Savol va topshiriqlar.
1.
A.Avloniyning pedagogik faoliyati. Yangi maktablar, o‘quv jarayonlari, dars uslubi
tashkil etishdagi faoliyati haqida tushuncha bering
2.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida
tushuncha bering.
3.
H.H. Niyoziy ma’rifati. Uning ta’limda joriy etilgan o‘qish kitoblari mohiyati haqida
ma`lumot bering.
4.
Hamza qalamiga mansub “Gul” turkumiga kiruvchi to‘plamlarining badiiy ahamiyat
haqida fikr yuriting.
4-MA`RUZA MASHG‘ULOT MAVZUSI:
G‘afur G‘ulom va Quddus Muhammadiy ijodi.
REJA:
Qissa, ctilizatsiya, interpretatsiya, tarixiy haqiqat, badiiy haqiqat, milliy istiqlol, tamoyil,
tanqidchilik, dramaturgiya, publitsistika. etimlik, o’ksik qalb, rus mustamlakachiligi, ramzli
nom,
yumor, satira, hajv, adabiy ertak, adabiy topishmoq, tez aytish, stilizatsiya, ertak-
doston, tabiat alifbesi, qomusiy shoir, tabiatshunos, folklor negizida, mavzu, motiv, g`oya.
G’.G’ulomning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi hizmatlarini
alohida umumlashtirish yo’nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o’rtalaridayoq yuzaga
kelgan edi. O’shanda pedagogika bilim yurtlarida o’qishga mo’ljallangan bolalar adabiyoti
faniga oid o’quv qo’llanmalari va xrestomatiyalarida G’.G’ulom alohida ijodkor sifatida
taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan
edi.G’afur G’ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg’ulari
chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta’siri ayricha rol
o’ynaganini alohida ta’kidlash joiz. Shu holat uni qo’liga qalam olib ilk she’rini yozishga
undagan edi. «Bir kuni, - deb yozgan edi u o’zining «Kechmish va kechirmishlarimdan»
xotiranomasida, - bolalar bog’chasidagi yetim bolalardan 15 tasini bizning internatga
o’tkazdilar. Men bu go’daklar bilan birga tunab qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik
qilib chiqdim. Shu kecha o’z yetimligim, boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar
ahvoli... to’g’risida she’r yozdim. Shu she’rimni birinchi she’rim desam bo’ladi”. O’sha ilk
she’ridayoq u bolalarning ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham
insonday yashash va ulg’ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o’z tillaridan favqulodda
bir ko’tarinkilik bilan ifoda etgan edi.
Biz Odam bolasimiz,
1.
G‘afur G‘ulomning bolalar uchun yozilgan she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar.
2.
G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari o‘zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalari
sifatida.
3.
G‘afur G‘ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi.
4.
Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati.
5.
Shoir shehrlardagi musiqiylik Q.Muhammadiy she’riyatida tabiatga munosabat; poetik
obrazning o‘rni hamda ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |