Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari



Download 3,96 Mb.
bet214/307
Sana27.10.2022
Hajmi3,96 Mb.
#856917
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   307
Bog'liq
cf530781999446dee00aaff2910167e4 UMUMIY PEDAGOGIKA

Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “O’rxun-Enisey yodgorliklari”, “Irq yozuvlari” (“Ta’birnoma”) kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan O’rxun-Enisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar”, toshbitiklari deb ham ataydilar. Buning sababi ko‘pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o‘yib yozilganidadir. Ularning eng yiriklari “To‘nyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorliklaridir. O’rxun-Enisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning O’rxun daryosi bo‘yida topilgan. O’rxun-Enisey yodgorliklarinining topilishi va o’rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobidi Iogann Stallanberg, olim Messershmidt yodgorliklarni yevropa ilmi ahliga ilk marta taqdim qilganlar.O’rxun-Enisey yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O‘zbekistonda Oybek, O.SHarafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O’rxun-Enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atrofidan SHimoliy Mo‘g‘ulistonda toshga bitilgan obidalar shaklida topildi. ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o‘qigan. V.Tomsondan so‘ng olimlar – N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Uning asoschisi Bumin edi. 545 yilda Turk xoqonligi vujudga keldi. 552-yilda Bumin “xoqon” deb e’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g‘arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga “Yabg‘u xoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo‘y sundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan. Natijada eftallar davlatining shimo liy hududlari xavf osti da qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foyda langan sosoniylar Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar. Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vazi yat xoqonlikni eron, so‘ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531–579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro har biy ittifoq eron shohining Istamiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi. eron askarlarining Balxga hujumi ko‘ma gida turklar 563-yilda eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chir chiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg‘ol qilinadi. Sir daryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Sa mar qand, Kesh va Nax shabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qo‘ shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan eron sosoniy laridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563–567-yillarda zarbaga uchragan eftallar davlati tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, Amu daryoning janubiy qir g‘oqlarigacha bo‘l gan viloyatlar eron, uning o‘ng sohillari bo‘y lab Kaspiy den gizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o‘tadi. eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o‘zgaradi. endilikda o‘z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan eron Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Uzoq Sharqdan eron hududlarigacha karvon yo‘li nazoratini o‘z homiyligi ostiga olgan turklar esa eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo‘ldi.
Turk xoqonligi qanchalik katta bo‘lmasin, china kam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosiy qismi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar itti foqidan ibo rat bo‘lgan. Bu ittifoqni xo qon boshqargan. Hukm dorning hoki miyati urug‘-aymoq udum lariga tayangan harbiy-ma’muriy bosh qaruvga asoslangan. Mam lakat ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchi chorvador aholi “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan. Budun o‘z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. O‘n o‘q budun yoki elning hokimi “yabg‘u” yoki “jabg‘u” nomi bilan atalardi. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon urug‘iga qon-qarindosh bo‘lganlargina ko‘tarilardi. O‘n o‘q el sardori bir tuman (ya’ni o‘n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo‘linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilgan. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo hav zalarida o‘ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi. Ularning iqti sodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo‘lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam mar kazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan. Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali bosh qaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlari (604-yil)da ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog‘lari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, O’rxun havzasi (Mo‘g‘uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston)da qaror topgan. Oloy tog‘larining g‘arbida joylashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G‘arbiy turk xoqonligi tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk xoqonligi barham topgan.
Turk xoqonligi davrlarda turkiy run (ko‘k turk) xati keng qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘kturk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o‘rganilgan. Ular qabrtoshlar, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish