Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

She`r yo`lin o`rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so `zim,
Shu Vatan, shu xalqim, shu o`g`il-qizim,
She `rimning asosiy mavzui sizlar.
Asarim ovozi - parvozi sizlar,
O‘zingiz ilhomim oltin o`zagi,
O‘zingiz she`rimning husn-bezagi,
Haqiqatdan ham shoir she`rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning mehnatsevar xalqi, 
shirin «o`g`il-qizlari»dir. Asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin 
o`zagi», she`rining «husn-bezagi» ham shulardir. Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak 
tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi 
kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga 
talabchan o`rtoq, qattiqqo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi. 
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima 
chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go`zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi 
haqida yozadi. U o`z she`rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida 
tassavur hosil qilishga harakat qiladi. 
To`qson yillik umrini bolalarga she`r, qo`shiq, doston, doston-ertak yaratishga 
qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon 
oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov 
ancha savodli kishi edi. Shu sababii u dastlabki ma`lumotni otasidan oldi. 
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy aval amakisinikida, so`ngra esa 
maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she`ri «Chuvalachi» 
maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi. 
Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish 
talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi. U yetti yillik maktabni 
muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu 
yerda u bolalar uchun she`rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o`yini», «Paranji», «Ahmad va 
asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she`rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi. 


75 
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`Iib ishlaydi, shu bilan birga 
O‘rta Osiyo davlat univeisitetining biologiya fakultetida o`qiy boshladi. 
Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning 
g`amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`sflik 
bo`lajak shoir qalbini tordek ko`tarib yuboradi. 
Quddus Muhammadiy Oybek, H.Olimjon, G‘.G‘ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan, 
ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she`rlaridan biri «Tong 
o`yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste`dodli bolalar shoirini 
hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g`amxo`rlik qulib kelgan. 
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan 
Hamid Olimjon she`r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi.
Q.Muhammadiy zavq bilan «Sa`va sayrarkan» she`rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy 
qobiliyatini payqagan H.Olimjon she`r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she`r 
yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she`r ma`qul tushganini aytadi. So`ng, bolalar uchun 
she`rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she`rlarni ko`proq yozishni 
ta`kidlaydi. 
Q.Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. 
Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a`lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna 
bo`lishga da`vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan 
hisoblanadi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik 
qiladi. Bu yerda i xalq og`zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p 
narsalarni o`rganadi. 
Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1946 yilda «O‘quvchiga esdalik» nomi bilan 
bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari 
bosilib chiqdi. 
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she`rni kundalik 
hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg`in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, 
hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirning 
«O‘quvchiga esdalik» she`rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasi 
va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta`kidlaydi: 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish