Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok 
etadilar. Buning natijasida bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo`shiqlari yuzaga 
kelgan

Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog`liq bunday qo`shiqlarning bir qismi ijtimoiy-
siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko`ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo`qota borib, yo tamoman 
so`nib ketgan, yo transformaciyaga uchrab bolalar repertuariga ko`chib o`tib saqlanib qolgan. 
«Boychechak», «Chittigul», yo ramazonlar va hayitliklar shular jumlasidan hisoblanadi. 
Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va totemistik e`tiqodlari asosida shakllanib
endilikda o`sha mohiyatini yo`qotgan 
yalinchoq va hukmlagich
janrlari bolalar repertuarida 
hamon faol yashamoqda. 
III.Bolalarning o`z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo`lgan qo`shiqlar va 
o`yinlar – o`zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi
. So`z va harakatning nisbatiga ko`ra 
bularni ikki katta guruhga bo`lish mumkin: 
ALLALAR
. «Alla» istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. 
Kimdir uni arabcha «olloh» so`zining fonetik o`zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o`zbekcha 
«aldamoq» so`zidan kelib chiqqan, shunga ko`ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma`nosiga ega deya 
izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o`z-o`zidan ayonlashib 
turibdi. L.Z.Budagov chig`atoychada «allala» boshning orqasi, ya`ni «ensa»ni anglatishini qayd 
etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda 
uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi–allalasi bilan chalqanchasiga 
cho`zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo`llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan. Bunda 
«allala»
shakli 
«alla, alla-yo, alla-yo alla»
tarzidagi ko`rinishlar bilan to`lishib, uyquga 
chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Chaqaloq yoshini to`ldira borishi jarayonida bu so`zdagi 
tovushlarni idrok etishi tufayli uyqusi kelganda o`zining ham 
«alla»
so`zi lug`aviy jihatdan «bosh 
orqasi» va «uxlamoq» ma`nolarini anglatsa, istilohiy ma`nosiga ko`ra uyqu chaqirmoq, uxlatmoq 
asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo`shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn Sino allaning shu 
xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e`tirof etgan: «... bolaning mijozini kuchaytirmoq 
uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak: Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish 
uchun aytish odat bo`lib qolgan muzika va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab 
bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan muzikaga bo`lgan iste`dodi hosil qilinadi». Bu 
mulohazadan to`rt narsa ayonlashadi: 
birinchisi
, allaning bundan ming yil ilgari – ibn Sino 
zamonida ham mavjudligi bo`lib, janrning genetik asosiga nazar solish imkonini beradi. 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish