Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko`rsatilib, sub'ektning insonlararo munosabatlar tizimidagi kasbiy holati, huquqlari, majburiyatlaridir.
Ijtimoiy pedagog huquqlari Ijtimoiy pedagog jurnalistlar kabi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib bora olishi kerak. Buning uchun u davlat qonun chiqaruvchi organlari bilan mustahkam aloqada bo`lishi talab etiladi. O`zining bu faoliyatida u:
bolalarning, umuman jamiyat a'zolarining ijtimoiy talablariga doir axborotlar to`plash, sotsiologik savol-javoblar o`tkazish, diagnostik tekshiruv ishlarini olib borish huquqiga;
muayyan ijtimoiy muammolarni hal etish yuzasidan jamiyat organlariga va davlat tashkilotlariga murojaat etish huquqiga;
davlat organlarini ular faoliyatiga doir mavjud muammolardan xabardor etish huquqiga;
ijtimoiy faollik va u yoki bu tashabbus bilan chiqadigan ota-onalar, oilalar, homiylarni rag`batlantirish huquqiga;
ommaviy axborot vositasi yordamida ma'lum ijtimoiy faoliyat yoki namunaviy oila tarbiyasi tajribalarini targ`ib etish huquqiga;
yashash joyi ish va o`quv jarayonlarida ma'lum ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan fuqarolarning ijtimoiy harakatini boshqarish kabi huquqlarga ega.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari. Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqotga kirishishiga to`g`ri keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko`ngliga, yuragiga kirib borish uchun quyidagi sifat va fazilatlarga ega bo`lishi talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish), xayrixohlik, ezgulik, to`g`rilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish, samimiylik, kommunikativlik(boshqalar bilan chiqisha bilish).
Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning axloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular:
o`z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqotda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish;
ular bilan muloqotga kirishishda axloq me'yorlarga amal qilish (hurmat, haqqoniyat, xushmuomalalik, alohida e`tibor va h.k.)
rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar
o`z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko`rsatish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |