Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Savol va topshiriqlar
.
 


78 
1.G‘afur G‘ulomning bolalar uchun yozilgan she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar haqida \ 
gapiring. 
2.G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari o‘zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalari sifati
haqida tushuncha bering. 
3.G‘afur G‘ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi haqida gapiring. 
4 .Q.Muhammadiyning ijodiy faoliyati qancha davom etgan?
 
5. Shoir asarlargining mavzusi va g`oyasi haqida ma’lumot bering. 
6.“Tabiat alifbesi”ning tarkibiga kiruvchi she’rlar to`plami qanday nomlanadi?
 4-MA`RUZA MASHG‘ULOT MAVZUSI: 
Zafar Diyor, Shukur Sa’dulla, Po`lat Mo`min va Qudrat Hikmat hayoti va ijodi.
Reja: 
 
3. Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi.
4.Sh.Sahdulla ijodida hayotiy voqealarning haqqoniy badiiy 
tasviri, janr rang-barangligi va badiiy xususiyatlari, obrazlar 
talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi. 
7.Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi. 
8.Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari.
9.Qudrat Hikmat dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar.
 
Zafar Diyor
(1912-1946) 
1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust 
tumanidagi Samsoqtepa qishlog'ida dehqon oilasida tug‘ildi. 1916-yilda 
Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko‘chib keladi. Zafarning otasi dala ishlarida, 
onasi esa bosmaxonada mehnat qilardilar. 1927-yilda Zafar to‘liqsiz o‘rta 
maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika 
texnikumiga o‘qishga kiradi. Texnikumda o‘qib, ko‘proq ilm-fan sirlaridan 
bahramand bo‘lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim 
yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko‘rina boshlaydi. 
Yigirmanchi yillar oxiri va o‘ttizinchi yillar boshlarida hozirgi „Tong 
yulduzi" gazetasida, „Yosh kuch“ va boshqa bolalar jumallarida ilk she'rlari 
chop etila boshladi. Zafar Diyoming birinchi she’ri yosh shoirlaming „Qurilish 
kuylari" to‘plamida bosilib chiqdi. 
Ko‘p o‘tmay, uning birinchi she’rlar to‘plami „Qo‘shiqlar“ nomi bilan 
1933-yilda nashr etildi. U Toshkent davlat pedagogika oliygohining til va 
adabiyot fakultetiga kirib, o‘qishni davom ettiradi. O‘zbek hamda qardosh 
xalqlar yozuvchilari asarlarini qunt bilan o‘rganadi. 
Bo‘lg‘usi shoir 1927 yilda Narimonov nomli o‘zbek erlar bilim yurtiga 
o‘qishga kirib, uni 1933 yilda a’lo baholar bilan tugatib, o‘sha yerda adabiyot 
muallimi bo‘lib xizmat qildi. 1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika oliy 
institutini tugatdi. 
1.Zafar Diyorning hayoti va ijodi. Zafar Diyorning “Mashinist” dostonida ilgari surilgan
g‘oyalar. 
2. Zafar Diyorning she’riy asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning 
ifodalanishi.
5.Po‘lat Mo‘minning hayoti va ijodi. Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi.
6.Po‘lat Mo‘min – qo‘shiqchi shoir. 


79 
Shoir ijodi garchi erta boshlangan va ko‘pgina she’rlari «Lenin 
uchquni», «Yosh leninchi», «Yosh kuch», «Kolxozchi bolalar» kabi 
gazetalarda chop etilgan bo‘lsa ham, uning «Qo‘shiqlar» nomli birinchi she’riy 
to‘plami 1938 yilda nashr etiladi. Shoirning ijodiy faoliyati jurnalistika bilan 
chambarchas bog‘liqdir. U avval «Lenin uchquni» (1936—1941) gazetasida 
mas’ul kotib, 1941 yildan umrining oxirigacha «Qizil O‘zbekiston» gazetasida 
bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 
Shoirning «Qo‘shiqlar» to‘plamidan so‘ng «Tantana» (1938), «She’rlar» 
(1939), «Bizning qurolimiz», «Bizning oila» (1942), «Sovg‘a» (1944) kabi 
she’riy majmualari bosilgan. 
Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941—1945) rang-barang 
janrlarda samarali ijod qildi. Uning «Qurol bering menga ham!» she’ri H. 
Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol!» asariga hamohang. Shuningdek, «Orzu», 
«Temurchilar maktubi», «Otam kelar yaqinda», «Tabassum», «To‘qqizinchi 
may» kabi she’rlari yoshlarni qahramonlik, vatanparvarlik va birodarlik ruhida 
tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. 
Zafar Diyor mohir bolalar shoiri bo‘lishi bilan birga, bolalarning suyukli 
dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat «Baxtli yoshlik», «Uch 
og‘ayni» pesalarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik ardoqlanadi. U 
adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi, tarjimon va nosir ham edi. 
Zafar Diyor 1946 yil 14 aprelda bevaqt vafot etdi. Uning vafotidan keyin 
«Kichkina bog‘bon haqida doston» (1947), «Chaman» (1948), «Gunafsha» 
(1952), «Asarlar» (1954), «Qanotli do‘stlar» (1958), «Suv bilan suhbat» kabi 
to‘plam va saylanmalari nashr etilgan. 
BINAFSHA 
Binafshaxon, binafsha 
Kulishlaring chiroyli: 
Bog‘imizda ochilib 
Turishlaring chiroyli. 
Hamma chiqar dalaga 
Binafshalar tergali, 
Men ham terdim bir dasta 
Opamizga bergali. 
— Mana, opa, binafsha, 
Qarang, qanday chiroyli. 
— Yuring, — dedi opamiz, — 
Binafshalar teraylik. 
Binafshalar ochildi 
Chakkangga taq, chakkangga: 
Atir hidi sochildi, 
Chakkangga taq, chakkangga. 
Lazzat olib hididan 


80 
Bolarilar uchadi. 
Ipakqanot kapalak 
Barglarini quchadi. 
Seni maqtab kuylaydi, 
Bog‘ aylanib qushchalar. 
Darak berib bahordan, 
Quvontirding shunchalar. 
Binafshaxon, binafsha 
Kulishlaring chiroyli. 
Ko‘ksimizda hid sochib 
Turishlaring chiroyli! 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish