Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Shaxsning ijtimoiyligi ongi va o’zini anglashi



Download 1,3 Mb.
bet44/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo

2.Shaxsning ijtimoiyligi ongi va o’zini anglashi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi uning ijtimoiyligi, shu bilan birga psixik hayotning yuksak formasi bo’lgan ongi va kishilarning o’zaro so’zlashib aloqa qilish vositasi bo’lgan tilidir Inson hayotida o’zaro munosabatlar muhimdir.
Shuningdek o’zaro munosabatlaridan qat’iy nazar, tug’ilish paytidanoq unga shaxsning butun asosiy psixik mazmuni xosdir, go’yo har bir odam o’zining tayyor «meni» bilan, o’zini anglashga tayyor bo’lib tug’ilgan deb da’vo qiluvchi idealistik qarashlarga umuman qarshi qaratilgandir.
Jamiyatdan tashqarida odam shaxs bo’laolmaydi va kishilar o’rtasidagi ijtimoiy aloqa ularning amaliy faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabati bilan belgilanadi.
Odam boshqa kishilarga munosabatda bo’lish tufayligina ongliroq bo’lib qoladi va uning psixik hayoti muayyan mazmunga ega bo’ladi. Ana shu munosabatlar nechog’li mazmundor va rang-barang bo’lsa, odamning psixik hayoti ham shunchalik mazmundor va rang-barang bo’ladi.
Shaxs ongining yuksak belgisi - uning o’zini anglashidir, odamning o’zini anglashi ham shaxsning muhim belgisidir.
Shaxsning o’zini anglashi shundan iboratki, odam jamiyatda taraqqiy etar va ishlar ekan, tevarak-atrofdagi muhitda o’zining individligini, subyektligini ajratadi. Odam tevarak-atrofdagi olamni biluvchi va shu dunyoga ta’sir etuvchi zot sifatida har bir odam subyektdir, odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan, fikr yuritadigan, tilga oladigan va ta’sir ko’rsatadigan narsasi uning uchun obyektdir. Odamning o’zini anglashi subyektiv ravishda o’zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.
Shaxsning belgisi va o’zini anglashining mazmuni – uning biron maqsadni ko’zlashi, shunga intilishidan iborat.
Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko’zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obyektga ko’z tikadi, unga intiladi, voqye’likning real sohalari ana shunday obyekt bo’ladi, ammo xaqiqatda yo’q bo’lgan, xomxayoldan kelib chiqqan narsalar ham shunday obyekt bo’lmog’i mumkin.
Shaxs o’z hayotida muayyan bir ideal uchun, kishi istiqbolning o’z umrida amalga oshirish lozim deb hisoblaydigan va amalga oshiradigan barkamol obrazi uchun intiladi va shuni o’ziga oliy maqsad qilib oladi. Odam shu maqsadni deb yashaydi va hayotining ma’nosi shunda deb biladi.
Odamning intilishlari, hayot maqsadi muayyan va barqaror maqsad bo’lishi uchun shu yuksak ideal ham xomxayol mahsuli bo’lmasdan, balki haqiqatan ham hayotiy, barqaror va doimiy ideal bo’lishi kerak. Yuksak ideal yoki oliy maqsad kishining dunyoqarashidan kelib chiqqandagina barqaror va ideal bo’la oladi. Dunyoqarashning bo’lishi ham shaxsning muhim belgisidir. Dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistemasidir.
Sinfiy jamiyatda yagona dunyoqarash yo’q va bo’lishi mumkin emas. Dunyoqarash tashqi olam va inson tafakkurining jarayonlari haqida muntazam qarashlar sistemasini beradi. Bu dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning ko’p asrlik tajribasiga asoslanadi.
Odamning ko’zlagan maqsadi, hatti-harakati dunyoqarashga mos bo’lib, shaxsning ehtiyojiga aylanganda bu dunyoqarash maslak bo’lib qoladi.
Ideallar (oliy maqsadlar) va dunyoqarashning mavjudligi ham odamning o’z ongiga qo’shiladi. Odam o’z ideallarini anglab, o’z dunyoqarashi va maslaklarini bilib olib, hayotda va jamiyatda tutgan o’rnini aniqlaydi, nimani deb yashayotganligini va ishlayotganligini; o’zini, o’z faoliyatini qay yo’ldan kamolga yetkaza borishi kerakligini, jamiyatda qanday kishi bo’lib yetishuvi zarurligini aniqlab oladi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish