Montessori ta'limi quyidagi bo'limlarda:
- amaliy hayotga tayyorgarlik mashqlari
- sensorik tasavvurlarni rivojlantirish
- nutq o'stirish, o‘qish va yozishga o'rgatish
- matematika
- fazoviy bilimlar
- Tasviriy faoliyat
- laboratoriya
Barcha jihozlar bola yoshiga mos va ochiq joyda joylashgan bo'lishi kerak. Bola zavq bilan biror o'yinni o'ynayotgan paytda boshqa mashg`ulotga chalg`itish Montessori pedagogikasiga zid. Mariya Montessori texnologiyasida asosan bolaning mustaqilligi yotadi. «Bolani majburlamang, bolaning erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyat bering, eng asosiysi hamma narsa bola uchun qiziqarli bo'lishi lozim» - deydi Mariya Montessori.
Mariya Montessori o'z metodikasida bolani tabiiy sharoitlardagi kuzatuvlariga asoslangan. Doktor Montessori bolaning mustaqil rivojlanishi uchun tabiiy maxsus sharoitlar yaratdi. Montessori metodikasiga asosan, bola o'ziga yoqqan, o`zi uchun qiziqarli bo'lgan mashg`ulotini tanlash erkinligiga ega bo'ladi, bolada mustaqillikni va o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantiradi. Bilimni faoliyat orqali mustaqil olishga o'rgatadi. O'z–bilim malakalalarini takomillashtira borib, bolada mustaqillik va o'ziga ishonch ham rivojlanadi. Montessori metodi bolada ta'lim jarayoniga tabiiy intilishni yuzaga keltiradi. Ta'limning keyingi bosqichiga dadil, ishonch bilan o'tishga zamin tayyorlanadi. Bolaga uni o'rab turgan muhit o‘qituvchilik qiladi . Montessori maktabida bola maxsus ishlab chiqilgan materiallarga tayanib bilim oladi. Ular sodda, qiziqarli, bolani mustaqil ishlashga undaydi. Ulardan foydalanganda bola uchun o'z xatolarini o'zi tuzatishiga imkoniyat yaratiladi. Bolaga uning xatolari haqida kattalarning hadeb ta'kidlayverishi bo'lmagach, o'z–o'zidan uning dadilligi, mustaqilligi oshib boradi. Montessori mashg`ulotlarida bolalar o'zaro musobaqalashmaydi. Bolaning rivojlanish jarayoni qo'llar harakati orqali ham amalga oshadi. Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillaridan biriga ko'ra, barmoqlar uchining harakati inson intellektining taraqqiyot qurolidir. Bu tamoyil asosida bolada turli narsalarning xususiyatlarini bilib olishi, barmoqlarini harakatga keltirib mashq qilishi mumkin. Ushbu jarayonlarda bola ko'z bilan chamalash, diqqatni jamlash xususiyatlari, mantiqiy tafakkurni, irodasini taraqqiy ettirishiga yordam beradi.
Mariya Montessori uslubi bolalarning mustaqil qaroriga asoslanadi: ular o'zlari vazifalarni kattalarning yordamisiz bajaradilar, darslarning uslubini va davomiyligini o'zlari tanlaydilar. Rivojlanish dunyoni o'rganishga asoslangan. O'qituvchi murabbiy rolini o'ynamaydi, faqat bolalarning faoliyatini kuzatadigan va tahlil qiladigan kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Trening davomida fikrlash, sabr-toqat, muvofiqlashtirish, xotira va e'tibor rivojlanadi. Eng muhimi, ota-onalar ushbu texnikani uyda qo'llashlari mumkin, eng asosiysi asosiy qoidalarga amal qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |