Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti



Download 0,67 Mb.
bet13/22
Sana12.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#779060
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qollashning nazariy asoslari

Yakuniy jadval




1-V

2-V

3-V

4-V

5-V

Jami

Oʻrin

Ball

1-G

500

425



















2-G

425

350



















3-G

350

500





















Soʻngra oʻqituvchi guruhlaming toʻplagan pullariga qarab oʻquvchilarni baholaydi. Eng koʻp pul toʻplagan guruh oʻquvchilariga 5 ball, keyingi 2 ta guruhga 4 balldan, keyingi 3 ta guruhga 3 balldan va hokazo, qoʻyish mumkin.

  1. Bahs-munozara va musobaqa usullari

Bahs-munozarani oʻtkazish yoʻl-yoʻriqlari:

  • oʻqituvchi munozara mavzusini tanlaydi va oʻquvchilami munozaraga taklif etadi; oʻqituvchi oʻquvchilarga muammo boʻyicha “aqliy hujum” oʻtkazishga chorlaydi va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi;

  • oʻqituvchi “aqliy hujum” vaqtida bildirilgan turli gʻoya va fikrlarni yozib boradi yoki bu ishni bajarish uchun oʻquvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻz fikrlarini bildirishlariga sharoit yaratib beradi;

  • oʻqituvchi ikkinchi bosqichda “aqliy hujum” davomida bildirilgan fikr va gʻoyalarni oʻquvchilar bilan birgalikda, guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va ularni tahlil qiladi. Tahlil natijasida qoʻyilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.

  1. Express-testlar

Exspress-testlar odatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil amaliy topshiriqlardan yoki testlardan iborat boʻladi. Exspress-testlarni darsning ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min) oʻtkazish mumkin. Topshiriqlar koʻp variantli tizimda varaqlarda tarqatiladi.Bu testni oʻtkazishdan asosiy maqsad oʻquvchilar DTS minimal talablarini oʻzlashtirganliklarini tezkor ravishda aniqlab olishdan iborat.
Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat boʻlishi mumkin:

  • Boʻsh qoldirilgan joylarni zarur soʻzlar bilan toʻldiring.

  • Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltirilgan soʻzlardan mosini tanlang va tagiga chizing.

  • Toʻgʻrisini toping.

  • Ikki tasdiqdan toʻgʻrisini ajrating.

  • Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping.

  • Quyida keltirilgan soʻzlarning ma'nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni

tuzing.

  • Geometrik tushuncha va atamalar talqiniga koʻra jumlani davom ettiring. Quyida keltirilgan formulalar qaysi geometrik shaklga tegishli ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating.

  • A ustunda berilgan atamaga В ustundagi tegishli talqinni mos qoʻying.

  • Andazaga koʻra masala tuzing va uni yeching.

  • Sonli yozma ish.

  • Oʻqituvchi doskada bir nechta atamaning nomlarini yozib raqamlab chiqadi. Soʻng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini ixtiyoriy tartibda oʻqiydi. Oʻquvchilardan esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari soʻraladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8 koʻrinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil boʻladi.



3-§. Geometriyani oʻrganish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning
xususiyatlari
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar oʻquv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya oʻqituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha boʻlgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi.
Toʻrtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qoʻllashga asoslanganligi sababli, ularning qoʻllanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri joriy etilishi oʻqituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba oʻquvchidan koʻproq mustaqilliqni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba oʻquvchini kim oʻqitayotganligi va oʻqituvchi kimni oʻqitayotganiga bogʻlik.
Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashgʻulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir boʻlayotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni oʻzlashtirish va oʻzlashtirgan bilimlarini oʻzlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy oʻqitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qoʻllanishiga oid bilimlar, tajriba oʻquvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega boʻlishlarini ta’minlaydi.
Ushbu paragrafning bayonini uzoq vaqtlarda aytilgan rivoyatdan boshlaymiz.
Kunlardan bir kun koʻl boʻyida qorni och qolgan bir kishi baliq tutib turgan donshimandga duch kelibdi va unga murojaat silib: “Men ochman, menga yordam ber”. Donishmand quyidagicha javob beribdi: “Men senga baliq berishim mumkin, sen tez toʻyasan va biroz vaqt oʻtgach, xuddi shunday yana och qolasan va mendan yana yordam soʻraysan. Men senga qarmoq berishim mumkin, lekin u qachondir sinib qolishi mumkin, unda sen menga yana murojaat qilishingga toʻgʻri keladi. Yaxshisi, men senga qarmoq yasashni oʻrgataman, bu uzoq, va qiyin, lekin keyinchalik senga mening yordamim kerak boʻlmaydi. Oʻz yoʻlingni tanla ...”.
Yuqorida keltirilgan rivoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, yaxshi oʻqituvchi oʻquvchiga “qarmoq yasashni” oʻrgatishi va aqlli oʻquvchi esa uni oʻrganishi lozim. Oʻquvchilar “qarmoq yasashni” qanchalik tez va mustahkam oʻrganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muhtoj boʻlmasdan oʻz “ovlariga” ega boʻladilar. Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qoʻl kelishini tadqiqotchilar tomonidan turli ta’lim muassasalarida oʻtkazilayotgan koʻpgina pedagogik tajribalarining natijalari tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar oʻz sohalari boʻyicha olib borayotgan mashgʻulotlarida innovatsion texnologiyalarni oʻz oʻrnida qoʻllashni bilishlari oʻta zarur.
Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda koʻpayib ketgan. Biz ularning ta’lim muassasalarida keng tarqalganlari, oʻqitiladigan aniq fan va predmetlarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ba’zi pedagogik texnologiyalarning foydalanish uslubiyati va xususiyatlarini keltiramiz. Yuqorida bayon qilingan dasturda keltirilgan oʻquv mashgʻulotlari va tarbiya jarayonlarida qoʻllaniladigan interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarning xususiyatlarini sanab oʻtamiz.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish