Rejalashtirish - faoliyat ko’rinishlaridan biri bo’lib, ta`lim strategiyalarini aniqlash, kelgusida qanday natijalarga erishish ko’zda tutilayotganligi, ta`lim samaradorligi, buning uchun qanday harakatlar, qanday izchillikda va qaysi muddatda bajarilishi kerakligi ya`ni nima, qaerda va qaysi tartibda amalga oshirilishi lozimligini belgilab beradi. Faoliyatni rejalashtirish kelgusida amalga oshiriladigan ishning maqsadi, tarkibi, tuzilmasi va bajarish muddatlarini belgilash demakdir.
Ishni tashkil etish - pedagogik jamoaning birgalikda samarali ishlashlari uchun kim va qanday ishni bajarishi, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligini, kim bilan va qay yo’sinda o’zaro munosabatda bo’lish lozimligini belgilash, taqsimlashni hal etish jarayonidir.
Boshqaruvchining rejalashtirish va tashkil qilishni to’gri bajarishi tufayli ta`lim tashkilotidagi jamoani samarali birlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Pedagogik jamoadagi qulay ijtimoiy - psixologik muhitni saqlab turish uchun boshqaruv sub`ekti amalga oshiradigan hatti-harakatlar uygunligi rahbarlik qilish deb ataladi.
Xulosa sifatida ta`kidlash lozimki, kelajagimiz egalari bo’lmish yosh avlodni zamon talablari darajasida o’qitish kelajakda barkamol inson, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalashdek murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal etish ko’p jihatdan pedagogning kasbiy mahorati, bilimdonligi, ijodkorligi, pedagogik va innovatsion axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o’quv - tarbiya jarayonini tashkil etishi va boshqarishiga bog`liqdir.
3.2. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida M.Montessori metodikasidan foydalanishning tajriba sinov ishlari natijalari
Tajriba sinov ishlari Payariq tumanidagi …-DMTTda o`tkazildi va tajriba-sinovdan olingan natijalar Samarqand viloyat Payariq tuman maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan bo`lib o`tgan ko`plab seminar-treninglarda foydalanildi. Tajriba-sinovning maqsadi MTTlarda Montessori metodikasini ta‘lim jarayoniga tadbiq etish va shu orqali MTT tarbiyalanuvchilari mayda qo`l motorikalarini rivojlantirishning samarali pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni aniqlash va tanlangan MTTlarda sinovdan o`tkazishdan iborat.
Tajriba-sinov ishlari to‘rt bosqichda, ya’ni ta’kidlovchi, izlanuvchi, shakllantiruvchi hamda yakunlovchi bosqichlarda amalga oshirildi. Eksperimental tadqiqotlar jarayonida Mariya Montessori metodikasi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda qo`l motorikasining rivijlanish darajasi tajriba boshida va yakunidagi natijalarni aniqlash bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zlashtirishlari ko‘rsatkichlari Styudent mezoni asosida matematik-statistik tahlil etildi.
Tajriba maydoni sifatida Payariq tuman …-MTTning 2 ta guruhi tarbiyalanuvchilari tanlandi. Tajriba maydoni bo‘lgan MTTda sinov ishlariga jalb etilgan bolalarning jami soni 52 nafarni tashkil etdi.
Tajriba maydonlari sifatida belgilangan MTT tabiyalanuvchilari soni
Do'stlaringiz bilan baham: |