Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni



Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/94
Sana28.10.2022
Hajmi2,8 Mb.
#857898
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Bog'liq
95fc08e918c3d8f031fad631963f00d9 KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI

Umumiy tayyorgarlik
mashqlariga sportchi organizmini har 
tomonlama funksional rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar kiradi. 
Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos kelishi bilan birga, u bilan 
ma’lum bir qarama-qarshilikda turishi mumkin. Bunda faqat har 
tomonlama rivojlantirish vazifasi hal etiladi, xolos. Milliy kurashda 
sport gimnastikasidagi mashqlar (buyum bilan va buyumsiz, sherik bilan 
va sheriksiz, bir joyda va harakatda bajariladigan qo‘l, oyoqlarning turli 
harakatlari), yordamchi sport turlaridagi mashqlar (og‘ir atletika va 
yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish, akrobatika va boshqalar). 
Yordamchi mashqlar
u yoki bu sport faoliyatida kelgusida 
takomillashish uchun poydevor yaratuvchi maxsus harakatlarni o‘z 
ichiga 
oladi, 
mashqlarning 
bu 
guruhiga 
trenajerlar, 
maxsus 
moslamalarda, ya’ni gilam tashqarisida ishlash paytida kurashchining 
tezkor-kuch qobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan vositalar kiradi. 
Shuningdek boshqa sport turlaridan olingan va kurashchining aerob 
hamda anaerob imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan vositalar (kross 
yugurish, regbi va boshqalar) kiradi. 
Maxsus tayyorgarlik 
mashqlari yuqori malakali sportchilar 
mashg‘uloti tizimida markaziy o‘rinni egallaydi va musobaqa faoliyati 
elementlarini o‘z ichiga oladigan vositalar doirasini, shuningdek shakli, 
tuzilmasi va organizm funksional tizimi faoliyatini namoyon qilish 
xususiyati hamda sifatiga ko‘ra ularga yaqinlashtirilgan harakatlarni 
qamrab oladi. 
Milliy kurashda maxsus tayyorgarlik mashqlariga quyidagilar 
kiradi: 
1. Yaqinlashtiruvchi mashqlar. Ular usullarning texnik tuzilmasini 
va uni amalga oshirish taktikasini egallash hamda takomillashtirishga 
yordam beradi. 


55 
2. Kurashchi uchun zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlarni 
rivojlantiruvchi mashqlar. 
3. Ishorali mashqlar. Ular nafaqat usullarni bajarish texnikasini
balki ular bir ma’lum taktik ko‘rinishda (turli xil holatlardan, taktik 
tayyorgarlik usullarini ishora orqali ko‘rsatishdan so‘ng) qo‘llanilgan 
paytda ma’lum ma’noda uning taktikasini ham takomillashtirishga 
yordam beradi. Ishorali mashqlar jihozlarsiz va jihoz (kurash manekeni) 
bilan bajariladi. 
4. Sherik bilan maxsus mashqlar. Kurash manekeni bilan mashqlar 
bajarishga qaraganda, sherik bilan bajariladigan mashqlar amalga 
oshirilayotgan texnik yoki taktik harakatning hamma qismlarini yanada 
chuqur his qilish imkonini beradi. Sherik bilan ishlash paytida berilgan 
harakat vaziyatini hamda zarur qarshilikni aniq qayta ko‘rsatib berish 
mumkin. Mashq bajarayotgan kurashchining oldida turgan vazifaga 
qarab, sherik bo‘sh, yarim kuch bilan yoki bor kuchi bilan qarshilik 
ko‘rsatishi mumkin. Shunday sherikni tanlash lozimki, uning 
qobiliyatlari, tayyorgarligi, bo‘yi, vazni sportchi oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim. 
5. O‘quv, o‘quv-mashg‘ulot va mashg‘ulot bellashuvlari. 
- O‘quv bellashuvi kurash texnikasi va taktikasi bo‘yicha yangi 
o‘quv materialini o‘zlashtirishga qaratilgan. Sherik bo‘sh yoki yarim 
kuchi bilan qarshilik ko‘rsatadi hamda bellashuv davomida vaqti-vaqti 
bilan (topshiriqqa binoan) kurashchiga usulni bajarish uchun qulay 
sharoitlarni yaratib turadi. 
O‘quv bellashuvining o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, 
u qandaydir bitta usul yoki usullar birikmasini egallashga qaratiladi. 
Agar harakat noaniq bajarilsa, bellashuvni to‘xtatish hamda kurashchiga 
yo‘l qo‘ygan xatosini ko‘rsatish lozim. 
- O‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari asosan kurash texnikasi va 
taktikasini keyinchalik ham egallash hamda takomillashtirishga 
qaratilgan. U muayyan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’lum bir 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan raqiblar bilan kurash olib 
borishning u yoki bu taktik manyovrlarini hosil qilishga qaratilgan 


56 
vazifalar bilan amalga oshiriladi. Ikkala kurashchi bir vaqtning o‘zida 
bellashish uchun vazifa olishi mumkin. 
Bellashuvlar turli formulalar bo‘yicha tuzilishi 
mumkin. 
Bellashuvni kurashchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish uchun 
to‘xtatish mumkin, lekin bu ishni faqat o‘ta zarur hollarda bajarish 
lozim. 
- Mashg‘ulot bellashuvlari texnika, taktika, musobaqa sharoitlarida 
kurashchiga 
zarur 
bo‘ladigan 
jismoniy 
va 
boshqa 
sifatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan. Mashg‘ulot bellashuvi yuqori sur’atda 
o‘tkaziladi. Hamma harakatlarni bajarish ularning to‘g‘ri bajarilishi 
ustidan to‘liq javobgarlik bilan o‘tadi. Biroq kurashchi, bellashuvni olib 
borayotib, mag‘lub bo‘lishdan cho‘chimasligi lozim. Qanday qilib 
bo‘lsa ham mag‘lubiyatdan o‘zini saqlab qolishga intilish oqibatida 
kurashchi, faqat himoyalanib, o‘zining eng yaxshi ko‘rgan usullari 
hamda qarshi usullarini takomillashtira olmaydi. 
Mashg‘ulot bellashuvlari ham vazifa bilan, ham vazifasiz (erkin 
bellashish) o‘tkazilishi mumkin. Bu yerda bellashuvning umumiy vaqti 
aniqlanadi hamda kurashchilar bellashuvni kurash qoidasi asosida olib 
boradilar. 
O‘quv va o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlaridan farqli ravishda, 
mashg‘ulot bellashuvini ogohlantirish berish maqsadida to‘xtatish 
tavsiya qilinmaydi. Juda zarur bo‘lgan holda kamchiliklar bellashuv 
davomida aytib turiladi. 

Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish