”ni ko‘rsatar ekan, jonsiz tabiatning ham jiddiy mojarolardan holi emasligini uqtiradi.
Qarama-qarshiliksiz yashash istagi - yaxshi g‘oya. Birok inson - ijtimoiy-siyosiy mavjudot. SHuning uchun ham insoniyat tobora rivojlangan muhitda yashash uchun intiladi. Rivojlanish esa qarama-qarshiliksiz bo‘lmaydi. Zero, qarama-qarshilik tomonlar o‘rtasida konfliktlarni keltirib chiqarishi tabiiy. XX asrning 70- yillariga kelib jamiyatdagi inqirozli holatlar – konfliktlarni ijobiy tarafdan o‘rganish yanada rivojlandi. Ayniqsa, jamiyatning konfliktlarsiz rivojlanish g‘oyasini “muqobil” sotsiologiyaning atoqli vakili, amerikalik sotsiolog Alvin Gouldner (1920-1980) qattiqtanqid qildi. Uning fikricha, sotsiologiyaning asosiy vazifasi jamiyatning konfliktli holati va jamiyat rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan inqirozli vaziyatlar sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashdan iboratdir. G‘arb jamiyatining inqirozini A.Gouldnsr insonningtobora yakkalashib ketishi, dunyoga nisbatan odamlarning maqsadli qarashlarining yo‘qolishi, bilim va hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlarning rivojlanishiga bog‘liq,deb baholaydi87.
Jamiyatning konfliktlarsiz rivojlanishi borasidagi qarashlar CH.Mills va boshqalarning asarlarida ham tanqid qilingan. Biroq, XX asrning 80-yillar boshida jahonda nafaqat rivojlanish, balki tinch-totuv yashash va doimiy barqarorlikka erishish uchun konfliktlarga chek qo‘yish haqidagi qarashlar shakllandi. Bunday jarayonga, avvalo, umumbashariy muammolarni bartaraf etish uchun davlatlarning hamkorlikka bo‘lgan tabiiy talab sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Birinchilar qatorida “umumbashariy muammolar”ni tadqiq etishga Rim klubi a’zolari alohida e’tibor qaratib, bu borada “tizimli tahlil” uslubini qo‘lladilar. Ushbu klub xalqaro nohukumat tashkiloti bo‘lib (1968) o‘z safiga jahondagi ko‘plab davlat va jamoat arboblarini, olimlarni birlashtirgan edi. “O‘sish chegaralari” – Rim klubi tomonidan 1972 yilda tayyorlangan ilk ma’ruzalar to‘plamidir. Ushbu ma’ruzalar majmuasi Massachusets texnologiya instituti ilmiy-tekshirish guruhi tomonidan tayyorlangan (Denis va Donsll Medouz rahbarligida) bo‘lib, ma’ruzalar matni xalqaro hamjamiyatning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Klubda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ko‘plab siyosiy ziddiyatlar, urush va mojarolar, tinchlik muammolari muhokama etildi. Ushbu muhokama etilgan muammolarning asosini er yuzida tinchlikni ta’minlash masalasi tashkil etdi. Zero, tinchlikni ta’minlash urushning yo‘qligi demakdir. Qolaversa, er yuzida urushlarga barham berish tinchlik haqidagi maqsadlarning samarali intihosidir. Faqat jahon rivojlanishidagi uyg‘unlik sharoiti, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik orqaligina mustahkam tinchlik va xavfsizlikka erishish mumkin. Davlatlarning o‘zaro hamkorlikka intilishi xalqaro keskinliklarni yumshatish uchungina emas, balki davlatlar umummanfaatlari mushtarakligini ham namoyon etadi. Qolaversa, uzoq kelajakni ko‘zlab qilingan hamkorlik shartlari tomonlar uchun musobaqalashuv yoki raqobatlashuvdan ko‘ra manfaatliroqdir.
Barqarorlik va tinchlik sharoitida jamiyatning yangicha turmush tarziga erishish uchun Rim klubi mutaxassislari ijobiy taraqqiyot va o‘sishning yangicha konsepsiyalarini taklif qiladilar. Klub a’zosi, germaniyalik taniqli jamoat va siyosat arbobi E.Pestel uzviy taraqqiyotning o‘ziga xos tomonlarga ega ekanligini aytib, uni quyidagicha ta’riflaydi:

  • o‘zaro aloqadorlikdagi tizim, ya’ni bir-biriga zarar etkazmasdan o‘zaro bog‘liq ravishda o‘sadigan tizim - jamiyatdagi progressiv o‘zgarishlar;

  • turli xil tizim qismlari talablariga javob beradigan ko‘ptomonlama rivojlanish, shuning uchun ham dunyoning turli mintaqalarida joylashgan davlatlar turlicha rivojlanadi (buning ustiga rivojlanish jarayoni vaqt o‘tishi bilan o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zgarib turadi);

- maqsadlarni muvofiqlashtiruvchi mushtarakligi tinchlikni ta’minlashga daxldor ekanligini bildiradi;

  • tezkorlik, harakatchanlik va moslashuvchanlik – taraqqiyot jarayonida vujudga keladigan tasodifiy ta’sirlarni bartaraf etishda qo‘l keladi. Bosh maqsad yo‘nalishiga bunday xususiyatlar hech qanday halaqit bermaydi;

  • odamlarning turmush sharoitini yaxshilash va kerakli narsalar bilan ta’minlashni taraqqiyotning bosh mezoni sifatida bilish;

  • rivojlanish bosqichida qiyinchiliklar va yangi muammolarning darajasiga qarab baho beradigan vaqt o‘lchovini anglash;

  • maqsadlarning doimiy “yangilanib borishi”, ya’ni “eski” maqsadlarga erishilganidan yoki qayta mulohaza etilganidan so‘ng, yana “yangi” maqsadlarning yuzaga kelishi.

Xullas, jamiyatdagi ziddiyatlar xususida XX asrda bildirilgan turli xil mulohazalar ikki yo‘nalishda o‘z aksini topdi, bular;
Birinchidan, G‘arbiy Evropa(Fransiya, Gollandiya, Italiya, GFR, Ispaniya)da shakllanib o‘zining muayyan rivojlanish bosqichiga ega bo‘lgan ilmiy institutlar faoliyati.
Ikkinchidan,AQSHda yuzaga kelgan va rivojlaңgan ilmiy yo‘nalish. Umuman ikkala makonda tadqiqot olib borgan olimlarning maqsadlari mushtarak. Faqat ular ob’ektga nisbatan turli xil uslubiy yondashuvlar asosida o‘z fikrlarini bayon etishgan xolos. Ushbu tadqiqotlardan birida martabaga erishish yo‘llari haqida fikr yuritilib: “Tinchlik istasang urushni o‘rgan”, - deyladi. Tinchlikni yoqlovchi institut tadqiqotchilari esa tinchlik va kelishuv muammolariga e’tibor qaratadilar.
Mamlakatimizda ijtimoiy konfliktlarni ilmiy o‘rganish mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, sobiq ittifoq davrida ushbu fan yo‘nalishi yaqin-yaqinlargacha biz o‘rganib kelayotgan fanlar qatorida konfliktologiyani uchratmas edik. Hozirgi vaqtda davlatimizning bir qator ilm dargohlarida konfliktologiya fan sifatida o‘qitilmoqda.
Konflikt so‘zi lotincha «conflictus»88, ya’ni ixtilof, to‘qnashuv, nizo kabi ma’nolarni bildiradi. Konflikt hayotiy ziddiyatlar, insonlarning istak va intilishlari, his-tuyg‘ulari va ehtiroslari, o‘y-fikrlari va xatti-harakatlaridagi qarama-qarshiliklar, kuchli dramatik to‘qnashuvlar, kelishmovchiliklar, kishilar ongi va dunyoqarashlaridagi kayfiyati va fe’l-atvoridagi qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar va ziddiyatlarni ilmiy ifodalash shaklidir. Konflikt jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy kuchlari va an’analarning to‘qnashuvi asosida yuzaga keladi va echiladi. An’anaviy ma’nodagi tenglik va tengsizlik, adolat va adolatsizlik, to‘g‘ri va egri, rost va yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, ma’rifat va xurofot, zulmat va nur, ezgulik va yovuzlik kabi ko‘plab qarama-qarshi vaziyat, hodisalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Konfliktologiya – mojarolar mohiyatini o‘rganish va ular muammolarining echimiga qaratilgan optimal taklif va tavsiyalar ishlab chiqish haqidagi bilim sohasidir. Konfliktologiya ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy boshqarish, ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtirish va mutanosiblashtirish zaruriyati siyosatshunoslik, siyosiy ruhiyatshunoslik, sotsiologiya fanlari oralig‘ida vujudga kelgan. Hozirgi davrda shakllantirilgan konfliktologiya bilim sohasi siyosatshunoslik va sotsiologiya fanlari erishgan yutuqlarga suyangan holda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ahloqiy munosabatlar jarayonida kelib chiqayotgan to‘qnashuv-mojarolarning tinchlik bilan guruhlararo, davlatlararo, millatlararo, jamoalararo, xalqaro miqyoslarda kelishuv-murosa yo‘li bilan bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqib amaliyotga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
To‘qnashuvlar doimiy harakatda bo‘lib, to‘qnashuv vaziyatlaridan kelib chiqadi va shu vaziyat tabiatiga ko‘ra,ularni asta-sekin yo‘qqa chiqarish yoki alangalatish imkoniyatlaridan foydalanadigan ijtimoiy yoki siyosiy kuchlar jamiyatda doim mavjud bo‘ladi. SHuning uchun ham konfliktologiyaning asosiy strategik vazifasini to‘qnashuv – mojarolarning echimini izlab topishgagina emas, balki, kelib chiqishi – amaliy asoslarini ishlab chiqib, jamiyat hayotining barcha jabhalariga ularni joriy qilish mexanizmlarini belgilab berishdan iborat. Sotsiologlar fikricha, aslida barcha konfliktlarda gap ikki narsa: resurs va uning ustidan nazorat qilish xususida boradi. «Moddiy dunyo va ijtimoiy dunyo borliq elementlarining ma’lum bir konflikt ob’ekti bo‘lishi uchun element ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilayotgan turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari uning atrofida bir-biriga tutashgan holda bo‘lishi kerak».89
Konfliktni bartaraf etish yo‘llarini topish asosan uning predmeti qanchalik aniqlanib, tahlil etilganligi bilan belgilanadi. Konflikt predmetini tadqiq qilish faqat tomonlar o‘rtasidagi vositachi yoki hakamlargagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki bevosita konflikt sub’ektlarining ham muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin. Bunday muzokaralar tomonlarning o‘zaro muzokaralar olib borishi bilan amalga oshiriladi.Bizga ma’lumki, konfliktlarning turli shakllari bo‘lib, ular oddiy ikki insondan tortib yirik harbiy yoki millionlab insonlar ishtirok etgan siyosiy urushlarda bo‘ladi. Ijtimoiy hayotda konfliktlarning xili, shakli ko‘p bo‘lsada ular umumiy xarakteristikaga ega va aynan shu tadqiqotda konfliktning asosiy o‘lchamlarini turkumlashda va uning jadallashuvidagi omillarni aniqlashda yordam beradi. Barcha konfliktlarga ushbu xususiyatlar xos:
- konflikt sabablari;
- konfliktning keskinligi;
- konfliktning davomiyligi;
- konfliktning natijasi.
Ushbu xarakteristikalarni o‘rganib, ulardagi o‘xshashlik va farqlarni anglash va konfliktning muhim tomonini aniqlash mumkin. Konflikt munosabatlarini o‘rganishda konfliktning xarakterini belgilash va uning sababini tahlil qilishni uning turlaridan boshlasak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bular:
YAshirin maqsad sari inson o‘z ehtiyojini qondirishga harakati jarayonida u qarama-qarshi maqsadli qadriyatga intiladi. Ayni damda boshqa individ va guruhlar ham shu qadriyatga intilishadi. Natijada ularda to‘qnashuv sodir bo‘ladi va bu konflikt kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qarama-qarshi maqsadli qadriyat konfliktlari turli xil bo‘lib, ular sevgi, oila, nikoh, hatti-harakat odobi, san’at, sport va boshqa sotsial institutlarga turli munosabat tufayli paydo bo‘ladi. O‘rta darajadagi konflikt turli madaniyatlar to‘qnashuvidan yuzaga keladi. Qarama-qarshi maqsadga sabab bo‘lgan konfliktlar iqtisodiy-siyosiy, sotsial-psixologik va boshqa qadriyatli maqsadlar muhitida sodir bo‘ladi. G‘oyaviy kelishmovchiliklar asosida paydo bo‘lgan konfliktlar qarama-qarshi mo‘ljal konfliktlarida tez-tez uchrab turadi. Ularning farqi shundaki, g‘oyaviy konfliktning sabablari jamiyatning g‘oyaviy tizimiga bo‘lgan turli munosabatidir. Diniy e’tiqod, sotsial-psixologik intilish qarama-qarshiliklarning katalizatoridir.
Konflikt sabablaridan yana biri iqtisodiy xilma-xillik va sotsial tengsizlikdir. Individ va guruhlarda daromad bilan axborot madaniyat elementlari kabi qadriyatlar taqsimlanishidagi farqlar konfliktga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday jamiyatning yuzaga kelish asosida muayyan konfliktlarni, qarama-qarshiliklarni bartaraf etishdek murakkab jarayon yotadi. Sotsiometrik ta’limot konfliktologiya muammolarini nisbatan aynan jamiyatdagi konfliktlarni emas, balki, jamiyatdagi qarama-qarshilik ya’ni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar o‘rtasidagi munosabatlarnigina tadqiq qiladi.90 Jamiyatdagi muayyan qarama-qarshilik muammolari bilan shug‘ullanishni to‘la ma’nodagi konfliktologiya muammolari bilan shug‘ullanadi deyish qiyin, biroq konfliktlarni tadqiq etish muayyan qarama-qarshiliklarni ham tadqiq etishdir, deyishimiz mumkin.
Har qanday konflikt qamrov doirasi keng bo‘lgan ichki va tashqi holatlarga bog‘liq bo‘lib, bu holatlar qanchalik o‘zgaruvchan va o‘ziga xos bo‘lmasin, baribir ular o‘rtasida mutanosiblik mavjud, Konfliktning tashqi va ichki omillari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa-da, o‘sha tashqi yoki ichki omillarni tadqiq etishdagi uslubiy yondashuvlar bir-birinikidan farq qilishi mumkin. Ichki va tashqi holatni o‘rganishda yuzaga keladigan farqliliklarni avvalo, konfliktning qamrov doirasi, ularning aniq bir kategoriyalarga, yo‘nalishlarga ega bo‘lishi kabi sabablar yuzaga chiqaradi. Konfliktni umumiy qilib (ichki yoki tashki holatlarga ajratmasdan) tadqiq qilayotganda konflikt yo‘nalishi va uning mavjudligini belgilovchi ikki jihati - ya’ni konflikt predmeti va uning ob’ektini ajratib ko‘rsatish kerak.
Konflikt predmeti deganda tomonlar o‘rtasida ob’ektiv jihatdan mavjud bo‘lgan yoki biror maqsadni ko‘zlab yuzaga keltirilgan muammo tushuniladi. Holbuki, ushbu muammo tomonlarning o‘zaro konfliktga kirishuviga sabab bo‘ladi. E’tiborli jihati shundaki, bunda har ikki tomon ham ushbu muammoni o‘zlarining foydasiga hal etilishidan manfaatdor bo‘ladi. Demak, konflikt predmeti - konflikt ishtirokchilari, ya’ni sub’ektlarning o‘zaro kurashga kirishib, o‘zlaricha biror echimga harakat qilishini nazarda tutuvchi ziddiyatlar majmuasidir. Bu to‘qnashuvlar asosida hokimiyatni egallash, u yoki bu boylikka ega bo‘lish yoki raqibidan doimo birinchi turish istagi yotadi.
Konfliktni bartaraf etish yo‘llarini topish, asosan uning predmeti qanchalik aniqlanib tahlil etilganligi bilan belgilanadi. Garchi bu ba’zan o‘ta mushkul vazifa bo‘lsa-da. Ko‘pgina konfliktlar murakkab va chalkash tarixga ega bo‘lib, uning har bir bosqichini birma-bir ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. CHunki, konflikt predmeti bir necha qatlamlardan iborat bo‘lishi, oqibatda bir-biriga bog‘liq tarzda ko‘plab “og‘riqli nuqtalar” hosil qilishi mumkin. Biror oiladagi davomli konfliktlar yoki millatlararo konfliktlarning nechog‘li ko‘p qirrali xususiyatlarga ega ekanligi bunga misol bo‘la oladi.
Konflikt predmetini tadqiq etish faqat tomonlar o‘rtasidagi vositachi yoki hakamlargagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki bevosita konflikt sub’ektlarining ham muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin. Bunday muhokamalar tomonlarning o‘zaro munozaralar olib borishi bilan amalga oshiriladi. Sub’ektlar o‘rtasidagi muzokaralar (vositachilik yoki hakamlik qilishga nisbatan olganda) o‘zining tomonlar o‘rtasida ruhan muammoni his qilishi, ijtimoiy o‘zaro ta’sir etish kuchiga (munosabatlarga nisbatan) egaligi, imkoniyatlarning bir qadar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Gap shundaki, muzokaralar chog‘ida sub’ektlarning o‘ziga xos yashirin manfaatlari umumiy “manfaatlar konflikt”i doirasida hal etiladi yoki aksincha. Muzokaralar predmeti esa aynan manfaatlar konflikti tanlagan predmetning xuddi o‘zi. Biroq, bu erda tomonlar konfliktdagi kabi harakat qilmaydilar. Ular o‘rtasidagi muzokaralar risoladagidek olib borilib, u ko‘proq ilmiy bahs yoki bozordagi savdoni eslatadi. Biroq muzokaralar - mavjud munosabatlar yuzasidan bo‘ladigan muzokaralardir. Qolaversa, bu bahs va munozaralarda tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligidan so‘z yuritiladi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘zlarining konfliktlari predmetini aniqlab olishi yoki uni ma’lum darajada hayolan tasavvur etishlari mumkin. Biroq muzokaralar jarayonida tomonlar bir-biriga nisbatan tugayotgan pozitsiyalarini, vositachilar esa konfliktni yuzaga keltirgan asosiy "yadro"ni aniqlab olishlari kerak. Ana shu konflikt "yadro"si keyinroq "konflikt ob’ekta" tushunchasini anglab etishda kerak bo‘ladi.
Sotsiologlar fikricha, aslida barcha konfliktlarda gap ikki narsa: resurs va uning ustidan nazorat qilish xususida boradi. Ushbu nuqtai nazardan hokimiyatni egallash resurslar ustidan nazorat o‘rnatish, mulkka egalikni qo‘lga kiritish esa, cheksiz resurslarga egalikni qo‘lga kiritish demaqdir. Resurslarni moddiy va ma’naviy resurslarga bo‘lish mumkin. Ma’naviy resurslar jamiki mavjud resurslarni yaratuvchi omildir. Bu fikr albatta, boshqa fanlarning ko‘plab mutaxassislari tomonidan muqarrar shaklda ifoda etilmaydi. Biroq barcha mutaxassislarning umumiy fikrlarini tahlil etganda, “konflikt ob’ekti” degan tushunchaga nisbatan va bu tushuncha orqali konfliktning ikkala ishtirokchilari ham egallashga harakat qiladigan ana o‘sha konkret moddiy yoki ma’naviy boylik nazarda tutilganligining guvohi bo‘lamiz. Konflikt ob’ekti sifatida shaxs, guruhlar yoki davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi moddiy dunyo va ijtimoiy borliqdagi mavjud narsalar u yoki bu ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Moddiy dunyo va ijtimoiy borliq elementlarining ma’lum bir konflikt ob’ekti bo‘lishi uchun, ushbu element ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilayotgan turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari uning atrofida bir-biriga tutashgan holda bo‘lishi kerak. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin: chiroyli o‘yinchoq ustida talashib qolgan bolakaylar o‘rtasidagi munosabatlar, u yoki bu hududni o‘z nazoratiga olish istagida yurgan davlatlar o‘rtasidagi xalqaro konfliktlar va boshqalar.
Munosabatlarning muayyan tizimidagi konflikt ob’ekti - doimo tanqis resurslar bo‘lgan. Masalan:

  • bo‘sh direktor lavozimiga da’vogarlik qilayotgan ikki o‘rinbosar;

  • do‘kondagi so‘nggi non uchun navbatda turganlarning janjali;

Afsuski, insonlar hayotida uchrab turadigan bunday ko‘plab muammolarni barcha tomonlarning istaganidek hal etib bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda sodir bo‘lib turadigan bir qator konfliktlar ob’ektini ajratib olganimizda, umumiy xarakterga ega muammolar doirasini belgilab olish mumkin.
Biroq, konflikt aniq ob’ektga ega bo‘lmasligi ham mumkin. “Ob’ektli” konfliktdan tashqari konflikt kategoriyalari o‘z ustidan nazorat qilishga yo‘l bermaydigan “ob’ektsiz” konflikt turiga ham ajratishadi. Masalan, oddiy ko‘p qavatli uydagi ikki qo‘shnilardan biri yozuv ustida ishlayotgan paytda, ikkinchi qo‘shni biror san’at asbobini chalayapti. Birinchi qo‘shni musiqa tovushi unga halaqit berayotgani uchun devorni taqillatadi. Natijada konflikt boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki, konfliktga ikki tomonning o‘zaro kelishib vaziyatni yumshatishga intilishi emas, balki bir tomon faoliyati ikkinchisining ishiga halaqit berib, uning faoliyatini susaytirib yuborishi sabab bo‘lmoqda.



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish