Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-BOB. Maktabgacha ta`lim tashkilotida Mariya Montessori metodikasidan foydalanishning samaradorligi



Download 357,08 Kb.
bet2/39
Sana10.05.2022
Hajmi357,08 Kb.
#601809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
DISSERTATSIYA D.Gafurova 05 2021

3-BOB. Maktabgacha ta`lim tashkilotida Mariya Montessori metodikasidan foydalanishning samaradorligi.
3.1. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida M.Montessori metodikasidan foydalanish yo`llari.
3.2. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida M.Montessori metodikasidan foydalanishning tajriba sinov ishlari natijalari.
Uchinchi bob bo`yicha xulosa
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Ilovalar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Ta’lim sohasida ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish, xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish O’zbekistondagi yosh avlodning barkamol avlod bo’lib voyaga yetishishiga yordam beradi. Mamlakatimiz istiqboli, dunyo hamjamiyatidagi obro’-e’tiborining ortishida salohiyatli va bilimli yoshlarning o’rni benihoya kattadir. Bunday yoshlarning shakllanishi uchun esa ularning juda kichikligidanoq zamin qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz ulug’ bobolarimizning munosib davomchilari bo’ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo’q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani–buhamhaqiqat. Zotan, islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivojlanishi bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo’laolishimiz bilan uzviy bog’liq.”
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quv-metodik adabiyotlar, o’quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo’yicha sohaga oid bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli,“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qarorlari, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoyishi shular jumlasidandir.
Yuqoridagi qaror va Farmoyishlarning ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga davlat talablarini, zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Prezidentimiz huzurida 2017 yil 16 avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yilgan edi. Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o’rni hamda respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi ekanligi ta’kidlangan.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi 2017-2021-yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriyetish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligin ita’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanadat akomillashtirishni taqozo etadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning markaziy muammosi - bola shaxsini rivojlantirish va uning ta’lim jarayonidagi erkinligini ta’minlash orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Mariya Montessorining pedagogik tizimi maktabgacha yoshdagi bolaga alohida yondashuvga asoslanadi. Bola o`z-o`zini rivojlantirishga qaratilgan, o`z didaktik materialini o`zi tanlaydi va darslarning davomiyligini o`z ritmida rivojlantiradi. Bu uslubning asosiy jihati, ya'ni har bir bolaning yagona va takrorlanmasligiga bo'lgan ishonch, o'ziga xos rivojlanish rejasi, bolani o'rab turgan dunyoni o'rganish usullari va muddati ham kishining e'tiborini o'ziga tortadi.
Bola o'z iqtidorini rivojlantirishi uchun Montessori muhitida imkoniyat katta. Buning uchun bolaga dunyo to'g`risidagi bilimlarini bir tizimga solishga yordam beradigan tayyor muhit yaratilgan. Bunda mashg`ulotlar bolalar uchun maxsus tayyorlangan, rivojlanish markazlarida, ya'ni amaliy hayot mashqlari, sensor, til, matematika sohalari hamda kosmik yoki tabiiy-ilmiy tarbiya sohasida joylashgan materiallar bilan o'zaro bog`liqlikda olib boriladi.
Mariya Montessorining pedagogik tizimi maktabgacha yoshdagi bolaga alohida yondashuvga asoslanadi. Bola o`z-o`zini rivojlantirishga qaratilgan, o`z didaktik materialini o`zi tanlaydi va darslarning davomiyligini o`z ritmida rivojlantiradi.
Shubhasiz, mazkur uslubning asosiy jihati, ya'ni har bir bolaning yagona va takrorlanmasligiga bo'lgan ishonch, o'ziga xos rivojlanish rejasi, bolani o'rab turgan dunyoni o'rganish usullari va muddati ham kishining e'tiborini o'ziga tortadi. Shuning uchun Montessori uslubi bolaga dunyoni o'z rivojlanish tempida o'rganish, ish uchun u yoki bu materiallarni o'zi tanlash imkonini beradi. Bola o'z iqtidorini rivojlantirishi uchun esa Montessori guruhida imkoniyat katta. Buning uchun bolaga dunyo to'g`risidagi bilimlarini bir tizimga solishga yordam beradigan tayyor muhit yaratilgan. Bunda mashg`ulotlar beshta rivojlanish zonasida, ya'ni amaliy hayot mashqlari, sensor, til, matematika zonalari hamda kosmik yoki tabiiy-ilmiy tarbiya sohasida joylashgan materiallar bilan o'zaro bog`liqlikda olib boriladi.
Albatta, hamma ham bolasini maktabgacha ta`lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega emas, shunday hollarda Montessori uslubi qulayligi bilan ajralib turadi. Mazkur uslubdan foydalanib, bola uchun tayyor, rivojlantiruvchi muhitni uyda ham yaratsa bo`ladi! Bola o'z hayotining ko'p qismini oilada o'tkazadi va shuning uchun hech qanday pedagogik ta'sir oila ta'sirini yenga olmasligi esingizda bo'lsin.

Download 357,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish