Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Ertaklarning paydo bo`lishi.
Ertak xalq og`zaki badiiy ijodining eng 
qadimiy, ommaviy, hajman yirik, kattayu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo`lgan janridir. 
Ular juda uzoq o`tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-
odatlari, marosimlari asosida paydo bo`lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi 
va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o`ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar 
vositasida bayon etiladi.
Ertaklarni ijro etish tartibi
. Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. 
O‘tmishda ertaklar yilning ma`lum davrida belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo`lgan 
yoshi ulug`, dono, hurmatli va e`tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Odatda bunday professional 
ijrochilar ertakchi deb yuritiladi.
Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mumkin: 
a) teatrlashtirilgan shaklda
b) deklamatsion shaklda; 
v) ohangga solingan shaklda. 
O‘zbek ertaklarining uch ichki turini farqlab o`rganmoq ma`qul.
1. Sehrli -fantastik ertaklar 
2. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 
3. Maishiy-hayotiy ertaklar. 


64 
Ertaklarning janriy tabiati.
Ertaklar xalq og`zaki badiiy ijodiyotining epik turiga 
mansub bo`lib, o`ziga xos g`oyaviy - mavzuviy yo`nalishga, axloqiy - ta`limiy va ijtimoiy - 
estetik vazifalarga ega. Ertaklar ham og`zaki tarzda jamoa ijodi mahsuli sifatida anonim 
ko`rinishda yaratiladi. Garchi uning to`qilish ibtidosi individual ijodkorga borib taqalsa-da, 
og`izdan - og`izga, urug`dan-urug`ga, avloddan-avlodga o`tish jarayonida dastlabki 
ijrochisiga xos belgilarini, obrazlarini, motivlari va badiiy vositalarini deyarli saqlab qoladi. 
Shu bilan birga versiya va variantlilik hosil qilishi mumkin. 
Ertaklar, asosan, professional ijrochilikka asoslanadi, Kishilarda cheksiz badiiy zavq 
uyg`ota olish imkoniyatiga egaligi boisidan ko`p hollarda ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarda 
aytiladi.
Ularning syujeti qiziqarliligi, uydirmalarga boyligi, sarguzashtga to`laligi bilan diqqatni 
tez jalb qiladi. Va albatta, o`z nihoyasida ezgulikning yovuzlik, oydinlikning qorong`ulik, 
haqiqatning nohaqlik, hayotning o`lim, aqllilikning nodonlik, adolatning jaholat va 
to`g`rilikning egrilik ustidan g`alaba qozonishini tarannum etadi.
Ertaklar o`z janriy tabiatiga xos badiiy- kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil 
badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish