Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 1,3 Mb.
bet41/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo

Hayvonlarning ko’nikmalari.
Ko’nikma –hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan harakatlaridir.
Masalan, o’rgangan it qo’l uzatilsa, oldingi oyog’ini beradi; it eshikni oyog’i yoki tumshug’i bilan ochadi, «o’yinga tushadi», keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi va hokazo. Bunday harakatlar ko’nikmalar deb ataladi.
Hayvon instinktiv harakatlar yordami bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko’nikma yo’li bilan ham o’sha ehtiyojlarini qondiradi. Itning «o’yinga tushishi» yoki «oldingi oyog’ini berishi» uning ovqat olishiga yordam beradigan harakatlardir.
Hayvonlarning ko’nikmalari shartsiz reflekslar, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil bo’lgan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Ko’nikmalar hayvonning biron ehtiyojini qondirishga yordam beradigan yangi (instinktiv harakatlardan uzgacha) harakatlarni qayta-qayta takrorlash yo’li bilan vujudga keladi. Shunday qilib, ko’nikmaning nerv-fiziologik mexanizmi shartli refleksdir. Ko’nikma hosil qilish hayvonda shartli reflekslarning birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir.
Yangi harakat paydo qilish va uni mustahkamlab qolish avvalo hayvon turgan sharoitga bog’liq. Masalan, itga ovqat beriladigan idishni uyga olib kirib, uy eshigini yopib qo’yildi deylik. It buni ko’radi. It ovqatga ehtiyoj sezganda eshikka yugurib boradi, uni oyog’i yoki tumshug’i bilan ochishga o’rinib, ko’pgina poyma-poy harakatlar qiladi. Shu betartib harakatlar davomida it eshikni oyog’i yoki tumshug’i bilan behosdan ochib yuboradi. Bu harakat bir necha marta takrorlanadi. Oyoq yoki tumshuqning o’ng kelgan harakatlari mustahkamlanib qoladi, natija bermaydigan foydasiz harakatlar esa yo’qoladi; it keyinchalik eshikni oyog’i yoki tumshug’i bilan bemalol ochadigan bo’lib qoladi.
Hayvonda bama’ni harakatning yangi ko’nikmasi, yangi usuli tahminan shunday vujudga keladi.
Hayvonlarning ko’nikmalari ota-onasidan «o’rganish» yo’li bilan ham hosil bo’ladi. Masalan, bo’rilar bolalarini ovga shunday «o’rgatadi»: qari bo’ri qilgan harakatlarni yosh bo’rilar takrorlaydi. Bu yerda «o’rganish» tahlil qilish ins­tinktiga asoslangandir.
Uy hayvonlarini odam «o’rgatganida ular ko’p ko’nikma hosil qiladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko’nikmalar hosil qilishi o’rgatish (dressirovka) deb ataladi.
Taraqqiyotning tubdan bosqichida turgan hayvonlarda ham ko’nikma hosil bo’lishi mumkin. Masalan, taxtani turli ranglarga bo’yab, muayyan rangdagi qismiga suvarak chiqqanda, shu qismidan elektr toki o’tkazilsa, suvarakni taxtaning o’sha qismini extiyot bilan aylanib chiqadigan qilib o’rgatish mum­kin. Asalarini ham muayyan rangli qog’ozga ko’nadigan qilib o’rgatish mumkin. Buning uchun shirin suv solingan idishni muayyan rangli qog’ozning ustiga bir necha marta qo’yish kerak.
Hayvon biologik taraqqiyotining qanchalik yuqori bosqichida tursa, binobarin, nerv sistemasi qanchalik murakkab bo’lsa, bosh miyasi qanchalik ko’p takomillashgan bo’lsa, bu hayvondagi ko’nikmalar ham shunchalik turli-tuman bo’ladi, bu ko’nikmalar shunchalik tezroq hosil bo’ladi.
Hayvonlarda paydo qilingan ko’nikmalar ko’pincha instinktiv harakatlardan ajralgan holda namoyon bo’lmay, balki shu instinktiv harakatlar bilan birga namoyon bo’ladi. Ko’nikmalar instinktiv harakatlarni murakkablashtiradi, ularning xilini ko’paytiradi, o’zgartiradi. U hosil bo’lgan ko’nikmalar ayrim instinktlarni hatto to’xtatib qo’ya oladi. Mushuk bilan sichqonni shunga o’rgatish mumkinki, natijada mushuk sichqondan qochadigan, sichqon esa mushukni quvlaydigan bo’lib qoladi.
Yuksak darajadagi hayvonlarning ba’zi ko’nikmalari juda murakkab bo’ladi va hatto aqllilik belgisi bo’lib ko’rinadi. Masalan, o’rgatilib, sirk sahnasiga olib chiqiladigan hayvonlarning ko’rsatadigan harakatlari: fillar raqsi, ana ayiqlarning velosiped minib yurishi, sherlarning akrobatik harakatlari, it, otlarining «matematik masalalarni» yechishi va hokazolar shundaydir. Bularning hammasi shartli reflekslar hosil qilishga asoslangandir.
Hosil bo’lgan ko’nikmalar ayrim hollarda, hayvonlarning hayot sharoitiga qarab, mustahkamlanishi va irsiy bo’lib qolishi yangi instinktiv harakatlar shaklida nasldan-naslga o’tishi mumkin. I.P.Pavlov fiziologlarning 1913 yilda gronengenda bo’lib o’tgan xalqaro kongressida bunday degan edi: «Yangi paydo qilingan shartli reflekslarning ba’zilari keyinchalik irsiyat yo’li bilai shartsiz reflekslarga aylanadi deyish mumkin».Bir yildan keyin – 1914 yilda, Pavlov yanada ko’proq ishonch bilan bunday dedi: «Yangi paydo bo’lgan reflekslar birin-ketin bir qancha nasllarda hayot sharoiti birday saqlangan taqdirda, uzluksiz ravishda doimiy reflekslarga aylanishi juda ham ehtimol (va bunga endi faktlar dalil bo’la oladi). I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, hayvonlar paydo bo’lib ularda nerv sistemasi vujudga kelishi bilanoq shartli reflekslar, ya’ni organizm bilan tashqi muhit o’rtasidagi muvaqqat nerv bog’lanishlari vujudga kela boshlagan. Biologik jihatdan nihoyatda muhim va organizmning hayotini saqlash uchun zarur bo’lgan bu muvaqqat nerv bog’lanishlari bir qancha nasllardan-nasllarga o’tib, takrorlanib, doimiy (shartsiz) bog’lanishlarga, ya’ni instinktlarga aylangan. Hayvonlarda shartli reflekslar hosil bo’lish jarayonida nerv sistemasining o’zi ham o’zgargan va takomillashib borgan.
Shunday qilib, I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, yuksak nerv faoliyati hayvonlarning taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi.
Hayvonlar ko’nikmalar hosil qilish tufayli, tashqi muhitning o’zgaruvchi sharoitiga chaqqonroq va yaxshiroq moslashadigan bo’lib qoladi.


Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish