Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 1,3 Mb.
bet36/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo

Sosiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o’rganish va ularningdarajasi-ni o’lchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sosiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniklash uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi, xolos. Shuning uchun XX asrning oxirlarida sobiq Ittifoq psixologlari Ya.L.Kolominskiy (Minsk) va I.P.Volkov (Sankt-Peterburg) tomonidan sosiometriyaning yosh psixologiyasiga (ijtimoiy-pedagogik psixologiya sohasiga) moslab o’zgartirilgan turlari, modifikasiyalari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa, sosiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan turi bolalar, o’quvchilar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to’laroq axborot beradi.
Odatda, o’quvchilardan quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan borishni xoxlaysan?», «Kim bilan qo’shni bo’lib yashashni yoqtirasan?» Har bir savol sosiometrik mezon (o’lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqyeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng ma’qul» deb tanlash lozim. Unga «Avval hammadan ko’ra ko’proq kim bilan birga bo’lishni xohlasang, o’shaning familiyasini yoz», «Agar sen istagan shaxs to’g’ri kelmasa, yana kim bilan birga bo’lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «Aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxs-ning familiyasini yoz», deb uqtirish joiz.
Guruh tabaqalanishni ko’rsatish uchun sosiogramma to’rtta «maydon»-ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to’g’ri, mos keladi. Guruh a’zolarining o’zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog’langanida o’z ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan o’rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi, shaxslar bilan aloqa o’rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o’rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchidan, shaxslararo munosabatning darajasi va ko’lami aniklanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi ko’rsatkichlar taqqoslanadi. Ko’rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar yoki qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi munosabatlar va ularning o’ziga xosligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g’oyalar olg’a suriladi, amaliy ko’rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.
Bu metodda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a’zolarining o’zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha muassasalar, maktab sinf-lari, mehnat va dam olish lagerlari, oliy maktablar, mehnat jamoa-lari va turli tashkilotlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslar-aro ziddiyat (nizo)larning sababi shu metod yordamida o’rganiladi. Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar muayyan tartib va qoidaga binoan sistemalashtiriladi, ularning ijtimoiy-psixologik hamda sof psixologik ildizlari to’g’risida ma’lumotlar olinadi. Shu bilan birga guruhdagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og’machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg’uning zo’riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari va uning qurilishi, jinslar o’rtasidagi muloqotlarning zamini, muomalaning maromi hamda sehri mana shu kalit bilan ochiladi va barqarorlik xususiyatini kasb etadi.
Umuman aytganda, sosiometriya metodidan turli yoshdagi, kasbda-gi, jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruxlaridagi psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar va yendashuvlarni tadqiq etishda unumli foydalansa bo’ladi.
2. Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha klassifikasiyasi (tasnifi) berilgan. Umumiy psixologiya sohasi bo’yicha xilma xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo’lib, ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega. Quyida biz rus psixologi B.G. Ananyev tavsiya qilgan klassifikasiyaga asoslangan holda metodlar xususiyatini yoritib beramiz.
B.G. Ananyev psixikani o’rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhlash deb nomlab, ularni to’rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi o’z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoklama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. Qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruxlarni o’zaro solishtirish), sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), medisina psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilar holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o’zaro chog’ishtirish) kabi fanlarda uchumli foydalaniladi.
Umumiy psixologiya fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o’zlashtirish xossalari, aqliy qobiliyati, salohiyati, taraqqiyoti dinamikasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o’ziga xosligi, individual-tipologik holatlarini o’rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananyev, D.B.El-konin, P.Ya.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tad-qiqotlarida qiyoslash metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimida hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70-yillaridan e’tiboran to hozirgi davrgacha «inson omili» muammosining muhokamaga qo’yilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng qo’lamda qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan miqdoriy ma’lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham qiyoslash metodi ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ko’ndalang kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya’ni vaqtincha to’xtatib, alohida tahlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e’tibor tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli yoshdagi va jinsdagi odamlarga ta’sirini aniqlash va hokazolar shular jumlasidandir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longityud (uzluksiz) metodi ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Ushbu metodning boshqa metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yil-lar davomida (A.Termenning 50 yillik uzluksiz tajribasi hozircha rekord hisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan AQShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Mu-xina va boshqalar ko’p davrlardan beri unumli foydalanib keladi-lar.
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) qo’shaloqlar kuzatilgan. Shuninguchun bir talay tadqiqotlarning «ona kundaligi» (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq muddat davomida muayyan bir shaxsni (kichik guruhni) ku-zatish sinaluvchida yangitdan paydo bo’layotgan fazilatlarining ta-raqqiyotdinamikasi, uningxulq-atvoridagi illatlar (me’yordagi xat-ti-harakatdan chetga og’ish) va ularning oldini olish muammolari yuzasidan material yig’ish, shuningdek, murakkab psixologik muno-sabatlar, ichki bog’lanishlar, qonuniyatlar, mexanizmlar to’g’risida mukammal, ishonchli, barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini yara-tadi.
Longityud metodi yordamida subyektiv omillarning o’ziga xosligidan tashqari, sinaluvchiga obyektiv (tabiiy) shart-sharoitlarning, ijtimoiy psixologik muhitning ta’siri ham o’rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o’zaro o’xshashligi va ularning tafovutlanishi, ta’sirlanishi, his-tuyg’ularining o’zgarishi, shaxslar o’rtasidagi individual farklar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati sis-temasi va hokazolar) yuzasidan olingan ma’lumotlar longityud metodining sharofati bilan ro’yobga chiqadi.
XX asrning ikkinchi yarmida XXI asrning boshlarida fan va texnikaning taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiylik darajasini yanada oshirish uchun (subyektiv omillar ta’sirini kamaytirish maqsadida) kompleks programma asosida boshqa fanlar (medisina, fizika. fiziologiya, biologiya, sosiologiya, kibernetika, sta-tistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qilmoqda. Bu voqyelik fan olamida integrasiya (qo’shilish, uyushish) jarayoni yuz berayotganligi ko’rsatkichi ifodasidir. Amaliy xususiyatga molik ilmiy-tekshirish ana shu ko’pqirrali (kompleks) yondashishni talab etmoqda. Psixologiya sohalari (psixo-fiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, muhandislik yoki aviasion psixologiya) o’rtasida esa tadqiqot obyektiga tizimli yondashish prinsipi amalga oshirilmoqda. Ushbu ijtimoiy psixologik voqyelik sohalar differensiyasidan (ajralishidan) dalolat bermoqda. Kompleks metod yordamida o’rganilayotgan obyektdagi o’zgarishlar turli sohaviy nuqgai nazaridan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, shaxsning muayyan bilimlarni egallash xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’linsa, kompleks (ko’pyoqlama) yondashish ta’sirida ana shu o’zgartirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari ochib beriladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish qari kishidagi psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarining ochilishiga xizmat qiladi.
Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda o’sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. Matematik model asosida o’rganilgan xodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g’oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko’pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan EHM larning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish