Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 3,96 Mb.
bet217/307
Sana27.10.2022
Hajmi3,96 Mb.
#856917
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   307
Bog'liq
cf530781999446dee00aaff2910167e4 UMUMIY PEDAGOGIKA

BILGA XOQON BITIKTOSHI
Bilga xoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish xoqoninng katta o‘g‘li - Kulteginning akasi Bilga xoqon sharafiga 735 yilda o‘rnatilgan. Bilga xoqon 734 yilda ellik yoshida o‘z yaqinlari tomonidan zaharlab o‘ldirilgan. Bu bitig ham Yo‘llig‘ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga xoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga xoqon davrida tinchlik hukmron bo‘lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o‘z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq xoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o‘z navbatida davlat boshliqlarining hatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga xoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Bilga xoqon turk eli o‘rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. “Bilga” so‘zining o‘zi ham “dono” degan ma’noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bo‘lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday o‘git qilar edi: “Vatanni saqlab qolmoq, faqat xoqonga emas, xalqqa ham bog‘liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq o‘z xoqonining yo‘l-yo‘riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko‘p kulfatlar tushadi. Xoqon o‘ta ishonuvchan bo‘lmasligi, boshqalarning gapini o‘ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so‘z bilan yolg‘onni farqlay olishi kerak. qattiqqo‘l xoqon o‘z xalqiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ishonuvchan bo‘lsa, yaxshi-yomonni ajrata olmasa, fojiaga yo‘l ochiladi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi”.
Bilga xoqon tarqoq xalqni birlashtiradi, oyoqqa turg‘izdi, yurtda farovon hayot qaror topadi. U xalq farovonligini ta’minlash davlat boshlig‘ining burchi, mamlakatning ozodligi, xalqning osoyishtaligi uning moddiy farovonligiga bog‘liq deb biladi. Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qo‘yishi xalqning nochor hayot kechirishiga olib keluvchi sabab ekanligi qayg‘u bilan ifodalanadi. U o‘z xalqiga shunday murojaat etadi: “Men yashadim, turk beklari, turk xalqim. Bu xoqoningdan, bu beklaringdan, eringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o‘zing ezgulik ko‘rajaksan, betashvish bo‘lajaksan”.
Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligi madh etilgan bitigtoshlar ham ko‘plab topilganki, bularda alplarning axloqi, odobi va bilimi ularning asosiy fazilati bo‘lganligi qayd etiladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Urxun - Enisey yozma yodgorliklari garchi yo‘nalish nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlanmagan bo‘lsa ham, ularda bayon etilgan fikrlar o‘sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bo‘lishga yordam beradi. Xususan, hoqon va alplarning harbiy faoliyati, turkiy xalqlarning turmush tarzi, ularga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar - vatanparvarlik, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy fazilatlar jamiyatning har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim mezonlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga bizga so‘z yuritilayotgan davr xususiyati hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunidan ogoh etadi. Bitiktoshlarda bayon etilgan qarashlar eng yuksak insoniy fazilatlar sifatida e’tirof etilgan xislatlarni zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlodda hosil qilish, ularda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, xalq manfaati yo‘lida kurashish tuyg‘ularini shakllantirishda o‘ziga xos yo‘llanma, yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
IRQ BITIGI” (“TA’BIRNOMA”)
Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan biri sanalgan “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”) ham O’rxun-Enisey yodgorliklari sirasida ta’lim-tarbiya tarixida o‘z o‘rniga ega. Mazkur qo‘lyozmani XIX asr oxirida A.Steyn Sharqiy Turkistonning Dinxuan degan joyidan topgan. Hozirgi kunga qadar “Irq bitigi” va uning mohiyati xususida batafsil, to‘laqonli ma’lumotlarga ega emasmiz. Ayni vaqtda manba N.Rahmonov tomonidan tuzilgan “Qadimiy hikmatlar” kitobi va unda keltirilgan ma’lumotlardir. Yodnoma qog‘ozga yozilgan birdan bir, yagona qadimiy turkiy yodgorlik bo‘lib, yuz betdan ortiq sahifadan iborat kitob tarzida bizgacha etib kelgan. Asar Isig Sangun va Ite Chuq ismli moniy jamoasining a’zolari bo‘lgan ikki bola uchun bitilgan. Asar boshidan oxirigacha nima yaxshi-yu, nima yomonligini bolalarga tushuntirish tarzida yozilgan. Asarda bayon etilgan yaxshi va yomonlik ta’rifi negizida axloqiy talablar o‘ziga xos shaklda talqin etiladi. Mazkur asar turkiy xalqlarning turmushi, axloqiy munosabatlari mazmuni to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyati asosan qushlar va hayvonlar obrazi orqali ochib beriladi.
“Irq bitigi”da eng qadimgi ajdodlarimizning mifologik hamda totemistik qarashlari xalq og‘zaki ijodi namunalari tarzida o‘z aksini topgan. An’anaga ko‘ra, har bir epizodda yaxshilik g‘oyalari targ‘ib etiladi.
Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida yoritiladi. Ba’zi tushlar yaxshilikning, ba’zilari esa yomonlikning timsoli deya ta’bir qilinadi. Inson doimo turmushi, hayotining yaxshi kechishini orzu qilgan. Ana shunga intilgan. U o‘z orzulariga etishishiga ishongan, bu yo‘lda Tangri yordami vp madadiga tayangan. “Irq bitigi”da bu holat juda ishonarli tarzda bayon etilgan. CHunonchi:
Men Osmon o‘g‘li kunduz va kechqurun
Oltin taxtda o‘ltirib.
SHodlanyapman,
Bilib qo‘ying: bu yaxshi”.
“U ikki oy oldin
Odam o‘g‘lini uchratdi.
Odam qo‘rqdi,
Bilib qo‘ying: bu yaxshi”.
“Irq bitigi”da yozilishicha samoviy qahramonlar inson taqdirini belgilaydi hamda unga yordam beradi. Ushbu fikrlar quyidagi misralarda o‘zining yorqin ifodasini topgan:
“Yuqorida tuman yoyildi,
Pastda to‘zon to‘zidi,
qush bolasi uchdi va yo‘ldan ozdi,
Kiyik bolasi yugurdi va yo‘ldan ozdi,
Odam bolasi yuraverib yo‘ldan ozdi.
Osmon shafoati tufayli uchinchi yilda yana
Hamma omon-eson va tugal ko‘rishdi.
Hamma suyunishdi va quvonishdi,
Bilib qo‘ying bu yaxshi”.
Yovuz kuchlarning timsoli bo‘lgan tuman hamda to‘zon yordamida to‘g‘ri yo‘ldan adashtirilgan, sarson-sargardonlik, xoru-zorlikka mahkum etilgan jonli mavjudotlar - qushlar, kiyiklar va odam bolalari buyuklik va qudratning timsoli bo‘lgan – osmon, uning sharofati tufayli yana bir-birlari bilan ko‘rishishga muyassar bo‘ldilar, birga hayot kechira boshladilar. SHe’riy misralarda o‘z ifodasini topgan mazkur g‘oyalardan Er yuzidagi mavjud hayot qushlar, hayvonlar hamda odamlardan iborat yagona biologik (hozirda keng qo‘llanilayotgan ekologik)tizimni tashkil etishlari to‘g‘risida bolalar (ayni vaqtda odamlar)ga tushuncha berishga yo‘naltirilgan harakat mazmuni anglaniladi.
Inson doimo yaxshi hayot kechirishga intilar ekan, bu yo‘lda u juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin inson qiyinchiliklarni ilohiy qudrat - Tangri yordamida engib o‘tib, go‘zal hayotga etishishadi. Ana shu holat ham ta’birlarida o‘z aksini topgan.
Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham mavjud bo‘ladi. Ayrim tushlarga nisbatan berilayotgan ta’birlarda yomon hodisa-voqealar negizida yomonlikning yotishiga alohida urg‘u beriladi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida yomonlik, yovuzlik timsoli sifatida qo‘llanilgan ayrim obrazlar tush ta’birlarini belgilashda salbiy timsol sifatida baholanadilar. Xususan:
“Men olti boshli ilonman,
Oltin qorin -qulog‘imni
qilich bilan chopib,
Mening tanamni yo‘l chetiga,
Boshimni uyim yo‘liga qo‘yishdi, - deyishdi.
Bilib qo‘ying: bu-yomon”
Ammo “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”) asari mazmunida optimizm (kelajakka ishonch) ruhining ustuvorligi ko‘zga tashlanadi. Asarda ilgari surilayotgan fikrlarda yaxshilikning yomonlik, ezgulikning yovuzlik ustidan erishilajak g‘alabasi borasidagi qarashlarning etakchi o‘rin egallaganligiga guvoh bo‘lamiz. Xalq doimo o‘z kelajagining yaxshi bo‘lishiga ishongan, yomonlik ustidan yaxshilik, ezgulikning g‘olib kelishiga bo‘lgan ishonch etakchi o‘rin tutgan:
“Tong ota boshladi,
So‘ng uning izidan er yorishdi.
So‘ng quyosh chiqdi
Hamma er yorug‘ bo‘ldi”,-deyishadi,
Bilib qo‘ying: bu-yaxshi.
Ko‘rinib turibdiki, “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”) asarining mazmunida ham asosan inson va uning qayg‘usi, hasrati, dardi, quvonchi, shodligi yotadi. YAxshi hayotga etishish yo‘lida olib borilgan kurash jarayonida yomonlik, yovuzlik mahv etiladi, uning ustidan yaxshilik, ezgulik g‘olib keladi. YAxshi xislatlarning egasi, yaxshilik va ezgulikni qaror toptiruvchi mavjudot inson sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror toptirilgan ma’rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari ifodalangan. Muayyan turmush tarzini qaror toptiruvchi ijtimoiy shart-sharoitga ko‘ra inson axloqiga nisbatan qo‘yilayotgan axloqiy talablar mohiyati ham o‘zgarib borgan. Biroq har qanday zamon va makonda ham inson ezgulikning jaholat, yaxshilikninng yomonlik va ziyoning zulmat ustidan g‘olib kelishini istagan va ana shu istagi insonning ma’naviy kamolotini belgilovchi asosiy mezon bo‘lib, axloq-odobga oid qarashlar mazmunida markaziy o‘rin egallagan. Mazkur holatni yuqorida so‘z yuritilgan eng qadimgi ma’rifiy meros namunalari misolida ham yaqqol ko‘rishga muyassar bo‘ldik.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik, xushxulqlik xislatlariga ega bo‘lgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush tarzi hamda odamlar o‘rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday sifatlarning shakllanishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasida ayovsiz kurash borgan. Mazkur kurash jarayonida insonda eng yaxshi xislatlar shaklla borgan. Bilimlilik, xushxulqlik, muayyan kasb yoki hunarga ega bo‘lish inson kamolotini belgilovchi asosiy ko‘rsatgichlar hisoblangan.



Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish