Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet175/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

topilmaydi. O‘tin yoqsang, bir lovullab isitadi-yu, yana tafti so‘nadi. Sandalning ahvoli ham shu. 
Qor yoki yomg‘ir yog‘sa, tomdan chaqqa o‘tgani-o‘tgan, suv tomchilayotgan joylarga terib 
qo‘yilgan turli idishlardan taralgan “chak-chuk”, “tiring-tiring”larga ko‘rinmas ajinalar o‘yin 
tushayotgandek. 
Iloji boricha kunduzi dars tayyorlashga urinardim. Qorong‘iga qolsang, kerosin isi anqib 
turadigan lampa-chiroq ko‘zlaringni toliqtirgandan toliqtirib tashlaydi. Endigina paydo bo‘lgan 
elektr chiroqlari oyida uch-to‘rt yiltillagan bo‘ladi, shundayam shamdan xira. Bu yetmagandek, 
umumiy qilib solingan ko‘rpada qatorlashib yotgan opa-ukalaring: “Chiroqni o‘chir, uxla”, deb 
tixirlik qila boshlashadi. 
Ikkinchi jahon urushi uqubatlaridan endigina qutulgan xonadonlarning ko‘pchiligi ancha 
qashshoq edi. Mahallada yoppasiga tuproqtom uylar, ko‘pining hatto ayvoni ham yo‘q. Falonchi 
tomiga shifer yopganmish deyishsa, odamlar ataylab ko‘rgani borishardi. Ko‘chalardan dam ikkala 
g‘ildiragi devor bo‘yi keladigan qo‘qonarava, dam o‘rislar “brichka” deb ataydigan to‘rt g‘ildirakli 
ko‘takarava o‘tib qoladi. Keyinroq qo‘sh otli “haptakach”lar ko‘paya bordi. Bir sakrab, keng 
yukshotining chetiga osilib olsang, ana mazza, mana mazza. Kolxozimizdagi ikkita “polato‘rka” 
yuk mashinasidan biri yoki xususiy mototsikllar haftada bir-ikki bor ko‘zga chalinib turardi, qiy-
chuv ko‘tarib, ortidan chopqillashga tushardik. Yengil mashina uchrab qolsa-ku, bayram bo‘lib 
ketardi. Lekin qandaydir “sirli kattalar”ni olib yuradigan bu mashinalarga osilish tugul, yugurib 
quvlashga ham haddimiz sig‘masdi. 
Oilamiz 
o‘ziga to‘qqina edi. Ammo, ko‘pchilik qo‘shnilarnikiga kirganimda, 
dasturxonlarida choy-non, turshak-qoqilardan bo‘lak narsa yo‘qligini ko‘rib, g‘alati bo‘lib ketardim. 
Bunday xonadonlarda yashovchi o‘rtoqlarimning bir unisini, bir bunisini uyimizga tez-tez boshlab 
kirardim, birga ovqatlanardim, dasturxonga qand ham qo‘yishlarini talab qilib turib olardim. Sen 
qandni har kuni yeysanmi, deya havas bilan so‘rab qo‘yardi bolalar. Xohlasam, kuniga o‘n marta 
yeyishim mumkin bo‘lsa-da, negadir yolg‘on gapirib, onda-sonda berishadi xolos, deb g‘ariblanar 
edim. Oq qandni-ku mendan ayashmas edi, biroq guldor qog‘ozchalarga o‘ralgan popukli qandlarni 
qutichada qulflab saqlashar, goh qulfbuzarlik qilishga majbur bo‘lib, boshimga balo orttirardim. 
Mehmonlar kelganda, oldilariga tovoqchalardagi shirinliklarni terib tashlashsa, katta bo‘lib 
mehmonga borsam, nahotki mening oldimga ham popukli qandlarni tovoqchasi bilan ishonib qo‘yib 
qo‘yishsa, deb o‘ylardim. Bilaman, yeging kelib turibdi, oliftalanmasdan lunjingga 
tiqavermaysanmi, degan xayolda mehmonga xitlanib boqardim. 
* * * 
Qo‘shni mahalladagi machit binosi o‘rtasiga duvol urilgan tarzda ikkita sinf xonasiga 
moslashtirilgan bo‘lib, bittasida beshinchi sinfgacha biz o‘qiganmiz. Birinchi o‘qituvchimiz 


249 
Ahmadali Obidiyni “mulla aka” deb chaqirardik. U zot birortamizni turtkilash u yoqda tursin, qattiq 
chaqchayganini ham eslolmayman. Achchig‘ini keltirsak, o‘zini qattiq hafa bo‘lgandek, astoydil 
arazlagandek tutib, oqsoqlanganicha deraza yoniga borar, ma’yus qiyofada jim turib qolar, sochiga 
oq oralagan, hech kimga ozor berishni istamaydigan domlamiz bilan tezroq yarashib olishga 
tirishardik. 
Boshlang‘ichda o‘qiyotgan chog‘larimda Zahraxon degan singlim, Homitjon degan ukam 
qattiq shamollashdan birin-ketin vafot etishgan. Ular qayta-qayta tushimga kiraverardi… 
Chamasi, bolaligimni hadeb qo‘msayverishimning asosiy sababi ham shu – o‘sha davrlarga 
qaytsam-u, Zahraxon bilan Homitjon yonimda dikonglab yurishsa, hamma ishni yig‘ishtirib qo‘yib, 
ularni o‘ynataversam, o‘ynataversam. Ular vafot etadigan payt yaqinlashgach, hayotim yana 
yangitdan boshlanaversa. 
* * * 
Bobomiz Bahrom ota eshon bo‘lgan ekanlar. Uyida maktab ochib, bolalarga dars berib ham 
turarkan. U kishi olamdan o‘tganlarida, Obidjon dadam o‘n yoshda, Shafoat ammam besh yoshda 
bo‘lishgan ekan. 
Sarviniso buvimizni eshon otaning ayoli sifatida hurmatlashib, ko‘plar ziyoratga kelib 
turishar, otin oyilar tez-tez yig‘ilib, kitobxonlik qilishardi. Hali maktabga bormagan bola bir chetda 
yonboshlab olib, devona Mashrab, Abo Muslim, bobo Ravshan kabilar haqidagi rivoyatlarni berilib 
tinglardim. 
Dadam eskicha ilmdan xabardor bo‘lsalar-da, dindorlar, ayniqsa taniqli dindorlarning 
farzandlari ham qattiq kuzatuv ostida bo‘lgan mahallarda ulg‘aygani uchun zamonga mos turmush 
tarzini tanlagan edilar. Siyosatga qiziqqanlarini bilmayman. Esimni taniganimdan to ilk o‘smirlik 
davrimgacha paxta qabul qilish punktida tovarshunos bo‘lib ishlagan. U kishi o‘z ishining o‘ta 
bilimdoni ekanligi, boshqa joylardagi kasbdoshlari maslahat olishga kelib turishlari to‘g‘risida ko‘p 
gapirishardi. 
Onamiz Munis aya hozir birkam to‘qsondalar. Yoshligida dalaga yalangoyoq qatnab, kolxozning 
bitta noni, bir kosa yovg‘onsho‘rvasi evaziga sahardan kechgacha ishlaganini bot-bot eslab 
turishadi. Bizning nazarimizda ayamiz hamon kiyimimizni yuvib, oldimizga ovqat qo‘yib, bir 
tergab, bir erkalatib yurguvchi o‘sha-o‘sha uy bekasi. 
Buvimizga uka bo‘lmish Usmon tog‘amiz sal duvonaxonligi bois uylanmasdan, biznikida 
yashab o‘tdilar. Birin-ketin ko‘tarib katta qilgani uchun u kishini hammamiz juda-juda yaxshi 
ko‘rardik. Tog‘ajonimiz vafot etganida o‘smir edim, nimaga yig‘layapsiz, deb ayamga dag‘dag‘a 
qilganim yodimda. 
Dadam 1969 yilda harbiydan qaytishim bilanoq meni uylantirib, uch oydan so‘ng olamdan 
o‘tdilar. U kishidan sakkiz farzand qolgan, uch opam, to‘rt ukam bor. Opalarim allaqachon 
dadamning yoshidan o‘tib ketishdi. Shuni bilaman, ishongim kelmaydi. 
* * * 
She’r yozishga boshlang‘ich sinflardayoq ruju qo‘yganman. Dastlabki she’rlarim o‘sha otin 
oyilardan eshitgan Mashrab g‘azallari radiflariga taqlidan bitganman. “G‘uncha” jurnalining 
muxlisiga aylanganimdan so‘ng bolalarga tinimsiz yozishga tushdim. Shu jurnalda ishlovchi 
Miraziz A’zam domla meni qulog‘imdan tortqilab shoir qilgan, yo‘qsa, bu havasdan o‘shandayoq 
ko‘nglim sovib, boshqa yoqqa chalg‘ib ketishim hech gap emasdi. 
O‘smirligimda dadamning ishlari sal orqaga ketib, oilamizga yetishmovchiliklar oralab 
qoldi. Ayamiz yaxshigina chevar edilar, yozda kitel, qishda paxtali kamzul tikib sotib, ro‘zg‘orning 
kamini yopib yurishdi. Menda ham tirikchilik tashvishi ertaroq boshlandi, olti-ettinchi sinflarda 


250 
mahallalar aholisiga tekin xizmat ko‘rsatuvchi sayyor kinochiga shogird tushdim, keyinroq kechki 
maktabda o‘qib, paxta zavodida traktor mindim. Maktabni bitirgach, qo‘rg‘oshin konida 
burg‘ilovchi, qishloq kutubxonachisi bo‘ldim, Samarqand Moliya texnikumini tugatib, askarlikka 
ketdim. Uch yillik xizmatdan qaytganimdan so‘ng, to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lganim uchun, otasiz oilaning 
boshlig‘iga aylandim. Kolxozda tabelchi bo‘lib ish boshladim. 
Shunday xilma-xil hayot, shuncha tashvishning ichida yurib, she’r yozishdan baribir 
ko‘nglim sovimadi. Daftarlarim ketma-ket to‘laverdi. Tuman gazetasiga muxbirlikka o‘tganimdan 
keyin hozirgi Milliy universitetning jurnalistika fakultetiga sirtdan o‘qishga kirdim-u, nihoyat o‘zim 
ko‘pdan orzulab yurgan yo‘lning boshiga chiqib oldim. Bolalarga atalgan “Ona Yer” nomli birinchi 
kitobim baxtimga endi Miraziz A’zam domlaning saxovati bilan 1974 yilda bosilib chiqdi. 
Tuman gazetasida olti yilcha ishlab, biron-bir gazeta-jurnal yoki nashriyotga o‘rnashib olish 
umidida boshkentga keldim, loaqal oldin musahhihlikka ham loyiq ko‘rishmagach, Toshkent yog‘-
moy kombinatiga bog‘bon bo‘lib joylashdim. Toshkentga quruq hoyu havasga ergashib emas, puxta 
hozirlik bilan kelish lozimligini anglab, yana qishloqqa qaytdim. Farg‘ona radiosidan ish berishdi. 
1980 yilda “Yosh gvardiya”da “Bahromning hikoyalari” degan ikkinchi kitobim bosilgach, shu 
yerda bosh muharrir bo‘lib ishlovchi ustoz Erkin Vohidov huzuriga chaqirib, kitobingizni o‘qib 
xursand bo‘ldim, bizga ishga kelmaysizmi, deb qoldilar. Yoshim o‘ttiz to‘rtda ekanligi, beshta 
farzandim borligiga qaramay, 1981 yilning yozida nashriyotga kelib ish boshladim. Nasib ekan, 
keyinchalik “Yosh kuch”, “Mushtum” jurnallarida, Cho‘lpon nomidagi nashriyot, 
O‘zteleradiokompaniya tarmog‘ida ham ishladim. 
Hozirgacha o‘ttizga yaqin kitobim chop etildi, bir necha pesalarim sahnalashtirildi, ayrim 
asarlarim asosida bolalar uchun kinolar yaratildi… 
Hayotimning bu yoqdagi qismi haqida ko‘p gaplar aytilgan, yozilgan, cho‘zg‘ilashning 
xojati yo‘q deb o‘ylayman. Eng muhimi, yurtimning erkini ko‘rdim, eng katta armondan xalos 
bo‘ldim. 
Boshimdan nimalar kechgan bo‘lmasin, baribir yaxshi yashadim. 
Nimaiki ko‘rsatgan bo‘lsa, Yaratgandan ming marta roziman. Imkon 
qadar sabrli bo‘lishga, boriga shukrona aytishga urinib keldim. To‘g‘risi 
ham shu ekan. 
Hayot davom etayapti. Fe’lim esa, o‘sha-o‘sha – bolaligimni 
qo‘msab-qo‘msab turaman. Bu menga ichki kuch ato etaveradi. 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish