Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 1,3 Mb.
bet1/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


PSIXOLOGIYA KAFEDRASI





UMUMIY PSIXOLOGIYA


FANIDAN MA’RUZALAR MATNI


(I-kurs talabalari uchun)


Tuzuvchilar: f.f.n., dotsent, M.I.Salaxutdinova
katta o’qituvchi, T.E.Eshquvvatov
o’qituvchi, V.Yu.Ahrorov
o’qituvchi, Sh.B.Nurboboyev
SAMARQAND – 2022
1-MAVZU. PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI.
Reja

  1. Psixologiyaning predmeti

  2. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi

  3. Miya va psixika

  4. Ong haqida tushuncha

Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o’ziga o’zi hisob beradi.


Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog’liq.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi.
Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
- bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi:




Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish