- ushlab olgandan keyin 8-10 sekund vaqt davomida usul qo‘llamasa, beriladi.
DAKKI
G‘IRROM
JAZO “DAKKI” ikkinchi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam qo‘lini musht qilib tirsagidan bukib (90°) ishora qiladi (qo‘l barmoqlar musht holiga kelgan va kaft old tomonga qaragan bo‘lishi kerak. “DAKKI”, “TANBEH”dan keyin ikkinchi, unchalik katta bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ygan kurashchiga e’lon qilinadi.
“G‘IRROM” oxirgi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo‘lini kaftlari bilan pastga qaratgan holda yon tomonga cho‘zib ikki- uch marta pastga silkitib ishora qiladi. “G‘IRROM” - katta xatoga yo‘l qo‘ygan (yoki “DAKKI” jazosini olgan va keyingi paytda unchalik kattabo‘lma- 14. “JAZO” Agar bellashuvning yarim vaqtgacha kurashchilarning hech biri ogohlantirish yoki baho olmagan bo‘lsa, hakam bellashuvni to‘xtatadi va “jazo”ni e’lon qiladi. “Jazo”ni e’lon qilganda, hakam o‘ng qo‘lini musht bilan ko‘tarib, “jazo”ni baland ovoz bilan aytishi kerak. “Jazo” bellashuvda faqat bir marta e’lon qilinishi mumkin. Agar “jazo” davrida kurashchilar bir vaqtning o‘zida va bir xil tarzda yon tomonga yiqilsa, unda yana bir bor kurashni “jazo” holatida boshlash kerak.
“jazo” e’lon qilinganida, yon hakamlar o‘zlariga yaqin kurashchining yaktagini tartibga keltirishi kerak. O‘rtadagi hakam kurashchilarni gilam markaziga taklif qiladi. Kurashichilar raqibning belbog‘ini ortidan ushlashlari kerak (o‘ng qo‘li raqibning chap qo‘li ostida, chap qo‘l esa raqibning o‘ng qo‘li ustida bo‘lishi kerak). Hakam jazoni baland ovoz bilan aytgandan so‘ng, kurashchilar kurashni boshlashlari kerak. Qo‘llar orasidagi masofa belbog‘ni ushlab turish holatida 20 santimetr bo‘lishi kerak. Kurashistlarning boshlari parallel ravishda joylashtirilishi kerak. Kurashchilar bir- birining ko‘kragiga tegib turishi kerak. Ushlashdan qochish uchun har qanday urinish taqiqlanadi va hakamlar tomonidan darhol jazolanishi kerak;
5 soniya ichida kurashchilar usul qo‘llashlari kerak. Kurashdan qochgan yoki tizzaga tushib qolgan kurashchiga “tanbeh” beriladi. Agar kurashchi usuldan qochish uchun ataylab belbog‘ni qo‘yib yuborsa, u uchta hakam o‘zaro maslahatlashganidan keyin “G‘irrom” ogohlantirishini olgan holda diskvalifikatsiya qilinishi kerak;
Agar “jazo” qo‘llanilganda kurashchi “halol” bahosini olsa bellashuv uning g‘alabasi bilan tugaydi. Agar “yonbosh”, “chala” yoki ogohlantirish olinsa, qolgan vaqtdagi bellashuv belbog‘dan ushlamasdan oddiy holatda davom etadi.