Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Kirish, boshlama, tugun, epik 
sarguzasht va tugallama 
ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi. 
Ertaklarning an`anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar 
ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. Goho shunchaki kirish, goho 
an`anaviy zachin
deb yuritiluvchi bu hodisani rus folklorshunosi V.Dal "dokuchno`e 
skazki" istilohi bilan atab, bolalar folklorining mustaqil janri tarzida tavsiflaydi. Chindan 
ham so`zma-so`z tarjimada "ezma ertak" tarzida ifodalash mumkin bo`lgan bu hodisa 
o`zbek bolalar folklorida ham ermaklar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, ular qat`iy bir 
ertak bilan uzviy mantiqiy bog`liq holda yashamaydi, balki istalgan ertakni boshlashdan 
avval aytilishiga ko`ra nisbatan mustaqil bo`lib, sayyor holda ijro etilaveriladi. Ularga xos 
bu xususiyatni o`zbek ertakshunosi K.Imomov ham "kirish qismi ba`zan sodda, primitiv 
syujet shaklini oladi",- deya qisman tan olsa-da, har qalay uni ertak kompozitsiyasining 
ajralmas tarkibiy qismi sifatida qarashni afzal biladi. 
Hayvonlar hakidagi ertaklar.
Ertaklar xalq og'zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janridan biridir. 
Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo'lgan afsonalarning zaminida 
dastlabki ertaklar paydo bo'lgan. Dastlabki ertaklarda mifologik obrazlar ko'p uchragan 
bo'lishlari kerak. 
Bu tipga mansub ertaklarning yaratilishida ibtidoiy insonlarning qadimgi 
totemistik qarashlari asos bo`lgan. Ularda hayvonlar yetakchi personajlar bo`lib, insonlar 
qiyofasida tasavvur etilgan va badiiy jonlantirilgan. Shunga ko`ra ularning syujetida inson 
obrazi keyingi o`rinda turadi, ko`p hollarda voqelikka inson aralashmaydi. Binobarin, ular 
yaratilish maqsadi, mazmun-mohiyati jihatidan bir necha ichki turga ega: 
1.Etiologik ertaklar. Bularda u yoki bu hayvon shakli, belgi xususiyatlari haqida 
ma`lumot berish etakchi motivdir. 
2.Sof hayvonlar haqidagi ertaklar. Bularda insonlarga naf keltiruvchi hayvonlar 
madhi etakchi motivga aylangan. 
3.Majoziy (allegorik) ertaklar. Bularda insonlarga xos qusur va kamchiliklarni 
hayvonlar fe`li va xatti - harakati timsolida tanqid qilish, fosh etish yoki kulish etakchi 
motiv darajasidadir. 
Hayvonlar haqidagi ertaklar dramatik ijroga asoslangan; professional ijrochilar 
tomonidan hayajonli qilib aytib beriladi. Aytish jarayonida ijrochi ertakdagi hayvon -
personajlarning turfa harakatlari va ovozlariga taqlid qiladi, ertak tarkibida she`riy-
parchalar bo`lsa, ularni kuyga solib ijro qiladi. 


65 
Maishiy - hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog`liqdir. Ularda real 
ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon 
bo`lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo`lib, ayrim 
hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin. 
Hajviy -maishiy ertaklar asosida o`tkir satira yoki zavqbaxsh kulgi (yumor) yotadi. 
Bunday ertaklar hajman ixcham, mazmunan lo`nda bo`ladi. 
"Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas,– deb yozgandi ulug` adib Muxtor 
Avezov,– ular hamma vaqt zo`r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar. Bahaybat 
maxluqlar haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalar hamda bu boy janrning boshqa turli 
ko`rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari, xalq manfaatlari badiiy 
ifodasini topgandir". Ularda ajdodlarimizning yashash va kurash sabog`i ifodalanga. 
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini 
umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida, 
e`tiqodida kechgan o`sish-o`zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb 
etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o`qiladi, eng muhimi, navqiron 
avlodning ma`naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta`sir ko`rsatib kelmoqda. 
Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yozuv kuchlariga qarshi 
olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o’ziga 
xos yechishi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo hayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. 
Bunday hayoli orzu-istaklarni ro’yobini she’rli-fantastik ertaklarda ko’rish mumkin.
Bu ertaklarda uchadigan otlar, va gilamlar, so’ylaydigan jonzodlar, sehrgar kampirlar, 
uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostda yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok 
etadilar. 
“Ur to’qmoq”, “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh” kabi ertaklar shular jumlasidandir. 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish