Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga



Download 1,3 Mb.
bet39/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo

Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga:




1.Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan, yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi.
2.Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga
moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi.
3.Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig’ilishi.
4.Topotropizm - tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. Mimoza o’simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi.
5.Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi.
6.Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar.
7.Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir.
O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi.
Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega.
Sezish qobiliyatining paydo bo’lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo’ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o’sib, tobora murakkablasha bordi. Masalan, mahsus sezgi organlari bo’lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differensiallashmagan sezuvchanlik mavjud bo’lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo’ladi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o’sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba’zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning ko’rish organi, itning hid bilish organlari va xokazo.
Nerv sistemasining sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining ham taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir. Masalan, parrandalar umrining ko’p qismini havoda, uchib yurib o’tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo’shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug’diradi. Shuning uchun ham parrandalarning, ayniqsa yirtqich va ko’chib yuradigan parrandalarning ko’ruv organi va ko’rib idrok qilish hususiyatlari ham taraqqiy qilgandir. Maymunlar asosan daraxtlarda hayot kechiradi. Shunga ko’ra, maymunlarning ko’z bilan chamalash, harakatlarni uyg’unlashtirish va chaqqon ushlab olish hususiyati, darrov vaziyatga qarab ish ko’rish qobiliyati pay­do bo’lgan. Hayvonlar psixikasining taraqqiysida tevarak-atrofdagi tabiat hususiyatlari, o’sha turga kiradigan hayvonlarning birgalashib yashashi katta ahamiyatga egadir. Uy hayvonlari psixikasining shakllanishida odamzod muhiti katta rol o’ynaydi. Bir sharoitdan ikkinchi bir sharoitga ko’chib o’tgan hayvonlarning psixikasi ham bir qadar o’zgarishi mumkin.
Hayvonlar o’z turiga kiradigan hayvonlar to’dasidan chetda o’sganda ularning hatti-harakatida ba’zi bir hususiyatlar paydo bo’ladi. Uy hayvonlari doimo odamga yaqin yurganidan, ularning hatti-harakatlari shu turga kiradigan yovvoyi hayvonlar hatti-harakatiga qaraganda juda ham boshqacha bo’lib tuyuladi.
Hayvonlarda bo’ladigan hatti-harakatlarning ikki xil formasini, ya’ni tug’ma (yoki nasldan-naslga o’tadigan) hatti-harakatlar bilan hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida paydo qiladigan (yoki hosil qiladigan) hatti-harakatlarni bir-biridan farq qilmoq kerak. Ammo tug’ma hatti-harakatlar formalari bilan hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasida hosil qilingan (individual) hatti-harakatlar formalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yish yaramaydi. Tug’ma hatti-harakatlar formalarining o’zgarishi va individual hususiyatlarga aylanishi mumkin, indi­vidual hatti-harakat formalari esa tug’ma hatti-harakatlar formalari zaminida hosil bo’ladi. Buni quyida ko’ramiz.
Hayvonlar hatti-harakatining asosiy tug’ma formasi instnktlardir. Hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida hosil bo’ladigan (individual) hatti-harakat shakllariga ko’nikmalar va kurtak holdagi fahm bilan aloqador harakatlar kiradi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish