Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti



Download 0,67 Mb.
bet11/22
Sana12.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#779060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qollashning nazariy asoslari

Koʻnikmalar:

  • ikkita oʻxshash uchburchaklardan mos oʻxshash elementlarni topa olish;

  • oʻxshash uchburchaklar mos (oʻxshash) tomonlarining nisbatlari tengligini toʻg‘ri yoza olish;

  • uchburchaklaming oʻxshashligini isbotlashda oʻxshash uchburchaklarning alomatlaridan foydalana olish;

  • ba’zi burchaklarning sinus, kosinus, tangens va kotangensini hisoblay olish;

• toʻg‘ri burchakli uchburchakda tomonlar bilan burchaklar orasidagi munosabatni anglash va uni formulalar koʻrinishida yoza olish;

  • asosiy trigonometrik ayniyatlami misollar yechishda qoʻllay olish;

  • uchburchak yuzini ikki tomoni va ular orasidagi burchagi boʻyicha hisoblay olish;

  • sinuslar, kosinuslar teoremasidan foydalanib hisoblashga doir masalalar yechish;

  • muntazam koʻpburchaklarni tasvirlay olish;

  • muntazam koʻpburchaklarning markazi, apofemasi, radiusi, markaziy burchagi haqida tushunchaga ega boʻlish, ularni koʻrsata olish;

  • muntazam uchburchakka, kvadratga va muntazam oltiburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalaming radiuslarini topa olish, ularga oid masalalar yecha olish;

  • aylana va yoy uzunligini hisoblay olish;

  • aylana va doirani bir-biridan farqlay olish;

  • doira va uning boʻlaklari yuzini formulalar boʻyicha hisoblashga doir masalalar yecha olish;

  • kesmalarning nisbati va proporsional kesmalarga doir masalalarni yecha olish;

  • toʻg‘ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga tushirilgan balandlikning xossalaridan foydalanib masalalar yecha olish;

  • kesuvchi vatarlar kesmalari va kesuvchi kesmalarning xossalari­dan foydalanib masalalar yechish.

Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday boʻlishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda oʻquvchirni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida oʻquvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar oʻquvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega boʻlishlarini taʻminlaydi.
Oʻquvchilarni maktabda geometriya darslarini oʻqitishda qoʻllanadigan quyidagi metodlarni keltiramiz:
Amaliy mashq - oʻtilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilagan va ma’lum amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish maqsadida nazariy bilimlarni amaliy masalalarga tatbiq etish.
Kichik guruhlarda ishlash orqali oʻrganish – ma’lum muammoning yechimini topishga va oʻquvchilar faolligini oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Bosqichlari: guruhlarga boʻlish, muammoni guruhlarda muhokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash.
Rolli oʻyinlar - dars mavzusini ochadigan va unga mos ma’lum hayotiy vaziyatni sinfda modellashtirish (sahnalashtirish). Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni boʻlib berish, maqsad va vazifalami tushuntirish, oʻyin davomida oʻquvchilarning xatti-harakatlarini kuzatib borish, oʻquvchilaming xatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va koʻnikmalami egallashlariga imkoniyat yaratish, oʻyin natijalarining tahlili, oʻyin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash.
Oʻquvchilami juft-juft qilib muloqot qildirish - biror mavzu boʻyicha yonma-yon oʻtirgan oʻquvchilami oʻzaro muloqotga chorlash, oʻzaro fikr almashish va ularning ba’zilarini tinglash.
“Men oʻqituvchi” –oʻquvchilardan biriga oʻquvchilar oʻrtasidagi munozarani ma’lum vaqtgacha boshqarishni topshirish.
Ovozga qoʻyish - “Qarshi”, “Rozi”, “Betaraf” - dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlaming fikrlarini sinf boʻyicha ovozga qoʻyish, har bir fikr boʻyicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash, tomonlaming dalillarini va fikrlarini tinglash, soʻng yana ovozga qoʻyish, xulosalash.
Aqliy hujum - umumiy muammo boʻyicha oʻquvchilami ijodiy ishga, oʻzaro muloqotga chorlash. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish, uning yechimini topish uchun oʻquvchilarni jalb qilish, turli yechimlar taqdimotini eshitish, yechimlarni solishtirish va tanlash, xulosalash.
Konkurslar - oʻtilgan ma’lum bir bob mavzulari boʻyicha olingan bilimlarni baholash maqsadida viktorina yoki guruhlar oʻrtasida oʻtkaziladigan savol-javoblar musobaqasi.
Mustaqil ishlash - vaqti-vaqti bilan oʻtkazib turiladigan, oʻquvchilaming mustaqil oʻrganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan shugʻullanish koʻnikmalarini shakllantiradigan, har bir oʻquvchiga alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish, oʻquvchilaming amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa-muloqot yordamida yoʻnaltirib boshqarish va nazorat qilish.
Lug'at bilan ishlash (diktant) - bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli, odatda qisqa vaqt davomida oʻquvchilaming oʻtilgan atama va tushunchalami bilish darajasini tekshirish uchun oʻtkaziladi.
Konferensiya - oraliq nazoratning bir turi boʻlib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular boʻyicha mustaqil yozilgan ishlarning og'zaki ma’ruza koʻrinishidagi taqdimoti.
Tadqiqot - oʻzlashtirish darajasining eng yuqori choʻqqisi, oʻquvchilarning olgan bilimlari asosida hali oʻrganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi, keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida toʻgʻri yoki notoʻg'riligini tekshirish. Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uygʻotadigan muammoni yoki masalani qoʻyish, uni oʻrganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar toʻplash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik toʻgʻriligini toʻplangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish. Endi bu uslublarning ba’zilari ustida batafsilroq toʻxtalamiz.

  1. Aqliy hujum” usuli ”

“Aqliy hujum” usulidan foydalanilganda, odatda mashgʻulot ikki bosqichdan iborat boʻladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi (aqliy hujumning oʻzi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar oʻrtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
“Aqliy hujum”ning birinchi bosqichini oʻtkazishga oid tavsiyalar:
Muammoni aniq va ravshan qoʻyish lozim!
“Aqliy hujum” oʻtkazish uchun asos boʻlgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qogʻozga (yoki doskaga, oʻquv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi koʻrinadigan joyga osib qoʻygan ma’qul.
“Aqliy hujum”-bitta muammo! - har bir “aqliy hujum" faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Shartlashuv - “aqliy hujum”ni oʻtkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq-ravshan, tushunarli boʻlishi kerak. Shartlar asosida mashgʻulotni oʻtkazish tartib-qoidalari tuzilgan va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga koʻrinadigan joyga yozib qoʻyish lozim.
Demokratiya - “aqliy hujum”ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. “Aqliy hujum" vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot yuritishni ta’minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.
Bemalol, istalgan gʻoyalami taklif qilish va tanqid qilmaslik - “aqliy hujum”ning birinchi bosqichida birorta ham gʻoya muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan gʻoyalar taklif etish qoʻllab-quvvatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma’lumot toʻplanadi. Qancha koʻp g'oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan gʻoya va fikrlarni toʻldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi.
Asoslamaslik-biror bir gʻoyani taklif etgan kishi oʻz yechimini asoslamasligi va oʻzi ham oʻzgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa gʻoyalar tugʻilishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Rasmiylashtirish - har bir fikr, taklif va gʻoyalar yozib borilishi lozim. Oʻqituvchi birinchi bosqich davomida bildirilgan gʻoyalami yozib boruvchi kotibni belgilashi lozim. Gʻoyalarni doskaga yozib borish lozim. Vaqtni tejash hamda oʻz fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga oʻz gʻoyalarini qogʻozga yozib, sinf doskasiga skotch yordamida yopishtirib qoʻyishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda quyidagi tartibga amal qilish lozim: bir varaq-bitta gʻoya-bitta soʻz (ibora).
Vaqtni chegaralab qoʻyish - gʻoyani ifodalash uchun qisqa vaqt ajratilishi zarur.
Nazorat qilish va tartibga solish-“aqliy hujum” ning birinchi bosqichi odatda kuchli emotsionai-ruhiy vaziyatda oʻtkazilgani uchun, oʻqituvchi mashgʻulotning borishini nazorat qilishi hamda oʻquvchilarning bir-birlari bilan bahslashish, munozara qilish va bir-birining gʻanimi boʻlishga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ikkinchi bosqichda, ya’ni gʻoyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgan yechimlar, qarorlar muhokama etiladi, guruhlarga ajratiladi. Takrorlangan fikrlar birlashtiriladi, eng asosiy 3-4 ta gʻoyalar saralanadi (makrosaralash). Soʻngra tanlab olingan asosiy gʻoyalardari eng maqbullari yana saralanadi (mikrosaralash). Mikrosaralash davomida ajratib olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va cheklangan tomonlariga baho berib chiqish mumkin.

  1. Kichik guruhlarda ishlash” usuli

Oʻquvchi mayda guruhlarda ishlaganda, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida boʻlishga, bir-biridan oʻrganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega boʻladi.
Qoʻllash bosqichlari va ular boʻyicha tavsiyalar:

  1. Faoliyat yoʻnalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bogʻliq boʻlgan masalalar belgilanadi.

  2. Guruhlar belgilanadi. Oʻquvchilar guruhlarga 5-8 kishidan boʻlinishlari kerak.

  3. Oʻquvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak. Aniq koʻrsatmalar beriladi.

  4. Kerakli asos yaratiladi.

  5. Qoʻllab-quvvatlab va yoʻnaltirib turiladi.

  6. Muhokama qilinadi.

Guruhlarda ishlash qoidalari qanaqa?
Ta’lim oluvchilarni guruhlarda ishlashga oʻrgatish oʻta muhimdir. Avvalambor ta’lim oluvchilar, ya’ni guruh a’zolari oʻz majburiyatlarini bilishlari va bajarishlari zarur. Ular quyidagilardan iborat:

  • har bir a’zo oʻrtoqlari fikrini eshitishi lozim;

  • har bir a’zo ishda faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan boʻyin tovlamasligi kerak;

  • har bir a’zo, zarurati boʻlganda boshqalardan yordam soʻrashi mumkin;

  • har bir a’zo, undan yordam soʻrashganda, boshqalarga oʻz yordamini berishi kerak;

  • har bir a’zo guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi kerak;

  • har bir a’zo oʻzining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi kerak;

har biz a’zo konkret vazifani bajarishda, oʻzining vazifasini bilishi kerak.

  1. Tadqiqot va loyiqa usullari


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish