3
KIRISH
Ma’lumki, kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini
takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Bundan tashqari,
kurash eng qadimiy, hammabop va keng tarqalgan sport turidir.
Qadimda
xalqimiz ichida epchillik, chaqqonlik, kuchlilik va irodaviy
fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan kishilar ko‘p bo‘lgan. Ushbu
fazilatlar va yuksak texnik-taktik mahoratga ega bo‘lgan
mashhur
kurashchilarni o‘zbek xalqi
polvonlar
deb atashgan.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida
kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim
vositasidir deya e’tirof etilgan. She’riyat mulkining sultoni Alisher
Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan
hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko‘rinib
turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash
sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi
yetakchi mutaxassislar
A.Atoyev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov,
U.Ibrohimov,
Z.Jumayevlarning
ilmiy-uslubiy
manbalarida
tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lgan. Bu esa kurash, xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi,
jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda
taraqqiy etib kelganligidan
dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli
ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda
an’analardan alohida ajratib o‘rganib bo‘lmaydi.
Mustaqillik sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz sa’y-
harakatlari natijasida kurash jahonda yangi sport turi sifatida taraqqiy
topdi. Ayniqsa, 1992-yilning 14-aprelida O‘zbekiston
Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zbek kurashining
jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga chorlagani va 1999-
yilning 1-fevralida “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvatlash
to‘g‘risida”gi farmonini imzolagani, kurashimiz istiqbolini belgilab
bergan
bo‘lsa,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 2-oktabrdagi “Kurashni
4
rivojlantirish chora-tadbirlari” qaroriga asosan 6-sentabr kurash kuni deb
e’lon qilinishi o‘zbek kurashini olimpiya o‘yinlari
dasturiga kiritish
uchun dasturi amal bo‘lmoqda.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda mualliflar ushbu sohadagi
yetakchi
mutaxasislar:
A.Q.Atoyev,
F.A.Kerimov,
K.Yusupov,
N.X.Azizov,
A.A.Absattorov,
A.A.Istomin,
A.R.Taymurotov,
S.B.Rasulov, Sh.Mirzaqulov, N.A.Tastanov, O.V.Goncharova ishlariga
tayangan.
Hurmatli о‘quvchi-mushtariylar! Ushbu qo‘llanma xususidagi
taklif va mulohazalaringizni yuborishingizni iltimos qilamiz!
Sizning
fikringiz keyingi qo‘llanmalarga mavzu bo‘lib qolishidan barchamiz
manfaatdormiz. Zero, kurashning taraqqiyoti barchamiz uchun
muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: