78
1.G‘afur G‘ulomning bolalar uchun yozilgan she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar haqida \
gapiring.
2.G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari o‘zbek bolalar adabiyotining ajoyib
namunalari sifati
haqida tushuncha bering.
3.G‘afur G‘ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi haqida gapiring.
4 .Q.Muhammadiyning ijodiy faoliyati qancha davom etgan?
5. Shoir asarlargining mavzusi va g`oyasi haqida ma’lumot bering.
6.“Tabiat alifbesi”ning tarkibiga kiruvchi she’rlar to`plami qanday nomlanadi?
4-MA`RUZA MASHG‘ULOT MAVZUSI:
Zafar Diyor, Shukur Sa’dulla, Po`lat Mo`min va Qudrat Hikmat hayoti va ijodi.
Reja:
3. Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi.
4.Sh.Sahdulla ijodida hayotiy voqealarning haqqoniy badiiy
tasviri, janr rang-barangligi va badiiy xususiyatlari,
obrazlar
talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi.
7.Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi.
8.Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos
xususiyatlari.
9.Qudrat Hikmat dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar.
Zafar Diyor
(1912-1946)
1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust
tumanidagi Samsoqtepa qishlog'ida dehqon oilasida tug‘ildi. 1916-yilda
Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko‘chib keladi. Zafarning otasi dala ishlarida,
onasi esa bosmaxonada mehnat qilardilar. 1927-yilda Zafar to‘liqsiz o‘rta
maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika
texnikumiga o‘qishga kiradi. Texnikumda o‘qib, ko‘proq
ilm-fan sirlaridan
bahramand bo‘lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim
yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko‘rina boshlaydi.
Yigirmanchi yillar oxiri va o‘ttizinchi yillar boshlarida hozirgi „Tong
yulduzi" gazetasida, „Yosh kuch“ va boshqa bolalar jumallarida ilk she'rlari
chop etila boshladi. Zafar Diyoming birinchi she’ri yosh shoirlaming „Qurilish
kuylari" to‘plamida bosilib chiqdi.
Ko‘p o‘tmay, uning birinchi she’rlar to‘plami „Qo‘shiqlar“
nomi bilan
1933-yilda nashr etildi. U Toshkent davlat pedagogika oliygohining til va
adabiyot fakultetiga kirib, o‘qishni davom ettiradi. O‘zbek
hamda qardosh
xalqlar yozuvchilari asarlarini qunt bilan o‘rganadi.
Bo‘lg‘usi shoir 1927 yilda Narimonov nomli o‘zbek erlar bilim yurtiga
o‘qishga kirib, uni 1933 yilda a’lo baholar bilan tugatib, o‘sha yerda adabiyot
muallimi bo‘lib xizmat qildi. 1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika oliy
institutini tugatdi.
1.Zafar Diyorning hayoti va ijodi. Zafar Diyorning “Mashinist” dostonida ilgari surilgan
g‘oyalar.
2. Zafar Diyorning she’riy asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning
ifodalanishi.
5.Po‘lat Mo‘minning hayoti va ijodi. Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi.
6.Po‘lat Mo‘min – qo‘shiqchi shoir.
79
Shoir ijodi garchi erta boshlangan va ko‘pgina she’rlari «Lenin
uchquni», «Yosh leninchi», «Yosh kuch», «Kolxozchi bolalar» kabi
gazetalarda chop etilgan bo‘lsa ham, uning «Qo‘shiqlar» nomli birinchi she’riy
to‘plami 1938 yilda nashr etiladi. Shoirning ijodiy faoliyati
jurnalistika bilan
chambarchas bog‘liqdir. U avval «Lenin uchquni» (1936—1941) gazetasida
mas’ul kotib, 1941 yildan umrining oxirigacha «Qizil O‘zbekiston» gazetasida
bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.
Shoirning «Qo‘shiqlar» to‘plamidan so‘ng «Tantana» (1938), «She’rlar»
(1939), «Bizning qurolimiz», «Bizning oila» (1942), «Sovg‘a» (1944) kabi
she’riy majmualari bosilgan.
Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941—1945) rang-barang
janrlarda samarali ijod qildi. Uning «Qurol bering menga ham!» she’ri H.
Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol!» asariga hamohang.
Shuningdek, «Orzu»,
«Temurchilar maktubi», «Otam kelar yaqinda», «Tabassum», «To‘qqizinchi
may» kabi she’rlari yoshlarni qahramonlik, vatanparvarlik va birodarlik ruhida
tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.
Zafar Diyor mohir bolalar shoiri bo‘lishi bilan birga, bolalarning suyukli
dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat «Baxtli yoshlik», «Uch
og‘ayni» pesalarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik ardoqlanadi. U
adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi, tarjimon va nosir ham edi.
Zafar Diyor 1946 yil 14 aprelda bevaqt vafot etdi. Uning vafotidan keyin
«Kichkina bog‘bon haqida doston» (1947), «Chaman» (1948), «Gunafsha»
(1952), «Asarlar» (1954), «Qanotli do‘stlar» (1958), «Suv bilan suhbat» kabi
to‘plam va saylanmalari nashr etilgan.
BINAFSHA
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan