Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 1,3 Mb.
bet168/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo

Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. harakatlarining
tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, ho’lini yuvib qo’ltig’iga urib g’o’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.


Faoliyatning individual uslubi va temperament
Faoliyatning individual uslubi insonda o’zidan o’zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog’cha yoshidan e'tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib optiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs uchun o’ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo’llari individual tizimi tushuniladi.
Temperament xususiyatlarining o’ziga xos yig’indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida namoyon bo’ladi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarga ham bog’liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug’ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig’indisi tashkil qiladi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi ikki xil xususiyatlar mavjud.
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o’rnini to’ldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi xususiyatlar.
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas, balki usullarning o’ziga xosligidadir. Shu ma'noda Ye.A.Klimov tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, stanokchi, to’quvchilarning ishini kuzatish natijalari muhim sanalgan. Ma'lum bo’ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko’ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini bildiradigan tayyorlov ishlariga ko’p e'tibor berishi bilan ajralib turadi.
Faollikning individual uslubini V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o’rganib, uning kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga erishishiga yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual uslub yuzaga keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning har xil tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. Chunonchi, xolerik temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki, temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina faoliyat turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. o’z temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish, faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim va tarbiya ta'sirini negizida yuzaga keladi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish