Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti



Download 0,67 Mb.
bet12/22
Sana12.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#779060
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qollashning nazariy asoslari

Usulning bosqichlari:

  • darsda hammaga qiziqish uygʻotadigan biror geometrik shaklning xossasi yoki u haqidagi masalani qoʻyish;

  • uni oʻrganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar toʻplash;

  • muammo yoki masalani yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish;

  • har bir bashoratning qanchalik toʻg'riligini toʻplangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va isbotlash;

  • xulosa chiqarish;

  • sinf oldida taqdimot qilish.

  1. Geometrik oʻyin darslari

Oʻyin usullari va vaziyatni mashgʻulotlaming belgilangan shaklida amalga oshirilishi quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha sodir boʻladi:

  • didaktik maqsad oʻquvchilar oldiga vazifa koʻrinishida qoʻyiladi;

  • oʻquv faoliyati oʻyin qoidalariga boʻysunadi;

  • uning vositasi sifatida oʻquv materialidan foydalanadi;

  • oʻquv faoliyatiga didaktik vazifani oʻyinga aylantiradigan musobaqa elementlari kiritiladi;

  • didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarilishi oʻyin natijasi bilan bogʻlanadi. Oʻyin-vaziyatda koʻrsatilgan muammoni yechish boʻyicha ishtirokchilaming

birgalikda faol ish olib borishlariga asoslangan. Oʻyin ishtirokchilarining bitta majburiy maqsadlari bor - muammoni yechish. Ishlab chiqilgan oʻyin mumkin qadar hayotiy boʻlishi, ishtirokchiiar uchun juda murakkab va qiyin boʻlmasligi lozim. Navbatdagi bandlarda oʻyinlarga misollar keltiramiz.

  1. Geometrik domino” oʻyini

  1. Oʻyinda uch guruh (sinfxonadagi uch qator partalarda oʻtirgan oʻquvchilar) qatnashadi.

  2. Oʻyin domino oʻyini qoidalari asosida olib boriladi. Domino toshlari sifatida matematik misollar yozilgan varaqchalar olinadi.

  3. Geometrik domino “toshlari” mavzuga qarab turlicha boʻladi.

Masalan: “Uchburchaklar” bobi yakunlariga bagʻishlangan domino “toshi” koʻrinishi uchburchak quyidagicha boʻlishi mumkin guruhlar tezda toshning ikki boʻlagidagi shakllarning xossalarini eslashga kirishadilar;
Toshnirig birinchi boʻlagida “Asosi 4, 1- rasm
yon tomoni 8 boʻlgan uchburchak” yozuvi, ikkinchi boʻlagida tomoni 8 ga teng boʻlgan teng tomonli uchburchak shakli berilgan.

  1. Oʻyin quyidagi tartibda olib boriladi:

  • 1- rasmda keltirilgan kabi 12 ta domino toshlari guruhlari teng taqsimlab beriladi;

  • qura tashlash yoʻli bilan qaysi guruh boshlashi aniqlanadi;

  • boshlovchi guruh bitta “toshni” doskaning oʻrtasiga skoch bilan yopishtirib qoʻyadi. Aytaylik, bu yuqorida tasvirlangan tosh boʻlsin;

2- rasm

“teng tomonli uchburchak” yozuvi boʻlgan tosh ikkinchi boʻlib doskaga birinchi ”tosh’’ ning oʻng tomoniga yopishtirilishi lozim. Qaysi guruh buni birinchi topsa va “teng tomonli uchburchak” yozuvi bilan boshlanadigan “toshi” 2- rasm boʻlsa, oʻsha guruh tezlik bilan ikkinchi boʻlib toshini doskaga yopishtiradi. Bunday “tosh” quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:



natijada doskada ikkita tosh yonma-yon turadi (3-rasm):



  • shuningdek, “tosh”ni birinchi “tosh” ning chap tomoniga ham yopishtirish mumkin buning uchun “tosh”lar ichidan “teng yonli uchburchak” yozuvi boʻlgan toshni aniqlash lozim boʻladi.

Bu “tosh” quyidagicha boʻlishi mumkin.
Natijada doskada uchta “tosh” yonma yon qoʻyiladi (4-rasm):
4-rasm
Oʻyin shu tarzda davom ettiriladi. Qaysi guruh birinchi boʻlib, hamma “tosh”larini doskaga yopishtirsa, oʻsha birinchi, ikkinchi boʻlib hamma “tosh”larni doskaga yopishtirsa ikkinchi, uchinchi boʻlib hamma “tosh”larni doskaga yopishtirsa uchinchi oʻrinni egallaydi.

  1. Zakovat” oʻyini koʻrinishidagi darslar

Bu mashgʻulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6 ta guruhga boʻlinadi va oldindan tayyorlab qoʻygan topshiriqli konvertlarni (yoki kartochkalarni) guruh a'zolari navbat bilan olishadi. Shundan soʻng guruhlar 1 minut davomida oʻzlariga berilgan topshiriqlami bajarishadi va guruh javoblarini e’lon qilish uchun bir oʻquvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir guruhga bir nechta savoldan iborat topshiriq beriladi. Oʻqituvchi har bir toʻgʻri javob uchun ball qoʻyadi. Agar biror savol-topshiriqqa notoʻgʻri javob boʻlsa, boshqa guruhlar toʻgʻri javobni berishlari mumkin, bu holda, javob bergan guruhga ball qoʻyiladi. Shu tariqa har bir guruh oʻziga berilgan topshiriq boʻyicha taqdimotini oʻtkazadi, boshqa guruhlar esa ularni toʻldirishlari va notoʻgʻri javoblarni toʻgʻrilab ball olishlari mumkin. Oʻquvchilar soni oz boʻlgan sinflarda esa sinfni guruhlarga boʻlmasdan, balki 3 ta qator oʻrtasida musobaqa tarzida ham oʻtkazish mumkin. Bu holda qatorlarga 2 martadan topshiriqli kartochka berish mumkin (6 ta kartochka tayyorlanadi va har bir qatorga navbat bilan 2 martadan beriladi). Bu mashgʻulotni boshqa fanlarga ham moslashtirib oʻtkazish mumkin.

  1. Matematik bozor” oʻyini

Bu mashgʻulotni odatda biror katta boʻlim yoki bobning oxiridagi takrorlash darslarida oʻtkazish mumkin. Biror bob yakunlangandan keyin oʻqituvchi shu bobda oʻrganilgan materiallarga oid misollarni varaqlarga yozib tayyorlaydi. Har bir varaqda 2-3 tadan turli qiyinlikdagi misollar yoziladi va har bir misol yechimi uchun qiyinlik darajasiga qarab “narx” belgilanadi (masalan: 50 soʻm, 100 soʻm, 200 soʻm,...). Varaqlar soni sinfdagi oʻquvchilar soniga qarab tanlanadi. Oʻquvchilar 4 tadan qilib guruhlarga boʻlinadi, bunda sinfda oʻrtacha 8-10 ta guruh tashkil qilish mumkin. Demak, har bir varaqdan guruhlar soniga mos ravishda 8-10 tadan tayyorlash kerak boʻladi. Varaqlarning turi esa 4-5 xil boʻlsa yetarti boʻladi (jami 32-40 ta varaq). Har bir guruh varaqlardan oladi, ya’ni har bir guruhda 4 yoki 5 xil varaq boʻladi. “Narxlar” varaqlarda har bir misol (savol) toʻgʻrisida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

1 – variant

1. Topshiriq

100 s.

2. Topshiriq

150 s.

3. Topshiriq

200 s.

Biror guruh 1 - variantdagi topshiriqlami birichi boʻlib bajarsa, oʻqituvchiga koʻrsatadi va oʻqituvchi yechimni tekshirib, shu guruh ishlagan pulni doskada tayyorlab qoʻyilgan jadvalga yozib qoʻyadi. Shu 1 - variantni undan keyin ishlagan guruhlarga har bir topshiriq “narx”idan 25 soʻmdan chegirib “ish haqi” beriladi. Shu tariqa guruhlar har bir variantdagi topshiriqlardan iloji boricha koʻproq va tezroq yechishga va koʻproq pul toʻplashga harakat qiladilar. Variantlardagi topshiriqlar xilma-xil va har xil narxli boʻlishi mashgʻulotlarni qiziqarli boʻlishiga yordam beradi.
Ma’lum vaqtdan soʻng (masalan 15 minutdan keyin) “bozor” toʻxtatiladi va oʻqituvchi guruhlar toʻplagan pullarni jadval yordamida hisoblaydi. Guruhlarni oʻqituvchi raqamlashi yoki oʻquvchilarning oʻzlari guruhga nom tanlashlari mumkin. Qaysi guruh koʻproq pul toʻplagan boʻlsa, shu guruh gʻolib deb topiladi. Qolgan guruhlarga ham oʻrinlar beriladi. Biror guruh biror topshiriqni bajarishga qiynalgan yoki bajara olmagan boʻlsa, shu topshiriqni bajargan guruhlar yechimini doskada namoyish qilib berishlari mumkin. Biror topshiriqni hech bir guruh bajara olmagan boʻlsa, oʻqituvchining oʻzi shu topshiriqni yechish yoʻllarini koʻrsatib berishi va shu kabi misollar ustida ishlash zarurligini ta’kidlashi kerak.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish