Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni


Mashg‘ulotlarni xavfsiz o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak



Download 1,35 Mb.
bet50/102
Sana09.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#765334
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Bog'liq
MAJMUA

Mashg‘ulotlarni xavfsiz o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
-mashg‘ulotlar boshlanishidan ancha oldin kurash zaliga kelish;
-mashg‘ulotlargacha mashqlar guruhi va vazifalarni topib qo‘yish, barcha zarur snaryadlar va jihozlarni tayyorlab qo‘yish;
-jihozlar xavfsiz joylashganiga ishonch hosil qilish uchun yana bir marta tekshirib ko‘rish;
-kurash gilamlarini, snaryadlarni va yordamchi jihozlarni qo‘llanilish xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalarni eslash;
-kurashchilarga xavfsizlik qoidalariga hamda kurash gilamida usullarni bajarish yiqitish va yiqilish texnikasiga nisbatan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va hokazolar.
Sportchilarni kurash bilan bog‘liq ajralmas xavflar to‘g‘risida ogohlantirish kerak, ya’ni kurashni xavfli tomonlarini to‘liq ta’riflab berish va har bir sportchi ular to‘g‘risida bilishlari, ularni tushunishlari va to‘g‘ri baholashlariga ishonch hosil qilish shart. Dastlabki mashg‘ulotdan oldin ota-onalar majlisi o‘tkazib, ota-onalarga va kurashchilarga sportda uchrashi mumkin bo‘lgan xavflarini tushuntirish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

  1. Kurashchilar xavfsizligini ta’minlash

Sportchilar xavfsizligini ta’minlash uchun, murabbiy bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratni amalga oshirish kerak. Bu nazorat shuni anglatadiki, murabbiy harakatlar zonasida turib butun sodir bo‘layotgan voqealarni ham eshitadi, ham ko‘radi.
Murabbiy:
-mashg‘ulot hali rasmiy boshlanmasidan kurashchilarni nazorat qilish uchun mashg‘ulot joyida mos holatda turishi kerak;
-to‘liq ko‘rinish uchun munosib holatda va harakat zonasiga lahzada yetish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
-kurashchiga ziyon yetkazuvchi sharoitlarga e’tiborli va ularni himoya qilish uchun choralar qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak;
-favqulodda holatlarga bir zumda diqqatini qaratish va adekvat bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lish;
-mashg‘ulot yoki musobaqadan oxirgi sportchini olib ketgunlarigacha zalida bo‘lish kerak.
To‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat, mashg‘ulotlar vaqtida harakatlar ustidan faol nazoratni o‘z ichiga oladi. Xususan, murabbiy kurashchilarga yangi elementlarni o‘rgatayotgan va ularni bajarish uchun nimalar talab qilinishini, qanaqa xavflar mavjudligi va qanday qilib ulardan qochishni tushunmagunlarigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri nazoratni ta’minlash kerak.
Murabbiy sportchilar qoidalarini buzayotganlarini ko‘rganida yoki ularni jismoniy holatidagi o‘zgarishlarni sezganida ham to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat zarur. Qoida bo‘yicha, faoliyat qanchalik xavfli bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat shunchalik kerak. Bu nimani anglatadi, kuchaytirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat, ancha yosh va tajribasi kam kurashchilar hamda birmuncha xavfli mashqlarni o‘rganayotgan va qayta ishlayotgan kattalarga talab qilinadi.
Xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘rish va ularni yo‘qota oladigan holatda joylashish ham murabbiyning majburiyatlariga kiradi. Bu kurashchini, ayniqsa, xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qoidalarini yaxshi bilish lozim. To‘g‘ridan to‘g‘ri nazoratni ketma-ket amalga oshirish, mashg‘ulotni kurashchilar uchun ancha xavfsiz qiladi. Qo‘shimcha himoya uchun mavsum, mashg‘ulotlar rejasini va sportchilar jaroxatlanishini hisob-kitob qilib borish kerak.

  1. Shikastlanishda atrof muhit sharoitlarining tasiri

Kurash - yopiq binolarda shug‘ullanadigan sport turi bo‘lsa ham, murabbiylar baribir sportchilarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan atrof-muhit sharoitlaridan boxabar bo‘lishlari kerak. Atrof-muhit sharoitlari chaqiradigan ko‘pgina sog‘liq bilan muammolar, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq havo bilan bog‘liq. Muammolar haqida biroz o‘ylab ko‘rish va kurashchilarni adekvat (hushyorlik) himoyasini ta’minlash, atrof-muhit sharoitlari bilan bog‘liq ko‘pgina jiddiy favqulodda vaziyatlarni yo‘qotish kerak.
Sportdan shikastlanishning o‘ziga xos xususiyatlari bor; u deyarli yengil kechadi, yopiq jarohatlar, jumladan bo‘g‘im, pay va muskullar lat yeydi va shikastlanadi, goho suyaklar ham shikastlanadi, umuman olganda aksari qo‘l va oyoqlar chiqadi; sport turlariga xos bo‘lgan sportdan shikastlanish kuzatiladi. Sportdan shikastlanishga har xil sport turlarida asosan qo‘l va oyoqlar (ko‘proq oyoqlarning, bo‘g‘imlarning, asosan tizza bo‘g‘imining shikastlanishi taalluqlidir.
Sportdan shikastlanish sabablarining klassifikatsiyasi. Sportda kuzatiladigan shikastlanishning hamma sabablarini shartli ravishda tashqi va ichki sabablarga bo‘lish rasm bo‘lgan. Tashqi omillar; mashg‘ulot davomida dars o‘tish metodikasining noto‘g‘ri qo‘llanilishi. Bunda dars o‘tish metodikasi buzilganda sportdan shikastlanishga olib keladi. Bu jarohatlarning kelib chiqishi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiy tomonidan o‘rgatish davomida asosan didaktik prinsiplar: mashg‘ulotlarni muntazam olib borish va jismoniy mashqlarni qayta- qayta bajarish, organizmni asta-sekin ishga tortish, jismoniy yuklamalarni to‘xtovsiz oshirib borish, mashg‘ulotlarni shug‘ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga qarab tuzishga to‘la rioya qilmasligiga bog‘liqdir.
Mashg‘ulotlar uchun sport inventari, uskunalar va jihozlar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganda jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda sport uskunalari, sport inshootlari, sportchilar buyum va anjomlari (kiyim, poyabzal, himoya moslamalar)ning sifatsizligi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy, shu bilan birga jihozlar, zallarga qo‘yiladigan gigiyenik va moddiy-texnika qoidalariga amal qilmaslik, jihozlar va sport inshootlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik. Sport anjomlari va inshootlarning buzuqligi, kiyim va poyabzalning yetishmasligi, himoya moslamalaridan foydalanmaslik va boshqalar jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Mashg‘ulot va musobaqalarni noqulay gigiyenik va ob-havo sharoitlarida o‘tkazish shikastlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Sport inshootlarnning qoniqarsiz sanitariya holati, yoritilishi, ventilyasiya, havo namligi, suv va havo haroratiga bo‘lgan gigiyena talablariga rioya qilmaslik va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar:


  1. Download 1,35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish