Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti



Download 357,08 Kb.
bet22/39
Sana10.05.2022
Hajmi357,08 Kb.
#601809
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
DISSERTATSIYA D.Gafurova 05 2021

Yu.I.Fausek3 2008 “Insonda hech bir tuyg`u intellektual tuyg`udek mahsuldor bo`lishi mumkin emas. Kimki katta kashfiyotlar qilgan bo`lsa, u albatta beqiyos insoniy zavqlanishni tuyadi.
Ruhshunoslar bu zavqlanishni hissiyot bilan ifodalaydilar. Fiziologlar esa taqqoslab ko`rib, quvonch ham ichki ruhiy yuksalishning belgisi hisoblanadi, deb ta`kidlaydi. Xuddi og`irlikka vaznning qo`shilishi jismoniy o`sishning belgisi bo`lgani kabi. Go`yoki bolalar bilim olish bilan o`zidagi ichki shakllanishni his etayotgandek, bu tuyg`ularni cheksiz quvonch bilan ifodalaydilar”, deydi Montessori.
Montessori shunday deydi: “Bizdagi o`zimiz uchun yangi va haqiqatda yaxshi nimadandir faxrlanish hissi barcha bolalarda namoyon bo`ladi. Ular nimanidir, mayli u juda oson bo`lsin, qilishni o`rganib olganlarida sakrashadi va bo`ynimizga osilib: Men buning hammasini o`zim qildim, axir siz buni qila olishimni bilmas edingiz. Bugun men buni kechagidan ham yaxshi qilib bajardim, deydilar ”.
O`z ichki ruhiy ehtiyojiga tamomila javob beruvchi vositani topib, bolalarning har biri o`z intellektini rivojlantirish va takomillashtirish uchun o`z yo`lini tanlab oladi. Montessorining fikricha, bu yo`llar daholik yo`llari mohiyati hisoblanadi. Ularning tavsifi diqqatning jadalligida, barcha tashqi omillardan ajratuvchi o`ta berilib ishlashda, sodiqlik va fidokorlikda namoyon bo`ladi. Xuddi daholardagi kabi fikrni bir nuqtada jamlash samarasiz ketmaydi.
MONTESSORI TA`LIMI NAZARIYASI: Montessori ta`limi nazariyasi vrach – pedagog Mariya Montessori yaratgan maktabgacha tarbiya metodikasi maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash borasidagi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Uning qimmati nafaqat o`z oldiga qo`ygan maqsadlarining o`ziga xosligidan kelib chiqadi, balki uning muhim biologik bilimi va amaliyotda qo`llash orqali tadbiq etilgan pedagogik yutuqlari tahsinga sazovordir. Montessori uzoq muddat psixiatr bo`lib faoliyat yuritib kelgan. Inson ruhiyati bilan bogliq ravishda yuzaga chiquvchi kasalliklar va ular bilan kurashishning amaliy choralarini biladigan shifokorgina pedagogika tizimiga o`sha asosni, hanuzgacha zarurat sezilayotgan, nafaqat jismoniy asos, balki bolaning ruhiy gigiyenasini olib kirishi mumkin edi.
Mariya Montessori pedagog – vrach sifatida bizning hurmatimizga ega va kelajak avlod oldida ham o`z mavqeini yo`qotmaydi. Montessoriga biologik asoslarga tayanadigan pedagogik tizimda murakkab va qiyin sintezlarni amalga oshirish ma`lum bo`lgan. Bir tomondan, organizmning ijodiy va tashkilotchilik kuchiga erkin rivojlanishning yo`nalish va rivojlanish sur`atini zo`riqtirmasdan taqdim etish lozim. Boshqa tomondan, insonnig ruhiy energiyasini iqtisod qilish kerak, bizga psixopatologiya o`rgatadigan, chegaralangan, madaniyatning o`sishi bilan ko`payadigan kasalliklardan odamlarning asab tizimini saqlash lozim.
Montessorining fikricha, nafaqat pedagogik nazariyaga, balki amaliy pedagogikaga singib ketish lozim. Bu qadar qiyin va mas`uliyatli sintezni faqatgina uyushqoq sharoitda bolani o`zini – o`zi tarbiyalash yo`li bilangina amalga oshirish mumkin. Bunday sharoitda ilmiy faktlarga muvofiq ravishda hamma narsa taqdim etilishi lozim, ular bolaning psixo-fiziologik taraqqiyot davomida, uning ruhi va tanasini kasalliklardan saqlash uchun kerakli hamda yetarli hisoblanadi.
Montessori metodikasi bo`yicha, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:

  1. Bola shaxsini shakllantirish va muvofiqlashtirilgan psixo – jismoniy reaksiyalar mahsuliga ko`maklashish;

  2. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish;

  3. Tashqi hissiyotlarini tarbiyalash orqali hali to`liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki odatda diqqat, intellekt va iroda to`liq rivojlanmagan bo`ladi;

  4. Yuqori intellektual hissiyotlarni (mehnatga bo`lgan qiziqish, erishilgan yutuqdan quvonish), etik va estetik tuyg`ularini tarbiyalash;

  5. Odatiy, bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo`lish;

  6. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish kabi amaliy tushunchalarga mos keluvchi so`z boyliklarini oshirish;

  7. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlarga muvofiq tarzda mustaqil ishda va o`z – o`ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarini rivojlantirish.

Ushbu ko`rsatrilgan o`z pedagogik maqsadlariga erishish uchun Montessori yaxshi sharoitda bolaning o`zini tarbiyalash usulini tavsiya etadi.
O`ziga xos didaktik materiallar orqali ma`lum sharoitni tashkillashtirish o`z maqsadiga ko`ra tarbiyaviy shartlar yig’indisi bilan chambarchas bog`liqdir. Montessori usulining barcha qismlari xuddi tirik organizmdagi alohida funksiyalar kabi bir – biri bilan uzviy bog`langan va ajralmasdir.
Montessori didaktik materiallari xususiyati va tuzilishiga ko`ra hissiy idrok etishni shakllantirishi bilan mashhurdir. Ularda matematik aniqlik bilan maqsadga erishilgan. Uning asosiy maqsadi barcha tuyg`ularni tarbiyalash, bevosita vazifasi har tomonlama bolaning ruhiy faolligini mashq qildirishdir. Montessori didaktik materiallari maktabgacha yoshdagi bolalarga predmetlarning to`g`ri va aniq belgilariga ko`ra ajratib olish imkoniyatini beradi. Ularning o`xshashligi va farqini xususiyatiga ko`ra ajratadi. U bolaga idrok qilishning murakkab komplekslarini, dastlab butundan ajralmagan holda, qabul qilingan aniq ob`ektlar bilan bog`liq holda ajratish va tahlil qilishni o`rgatadi. Montessori materiallaridagi ajratib olingan muayyan sifatlarning aynan aniqligi va tushunarliligi bolaning rivojlanmagan ongida o`z ifodasini topib, tashqi olamni shakl va o`lchamlar, rang va ohanglar orqali anglay boshlaydi. Bu materiallarning vazifalari kengroq va chuqurroq bo`lib, faqatgina sezgilarni tarbiyalash emas, u barcha psixik funksiyalarni mashq qildirish, to`g`ri fikrlash va xulosa chiqarishni rivojlantirish va o`zini – o`zi shakllantirish jarayonida bolaning psixo – fizik jihatdan rivojlantirishni tartibga solishga xizmat qilishi kerak. Bu jihatdan u o`zida tabiiy tamoyillarga mos keluvchi, ya`ni maktabgacha yoshdagi bolalarda o`zgarmas harakatlanuvchi reaksiyalarni, aniq va zarur qoidalarni mujassamlashtirgan. Materialning qiymati shundaki, u bolani aniq va maqsadli yo`naltirishni yuzaga keltiradi. Yana bir muhim o`ziga xosligi o`zida xatolarni nazorat qilishni mujassamlashtirishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga xatolarni mustaqil aniqlash va tuzatish imkoniyatini berish bilan materialning o`zi uning tomonidan yuqori tashabbuskorlikni yuzaga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar materiallar bilan ishlashda, xatolarni mustaqil tuzatishda uning o`zi tomonidan amalga oshirilishi shart.
Montessori pozitsiyasiga ko`ra bolani tarbiyalashda o`yindan asosiy vosita sifatida foydalanilib, o`yinda bolaning erkin ijodiga imkoniyat yaratilishi lozim.
Montessori fikriga ko`ra, maktabgacha yoshda diqqatni jamlash maqsadida mashg`ulotlar faqatgina ixtiyoriy qiziqishlar asosida olib boriladi. Ishni tanlash, mashg`ulotning sur`ati va davomiyligi – barchasi uning qiziqishlari asosida yuzaga chiqadi. Insonlar o`zlariga qiziq bo`lmagan ishni uzoq muddat qat`iyat bilan va vijdonan bajaradilar, deb o`ylash xom xayoldir. Bunga faqat istisnoli tabiatlilargina qodir bo`lishadi. Insonda tishni – tishga qo`yib, uzoq muddat o`zini qiynash orqali biror – bir natijaga erishib bo`lmaydi. Mehnatga layoqatli, quvnoq, mehnatni sevuvchi ijodkor shaxs bunday shakllantirilmaydi. Insonda shunday rang – barang va o`zgaruvchan qiziqishlarni tarbiyalash kerakki, har bir ishda mustaqil ijodiy yondashuvni talab qiluvchi muammolar kuzatilsin. Bolalarda bunday qiziqishlarni rivojlantirish maktabgacha yoshdan boshlanishi kerak. Hattoki o`ta qiziq ob’ektga ham diqqatni jamlash birdan yuz bermaydi. Kichik yoshdagi bola e`tiborini jalb qiluvchi o`yinchoqlarni ko`rganda ham diqqatni jamlash holatida bo`lmaydi. Diqqatni jamlash barcha yuqori murakkab ruhiy jarayonlar tarkibiga kiruvchi zaruriy unsur hisoblanadi.
Montessori, - yaroqsiz ya`ni kichik o`lchamdagi ko`rgazma qurollar maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishlarini uygo`tmaydi, kublar va xar xil geometrik shakllarni qog`oz kartondan tayyorlashga ruxsat etilmaydi, chunki, ularni u joydan bu joyga olishda kuch ishlatib, muskullarini mashqlantira olmaydilar. Natijada o`z imkoniyatlaridan to`la foydalanmaslik ularning qiziqishini so`ndiradi, xech qanday zarurat sezmaydi. Ularga yolg`ondakam narsalar kerak emas, balki ma`lum og`irlikka ega predmetlar kerak, - deb hisoblaydi.
Mariya Montessori fikricha, “Hayot bizdan voqelikni aniq qabul qilishni va unda to`g`ri yo`nalishni tanlay bilishni, shu bilan bir qatorda tashqi ta`sirlarni aniq va tez his etishni talab qiladi. Kattalar bolalarning aql – zakovati bilan bajarilgan ishlarning jiddiy va zarurligiga e`tibor bermaydilar. Ular bolalar ongida tashqi olamni bilish jarayonini yengillashtirishmaydi, aksincha yengiltaklik bilan ish tutib, bola ongini har xil bema`niliklar, uydirmalar bilan zaxarlab, bog`cha yoshidagi bolalarning ongida rivojlanayotgan voqe`likning jarayonlar tartibini buzib yuboradilar. Shuning uchun ko`plab insonlar hayotining oxirigacha o`zlarining ichki dunyolaridagi tartibsizlikdan, mantiqsizlikdan qutila olmaydilar. Ular tashqi olamni noto`g`ri qabul qiladilar. Hatto o`zlarini ham tushuna olmaydilar. Natijada turmush tashvishlari oldida egilib, ba`zan esa ruhan sinib qoladilar. Shuning uchun bog`cha yoshidagi bolalar rivojlanishida bola qiziqishi, uning huquqlari birinchi o`ringa qo`yilishi lozim”.
Montessori psixiatr mutaxassis sifatida achchiq kinoyalar bilan, bolaga berilayotgan materialning ko`pligi va xilma – xilligi bolaning fikrini ham xuddi ko`zni jimirlatgandek tumanlashtirib yuboradi. Natijada bu quyuqlashib borayotgan tumanlik holatida rang, o`lcham va shakllar aralashib ketadi. Hammasi zudlik bilan o`tib ketadi. Shu bilan bir vaqtda so`z to`foni uzoq vaqt yana davom etaveradi. Tashqi tartibsizlik ichki mantiqsizlik bilan birlashadi. Bu ma`lumotlarning bunday miqdorda va tezlikda berilishiga maktabgacha yoshda bo`lgan bolaning asabi va ongi aynan bir vaqtda ularni qabul qilishga tayyor emas. Bu vaqtda maktabgacha yoshdagi bolaning ruhiyati hali bu talab darajasida takomillashmagan. Bu usul bilan bolaning kelgusida mustaqil tajriba orttirishiga yo`l ko`rsata oladigan aniq va ma`lum bir darajada bilimni singdirib bo`lmaydi. U mustaqil kuzatmaydi, fikrlamaydi va shug`ullanmaydi, natijada voqe`likni bilish jarayoniga erkin moslashmaydi, - deb ta`kidlaydi.
Montessori maktabgacha yoshdagi bolalarga katta miqdordagi bilimni yuklashga shoshilmaydi. Rivojlanishning barcha bosqichlarida bolaning imkoniyati inobatga olinishi kerak, zero yo`qotilgan imkoniyatlarni tiklab bo`lmaydi, bolaning maktabgacha bo`lgan yosh oralig`i ruhiy faollik har tomonlama mashq qildiriladigan davrdir, deb fikrlaydi.
To`g`ri tarbiyaning asosiy masalasi bu – insonning ruhiy, jismoniy salomatligini saqlash va rivojlantirishni ta`minlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bola tashqi olamni aniq qabul qilishga ishtiyoq bilan intiladi. Bola uchun aniq bilimlar zarurdir. Bu narsani u takroriy mashqlar natijasida intilish bilan o`zlashtiradi va yodida saqlab qoladi. Undagi bebaho biologik – bu tirishqoqlik va intilishlar tez – tez sabrsiz va qo`pol kattalar tomonidan so`ndirilmasligi kerak. Bu yo`lda bolalarga ongli yordam va qo`llab – quvvatlash talab etiladi. Bolaning aniq, ravshan va mustahkam o`zlashtirishi, hayot tajribalarining yig`ilishi natijasida uning ongida shunchaki bilimga asoslanish emas, balki aniq ma`lum bir yo`nalishdagi bilimga, tajribaga asoslanish tizimi paydo bo`ladi. Buning asosida tashqi olam to`g`risida yangi taassurotlar ya`ni aniq qabul qilish bilan mos keladigan tasvirlashlar yuzaga keladi.
Barchamizga ma`lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xayolot yetakchi funksiya hisoblanadi. U ruhiy faoliyatning ancha ijobiy tomoni sanaladi. Ijodiy tasavvur deganda tajribada to`plangan ma`lumotlardan yangi va betakror obrazlar yaratuvchi ruhiy jarayon nazarda tutiladi. Montessori metodikasi bolada mavjud ijodiy faollikni qo`llab – quvvatlaydi hamda mustahkamlaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga tashkillashtirilgan sharoitda imkon qadar keng mustaqil faoliyat olib borish imkonini beruvchi Montessori metodikasi unga kichkinagina shaxsiy hayotini shaxsiy ijod hodisasiga aylantirishga ham sharoit yaratadi. U boladan mehnat jamoasining ijodiy faol a`zosini tayyorlaydi. Bunday ijodiy faollik, kelgusida ijodiy tasavvurning biror shakliga aylanish – aylanmasligi tabiiy qobiliyatga bog`liq bo`ladi.



Download 357,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish